Исроилжон пўлатов, Ҳикматхон аҳмедова


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/40
Sana01.07.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1657882
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
Kitob 5547 uzsmart.uz

Sovg„ani ochish 
Bu o„yin yakunlovchi mashg„ulotlarda o„tkaziladi. Uni o„tkazishdan 
maqsad: 
– har bir qatnashchi guruh ishiga qo„shadigan hissasini aniqlash; 
– boshqalar fikrini hurmat qilishga o„rgatish; 
– yakunlovchi mashg„ulotlarni yaxshi kayfiyat bilan tugatish (sovg„a 
bilan). 
Ijodiy guruh a‟zolari 10–15 o„quvchidan oshmasligi kerak. O„yin uchun 
15 minut vaqt ajratiladi. O„yinni o„tkazish uchun tavsiyalar: 
1. O„qituvchi o„yinni sinf talabalariga sovg„a tarqatish bilan boshlaydi 
(konfetlar, popkorn, otkritkalar, slaydlar, disketlar kabi). 
2. Sovg„a talabalar ichida bo„linishi kerak. Sovg„a bir o„quvchidan 
ikkinchisiga o„tganda yana qayta ochiladi. Guruhda nechta o„quvchi bo„lsa 
sovg„a shuncha marta ochiladi va qayta o„raladi. 


67 
3. O‟quvchilar sovg„ani bir-birlariga berayotganlarida chiroyli lutf 
qiladilar. Masalan: 
– meni xursand qilgan do„stimga; 
– mening eng yaqin do„stimga; 
– mening hurmatimni qozongan do„stimga; 
– menga eng qiziqarli yangi ma‟lumot bergan do„stimga. 
3. Oxirgi ishtirokchi sovg„ani guruh a‟zolariga bo„lib beradi. O„zaro 
muloqotdagi lutf she‟riy shaklda ham bo„lishi mumkin. Bu o„yin 
o‟quvchilarning o„zaro do„stlik tuyg„ularini mustahkamlaydi. O‟quvchilarda 
ekspromt tarzda bog„li matn tuzish ko„nikmasini shakllantiradi.
Interfaol metod texnologiyasi 
Interfaol metod texnologiyasining mohiyati o„quvchilarni ijodkorligiga 
tayanish va darsda erkin bahs-munozara sharoitini tug„dirishdan iboratdir. Bu 
metodga ko„ra darslar bir necha bosqichga bo„linadi: 
1. Chaqiriq bosqichi. Bu bosqichda o„quvchilarni faollashtirish, 
mavzuning mazmun-mohiyatiga kirib borish, uni anglab yetish jarayoniga 
tayyorlash maqsadi ko„zda tutiladi. 
2. Aqliy xujum. Bu usul darsning boshlanishida yoki istalgan joyida 
qo„llanishn mumkin. Bu bosqichda muammo talabalarga aqliy xujum yo„li 
bilan beriladn va ularning fikrlari orqali ochiladi. 
3. Anglash bosqichi. Mavzuga oid xulosaviy fikrlar eshitiladi va o„quvchi 
tomonidan yangi fikrlar bilan to„ldiriladi. 
4. Fikrlash bosqichi. Mavzu yuzasidan o„zlashtirilgan bilim va 
tushunchalarni qisqa jumlalarda yozma ravishda bayon qilish topshiriladi. 
Bu topshiriqni bajarish uchun sinf guruhlarga bo„linadi. Har bir guruh 
topshiriq bo„yicha o„z fikrini yozadi va har bir guruh vakili bajarilgan 
topshiriqni boshqalarga ma‟lum qiladi.


68 
Guruhlar bilan ishlash faqat fikrlash bosqichida emas, balki birinchi 
bosqichdan boshlab yo„lga qo„yilishi mumkin. O‟quvchilarni guruhlarga 
bo„lib ishlash uchun quyidagi talablarga amal qilish zarur: 
1. Guruhlarga ajratish o„qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. 
2. Har bir guruhga rahbar tayinlanadi. 
3. Har bir guruhdagi o‟quvchilar bilim darajasining teng bo„lishiga 
erishish kerak. 
4. Guruh doira shaklida o„tirishi lozim. 
5. Ish jarayonida har bir guruhning faoliyatiga, g„oyalariga e‟ti-bor 
beriladi. 
Bulardan tashqari guruhlarga aniq yo„l-yo„riq ko„rsatish, topshiriqlarni 
bajarish uchun yetarli vaqt ajratish, kuchli guruhlarni rag„batlantirib borish, 
ishning natijasini baholash kabilarga ham ahamiyat berish muhim 
xisoblanadi. Dars jarayonida guruh a‟zolarini almashtirib borish ham 
mumkin.
Interfaol metod o„z ichiga «Kichik guruhlar bilan ishlash»,
«Bahs-munozara», «Guruhlararo bellashuv», «Aqliy hujum», «Tanqidiy 
fikrlash» kabi metodlarni qamrab oladi. 
Quyidagi innovatsion usullardan, didaktik o„yinlarda, darsda o„tilgan 
mavzuni so„rash, mustahkamlash qismida foydalanish mumkin.
Shu o„rinda ayrim o„yinlar sharhini keltirib o„tamiz.
1. “Mushtni ochish”. Mazkur o„yinning sharti shuki, talabalar 3 yoki 4 
guruhga bo„linadilar. Har bir guruhdan 1 tadan o‟quvchi chiqib, qo„llarini 
musht qilgan holda turadilar. Mushtni chiroyli so„zlar, sehrli gaplardan 
foydalanib ochish kerak bo„ladi.
1-guruh o‟quvchilari mushtini 2-guruh o„quvchisi ochishi kerak bo„ladi. 
O„yin shu tarzda davom etadi.


69 
Mazkur o„yindan foydalanish talabalarning so„z boyligini oshiradi, adabiy 
til me‟yorlariga rioya qilgan holda gapirishga o„rgatadi.
2. “Mening gulim”. Ushbu o„yinda o‟quvchilar davra bo„lib o„tirishadi. 
Stol ustida gullar bo„ladi. O‟quvchilar stoldan xohlagan gul oladilar va 
nechta olsalar shuncha gapdan iborat chiroyli matn tuzadilar yoki ma‟lum bir 
mavzu yuzasidan ma‟lumot beradilar.
Mazkur o„yin mavzusini so„rashda, yangi mavzuni mustahkamlash va 
yakunlovchi mashg„ulotlarda foydalanish mumkin. Maqsad: o‟quvchilarni 
erkin va mustaqil fikrlash, olgan bilimlari haqida aniq, lo„nda javob berishga 
o„rgatish.
3. “Muqaddima bizdan – xotima sizdan”. Mazkur o„yin yakunlovchi 
mashg„ulotlarda, darsni mustahkamlash qismida o„tkaziladi.
O„yinni guruhlararo yoki har bir o„quvchidan foydalangan holda o„tkazish 
mumkin. O„yin sharti shuki, so„z aytiladi, aytilgan so„zning oxirgi harfiga 
yangi so„z aytiladi.
Masalan: Sifat so„z turkumi.
Chiroyli – iliq – qattiq – qora.
O„yinni o„tkazishdan maqsad guruhda musobaqa ruhini o„stirish, 
xushyorlikka da‟vat etish, so„z boyligini oshirish, o„zgalar fikrini hurmat 
qilishga o„rgatish.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling