Исроилжон пўлатов, Ҳикматхон аҳмедова


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/40
Sana01.07.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1657882
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40
Bog'liq
Kitob 5547 uzsmart.uz

Ko‘p sukutga qush qo‘nar,


33 
Ko‘rklik kelishiga so‘z kelar.
(Shoxi ko„p, shoxlari o„zalab ketgan daraxtga qush qo„nadi, yaxshi 
kishiga so„z (maqtov) keladi).

Ardam boshi til
(Odob va fazilatning boshi tildir). 
Yusuf Xos Hojib: 
So‘zingni ko‘dargil boshing bormasin,
Tilingni ko‘dargil tishing sinmasin .... 
(So„zingga ehtiyot bo„l, boshing ketmasin,
Tilingga ehtiyot bo„l, tishing sinmasin ...) 
Alisher Navoiy:
So„z gavharining sharafi shunchalik yuksakki, gavhardek qimmatbaho 
narsa ham unga sadaf bo„la olmaydi.
Tilga ixtiyorsiz – elga e‟tiborsiz. So„zni ko„ngilda pishqarmaguncha tilga 
keltirma va har nekim, ko„ngilda bor tilga surma. Ma‟dani inson gavhari so„z 
durur, gulshani odam samari so„z durur. Ko„p demak so„zga mag„rurlik. Va 
ko„p yemak nafsga ma‟murlik.
Husayn Voiz Koshifiy:
Tilning odobi qaysi deb so„rasalar, bu olti narsaga tilni ochish va sakkiz 
narsadan tilni saqlash deb aytgil: holat zarurati yuzasidan ko„ngillarga 
yashirin bo„lgan rozni izhor etish, mazlumlar faryodiga javob berish va 
marhumlar imdodi uchun so„z aytish. Chunki bu so„zlar orqali zolimning 
zulmi mazlumlar boshidan ko„tarilishi mumkin.
-o‟quvchilar, endi buyuk mutafkkirlarimizga rahmatlar aytib, ularni o„z 
qatorlarimizga taklif qilamiz. Ular sizlarning darsdagi faoliyatingizni 
baholashda menga yordam beradilar. Aziz tala-balar. Endi keyingi mavzuga 


34 
o„tsak. Savol: Nutqiy muomala degan-da nimani tushunasiz? Ushbu savolga 
talabalar birma-bir javob beradilar. Ularning fikrlari tinglangach, 
o„qituvchining o„zi mav-zuni tushuntirib beradi (ma‟ruza usulida). 
O„zbek xalqi dunyoda o„z ma‟naviyati va madaniyati mavjud bo„lgan 
turkiy xalqlarning biri sifatida tildan foydalanishda ham qadimiy an‟analari, 
odat va ko„nikmalariga ega. Zero, ana shu an‟ana va odatlar har bir xalqning
o„zligini ko„rsata oladigan belgilar
sanaladi.
Muloqot inson faoliyatidagi eng murakkab jarayon sanalib, bu 
jarayonning amalga oshishida ma‟lum qonun-qoidalar mavjud. Bu jarayonda 
so„zlovchi va tinglovchi-suhbatdoshlar zaruriy a‟zo sifatida ishtirok etishiadi. 
Muloqotga ta‟sir etuvchi omillar – ta‟sir birliklari mavjud bo„ladi. S. 
Mo„minov suhbatdoshlarning millatini, jinsini, yoshini, ijtimoiy belgilarini, 
ularning o„zaro yaqinlik darajasini, muloqot vaqtini, vaziyatni, holatni, 
ijtimoiy birliklar sifatida qaraydi
1
.
Muloqot jarayonining muhim qismini murojaatlar tashkil qiladi. Murojaat 
esa tanish kishilarga ham, notanishlarga ham bo„lishi mumkin. Bu vaziyat esa 
alohida til elementlarini tanlash-ni taqozo etadi.
Tanishlarga qaratilgan murojaatlar ham farqlanadi. Yoshi ulug„, lavozim 
jihatdan yuqoridagi, yaqin va hurmatli kishiga nisbatan qilinadigan 
murojaatlar tanish, ammo so„zlovchi uchun unchalik ahamiyatli bo„lmagan 
kishiga nisbatan qilinadigan murojaatdan boshqacha bo„ladi. Birinchi 
guruhdagi kishilarga nisbatan, dada, dadash, azizim, onam, lobarim, dilbarim, 
erkam, pari, bek, gul, poshsho, botir, go„zal, malak, valine‟mat, shirin, 
oppoq, do„ndiq, jon, qanot, chiroq, g„uncha, xon, xona, ey, shunqor, lochin, 
qaldirg„och, qo„zi, bo„ta, toy, qulun, arslon so„zlari hamda -cha (qizcha, 
1
С. М. Мўминов. Ўзбек мулоқот хулқининг ижтимоий-лисоний хусусиятла- ри. Автореф. Т., 2000, 
11-бет. 


35 
bolacha); -chak, -choq, -chiq (toychoq, kelinchak); -kay (bolakay), -gina, -
kina, -qina (qizgi-na); -loq (butaloq); -xon (Diloromxon); -jon (bolajon, 
ukajon); -boy (Hikmatboy); -bek (Javlonbek); -qul (Shodiqul); -toy (erka-
toy); -oy (Sanamoy); -beka (Qutlibeka); -poshsha (Oyposhsha); -bibi 
(Xurshidabibi); -pari, -bonu (Shahnozabonu); -niso (Guliniso); -sanam 
(Gulsanam) affiksoidlari bilan murojaat qilinadi
1

Ish turlari qo„llaniladi.
“Muqaddima bizdan, xotima sizdan” o„yini.
Bu o„yin sharti shundayki, o„yinda o„qituvchi donolarning nutq odobiga 
oid fikrlaridan, hikmatli so„zlaridan bir qismini, ya‟ni muqaddimasini 
keltiradi, talabalar esa bir jumlaning davomini, ya‟ni xotimasini aytishlari 
kerak.
O„qituvchi:
So„zingni avayla, omondir boshing ... 
Talabalar:
.... Tilingni avayla uzayar yoshing.
O„qituvchi:
Tilga ixtiyorsiz ... 
Talabalar:
.... Elga e‟tiborsiz.
O„qituvchi:
Ma‟dani inson gavhari so„z durur .... 
Talabalar:
.... Gulshani odam samari so„z durur.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling