Исроилжон пўлатов, Ҳикматхон аҳмедова


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/40
Sana01.07.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1657882
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40
Bog'liq
Kitob 5547 uzsmart.uz

Ega-kesim nomuvofiqligi:
Nima yetishmasdi? Yetishmasdi faqat, 
Mangu bahor olib keluvchi bizlar. (Mirtemir) 
 
F. Is‟hoqov shoir Turob To„la ijodida, hatto, uning prozaik asarlarida 
inversiyaning haddan tashqari, cheklanmagan darajada ko„p ishlatilishini 
achinib gapiradi. Ayrim namunalar: Mana kim bo„lsa, deydi farzandim inson. 
Domla o„ylab turib, bu “Sadrash” bo„lsin dedi, bo„lmasa. O„shanda o„sha 


23 
shoir ukrain tilida “Pushkin va chaqmoq” degan she‟r o„qib ketdi, yodaki 
birdaniga
1

Ma‟noning to„g„ri, maqsadga muvofiq ifoda etishida ohangning ham 
xizmati katta. So„zlarga qaysi yo„sinda urg„u berilishiga o„zgarib borishi 
mumkin. Masalan, nutq jarayonida keling so„zidagi samimiyat, piching, 
masxaralash, norozilik kabi ottenkalar faqat ohang yordamidagina 
reallashadi.
Xullas, ona tili xazinasidan kerakli grammatik shakllarni tanlash va ularni 
joy-joyida ishlatish, nutqni to„g„ri tuzishga erishish, har bir til birligini 
o„rniga qo„yib talaffuz qilish nutq madaniyatining asosiy talablaridan 
sanaladi.
Nutqning aniqligi 
 
Aniqlik ham nutqning asosiy kommunikativ sifatlaridan biridir. Agar 
to„g„rilik nutqning yuzaga kelishida faqat til omili zaruriy belgisi sifatida 
qaralsa, nutqning aniqligi deyilganda uning shakllanishiga xizmat qiladigan, 
tildan tashqarida bo„lgan omillarni ham nazarda tutish lozim bo„ladi. Bunda 
dastlab til va tafakkur munosabati turadi. Chunki, tabiat va hodisalar 
o„rtasida-gi mutanosiblik va uning nutqda aks etishi ana shu aniqlikning 
xuddi o„zidir.
A. Qahhorning ijodi hamda til mahorati haqidagi ayrim mulo-hazalari 
diqqatga sazovordir. Ma‟ruf Hakimning “Qahramonning o„limi” hikoyasini 
tahlil qilgan yozuvchi Botir beliga qator beshta bomba qistirib, qo„lida 
bomba ushlagan holda ko„chaga yugurdi jumlalaridagi bomba so„zining 
noto„g„ri qo„llanganligini, yozuvchining bomba va granatani farqlamasligini 
1
Ф. Исҳоқов. Эътиқодимиз ҳам бор, эътирозларимиз ҳам. “Нутқ маданияти-га оид масалалар” тўплами. 
“Фарғона”, 1973, 112–119-бетлар. 


24 
tanqid qiladi. A.Qahhor tahlilda davom etib, hikoyadan yana misollar 
keltiradi. Botir “Sul-ton akaning oyoqlarini silaganda qo„liga yelimga 
o„xshash bir narsa yopishganligini sezdi: qorong„uda nima ekanligini 
bilolmay qoldi”. Shu yerning o„zida “Jenya yigitning ko„ziga uzoq tikilib 
qoldi”. Qo„lga tekkan qon ko„rinmagan yigitning ko„ziga qorong„ida ko„z 
ko„rinadimi, deydi yozuvchi
1

Aniqlik – bu so„zning o„zi ifodalayotgan voqelikka mos va muvofiq 
kelishidir.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling