Issiklik elektr stansiyalari


Download 432.72 Kb.
bet4/7
Sana06.05.2023
Hajmi432.72 Kb.
#1433254
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tolimarjon IES

Elektr stansiyasi — elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun moʻljallangan uskunalar, jihozlar va apparatlar, buning uchun zarur inshootlar va binolar majmui; elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. Energiya manbalariga qarab, issiqlik elektr stansiyalari (IES, bugʻ turbinali, gaz turbinali, dizelli), gidroelektr stansiya, shamol elektr stansiyasi, gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyasi, koʻtarilish suv elektr stansiyasi va magnitogidrodinamik generatorli styalarga boʻlinadi. Atom elektr stansiyasi, geotermal (yer issiqligidan foydalanuvchi) elektr st-yalari va gelioenergetika st-yalari (qarang Geliotexnsha) issiqlik elektr st-yasi jumlasiga kiradi.
Geotermal Elektr stansiyasi yer ostidagi issiqlikni elektr energiyasiga aylantiradigan bugʻ turbinali Elektr stansiyasi dir. Vulkanli hududlarda 2000–3000 m yer ostidagi suvlarning temperaturasi 100° dan yuqori boʻladi (qarang Geotermal resurslar). Geotermal Elektr stansiyasida suvbugʻ aralashmasi yer sirtiga chiqarilib, separator qurilmasiga beriladi va suvdan bugʻ ajratiladi. Bugʻ turbinaga, issiq suv isteʼmolchilarga beriladi. Bunday st-yalar Rossiya, Italiya, Yangi Zelandiya, AQSH va Yaponiyada ishlatiladi.
Issiqlik Elektr stansiyasi elektr energetikaning asosi hisoblanadi. Birinchi qudratli elektr st-ya birlamchi energiya manbalari yaqiniga qurish va ishlab chiqarilgan elektr energiyasini uzoq isteʼmolchilarga faqat uch fazali oʻzgaruvchan tok asosidagina uzatish mumkin. Shunday elektr st-yalarning birinchisi 1891-yil M. O. Dolivo-Dobrovolʼskiy tomonidan Laufen shahri (Germaniya)da qurilgan. U suv turbinasining quvvati 300 o.k.ga teng gidroelektr st-ya boʻlgan. Oʻzbekistonda 20asr 10-yillarida barcha elektr st-yalarning umumiy quvvati 3000 kVt dan oshiqroq edi. 1920—30-yillarda Toshkent, Buxoro, Samarqand va boshqalar shaharlarda yirik dizel elektr st-yalari qurildi. Oʻzbekistonda qurilgan birinchi gidroelektr st-ya — Boʻzsuv 1 1926-yil 1-mayda ishga tushirilgan. Keyinchalik birinketin GESlar va IES lari qurilgan.
Turbina ikki turga bo‘linadi:
1) aktiv turbina;

2) reaktiv turbina.




1
Aktivturbinalardahammaishlatishimumkinbo'lganissiqliksoplodaamalgaoshadi, ya’nisoplodabosimoxirgibosimgachakamayadi, ishchiparraklardaesao'zgarmaydi. Tezlik soploda ortadi, so‘ngra parraklardasekin-asta kamayadi (1,a-rasm).

Reaktiv turbinalarda esa ishlatish mumkin bo‘lgan issiqlikning birqismi soploda, qolgan qismi esa ishchi parraklarda amalga oshiriladi(1,b-rasm).


Aktiv turbinaning ishlash prinsipini ko‘rib chiqamiz. Bug‘ qozonidasuvning qaynashi natijasida hosil bo‘lgan o ‘ta qizigan bug‘ bug‘xarakatlanuvchi quvurlar yordamida bug‘ni taqsimlovchi drossel qurilma(drossel klapani)siga kelib tushadi. U yerdan bug‘ turbinaning asosiyelementi bo`lgan soploga kelib tushib, bu yerda bug‘ning bosimi kamayibtezligi ortadi (ya’ni issiqlik energiyasi kinetik energiyaga aylanadi). Shundaykatta tezlik bilan bug‘ soplodan chiqib turbinaning valiga o‘rnatilgan ishchiparraklarga uriladi va natijada parraklar aylana boshlaydi, ya’ni harakatsodir bo‘ladi, kinetik energiya mexanik energiyaga aylanadi.Turbinaga kelayotgan bug‘ning boshlang‘ich bosimi — Po soplodanchiqayotgan bug‘ning bosimi — P, tezligi esa C, ga teng bo'Iadi.Bug‘ turbinaning birinchi pog‘onasidan uning qo‘zg‘almas qismidajoylashtirilgan yo‘naltiruvchi parraklar yordamida ikkinchi pog‘onaga,so‘ngra keyingi pog‘onalarga o ‘tib harakatini davom ettiradi.

2-rasmda uchta tezlik pog`onasiga ega bo`lgan aktiv turbinaning chizmatasviri keltirilgan. Bug‘ Po bosim bilan soploga yuboriladi. Bu yerdauning potensial energiyasi kinetik energiyaga aylantiriladi. C, tezlik bilansoplodan chiqib, bug‘ birinchi qator ishchi parraklarga kelib tushadi, buyerda uning kinetik energiyasi ishga aylanadi. Shunda uning yo‘nalishio ‘zaradi. C2 tezlik bilan birinchi pog‘ona ishchi parraklaridan chiqib,bug‘ birinchi qator yo‘naltiruvchi parraklarga kelib tushib, o‘z yo‘nalishinio'zgartiradi va ikkinchi qator ishchi parraklarga kelib tushadi.So‘ngra bug‘ u yerdan ikkinchi qator yo‘naltiruvchi parraklarga kelibtushadi, undan chiqib uchinchi qator ishchi parraklarga yo‘naladi vaharakat davom etadi. Turbinaning uchinchi pogonasidan chiqqayotgandabug‘ juda katta bo'lmagan tezlikka ega bo‘ladi.




2-rasm


Download 432.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling