Исроилжон пўлатов, Ҳикматхон аҳмедова
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5547 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Interfaol metod texnologiyasi
- “Mushtni ochish”
- “Mening gulim”
- “Muqaddima bizdan – xotima sizdan”
Sovg„ani ochish
Bu o„yin yakunlovchi mashg„ulotlarda o„tkaziladi. Uni o„tkazishdan maqsad: – har bir qatnashchi guruh ishiga qo„shadigan hissasini aniqlash; – boshqalar fikrini hurmat qilishga o„rgatish; – yakunlovchi mashg„ulotlarni yaxshi kayfiyat bilan tugatish (sovg„a bilan). Ijodiy guruh a‟zolari 10–15 o„quvchidan oshmasligi kerak. O„yin uchun 15 minut vaqt ajratiladi. O„yinni o„tkazish uchun tavsiyalar: 1. O„qituvchi o„yinni sinf talabalariga sovg„a tarqatish bilan boshlaydi (konfetlar, popkorn, otkritkalar, slaydlar, disketlar kabi). 2. Sovg„a talabalar ichida bo„linishi kerak. Sovg„a bir o„quvchidan ikkinchisiga o„tganda yana qayta ochiladi. Guruhda nechta o„quvchi bo„lsa sovg„a shuncha marta ochiladi va qayta o„raladi. 67 3. O‟quvchilar sovg„ani bir-birlariga berayotganlarida chiroyli lutf qiladilar. Masalan: – meni xursand qilgan do„stimga; – mening eng yaqin do„stimga; – mening hurmatimni qozongan do„stimga; – menga eng qiziqarli yangi ma‟lumot bergan do„stimga. 3. Oxirgi ishtirokchi sovg„ani guruh a‟zolariga bo„lib beradi. O„zaro muloqotdagi lutf she‟riy shaklda ham bo„lishi mumkin. Bu o„yin o‟quvchilarning o„zaro do„stlik tuyg„ularini mustahkamlaydi. O‟quvchilarda ekspromt tarzda bog„li matn tuzish ko„nikmasini shakllantiradi. Interfaol metod texnologiyasi Interfaol metod texnologiyasining mohiyati o„quvchilarni ijodkorligiga tayanish va darsda erkin bahs-munozara sharoitini tug„dirishdan iboratdir. Bu metodga ko„ra darslar bir necha bosqichga bo„linadi: 1. Chaqiriq bosqichi. Bu bosqichda o„quvchilarni faollashtirish, mavzuning mazmun-mohiyatiga kirib borish, uni anglab yetish jarayoniga tayyorlash maqsadi ko„zda tutiladi. 2. Aqliy xujum. Bu usul darsning boshlanishida yoki istalgan joyida qo„llanishn mumkin. Bu bosqichda muammo talabalarga aqliy xujum yo„li bilan beriladn va ularning fikrlari orqali ochiladi. 3. Anglash bosqichi. Mavzuga oid xulosaviy fikrlar eshitiladi va o„quvchi tomonidan yangi fikrlar bilan to„ldiriladi. 4. Fikrlash bosqichi. Mavzu yuzasidan o„zlashtirilgan bilim va tushunchalarni qisqa jumlalarda yozma ravishda bayon qilish topshiriladi. Bu topshiriqni bajarish uchun sinf guruhlarga bo„linadi. Har bir guruh topshiriq bo„yicha o„z fikrini yozadi va har bir guruh vakili bajarilgan topshiriqni boshqalarga ma‟lum qiladi. 68 Guruhlar bilan ishlash faqat fikrlash bosqichida emas, balki birinchi bosqichdan boshlab yo„lga qo„yilishi mumkin. O‟quvchilarni guruhlarga bo„lib ishlash uchun quyidagi talablarga amal qilish zarur: 1. Guruhlarga ajratish o„qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. 2. Har bir guruhga rahbar tayinlanadi. 3. Har bir guruhdagi o‟quvchilar bilim darajasining teng bo„lishiga erishish kerak. 4. Guruh doira shaklida o„tirishi lozim. 5. Ish jarayonida har bir guruhning faoliyatiga, g„oyalariga e‟ti-bor beriladi. Bulardan tashqari guruhlarga aniq yo„l-yo„riq ko„rsatish, topshiriqlarni bajarish uchun yetarli vaqt ajratish, kuchli guruhlarni rag„batlantirib borish, ishning natijasini baholash kabilarga ham ahamiyat berish muhim xisoblanadi. Dars jarayonida guruh a‟zolarini almashtirib borish ham mumkin. Interfaol metod o„z ichiga «Kichik guruhlar bilan ishlash», «Bahs-munozara», «Guruhlararo bellashuv», «Aqliy hujum», «Tanqidiy fikrlash» kabi metodlarni qamrab oladi. Quyidagi innovatsion usullardan, didaktik o„yinlarda, darsda o„tilgan mavzuni so„rash, mustahkamlash qismida foydalanish mumkin. Shu o„rinda ayrim o„yinlar sharhini keltirib o„tamiz. 1. “Mushtni ochish”. Mazkur o„yinning sharti shuki, talabalar 3 yoki 4 guruhga bo„linadilar. Har bir guruhdan 1 tadan o‟quvchi chiqib, qo„llarini musht qilgan holda turadilar. Mushtni chiroyli so„zlar, sehrli gaplardan foydalanib ochish kerak bo„ladi. 1-guruh o‟quvchilari mushtini 2-guruh o„quvchisi ochishi kerak bo„ladi. O„yin shu tarzda davom etadi. 69 Mazkur o„yindan foydalanish talabalarning so„z boyligini oshiradi, adabiy til me‟yorlariga rioya qilgan holda gapirishga o„rgatadi. 2. “Mening gulim”. Ushbu o„yinda o‟quvchilar davra bo„lib o„tirishadi. Stol ustida gullar bo„ladi. O‟quvchilar stoldan xohlagan gul oladilar va nechta olsalar shuncha gapdan iborat chiroyli matn tuzadilar yoki ma‟lum bir mavzu yuzasidan ma‟lumot beradilar. Mazkur o„yin mavzusini so„rashda, yangi mavzuni mustahkamlash va yakunlovchi mashg„ulotlarda foydalanish mumkin. Maqsad: o‟quvchilarni erkin va mustaqil fikrlash, olgan bilimlari haqida aniq, lo„nda javob berishga o„rgatish. 3. “Muqaddima bizdan – xotima sizdan”. Mazkur o„yin yakunlovchi mashg„ulotlarda, darsni mustahkamlash qismida o„tkaziladi. O„yinni guruhlararo yoki har bir o„quvchidan foydalangan holda o„tkazish mumkin. O„yin sharti shuki, so„z aytiladi, aytilgan so„zning oxirgi harfiga yangi so„z aytiladi. Masalan: Sifat so„z turkumi. Chiroyli – iliq – qattiq – qora. O„yinni o„tkazishdan maqsad guruhda musobaqa ruhini o„stirish, xushyorlikka da‟vat etish, so„z boyligini oshirish, o„zgalar fikrini hurmat qilishga o„rgatish. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling