Issiklik elektr stansiyalari


Download 432.72 Kb.
bet2/7
Sana06.05.2023
Hajmi432.72 Kb.
#1433254
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tolimarjon IES

Bugʻ turbinasi — bugning potensial energiyasini kinetik energiyaga, soʻngra aylanuvchi valning mexanik ishiga aylantiruvchi turbina; issiqlik elektr st-yasi (IES)da elektr generatorlarni aylantiruvchi asosiy dvigatel hisoblanadi. Aktiv va reaktiv turbinalar boʻladi. Bugʻ turbinasi nisbatan ixcham, oddiy, tejamli, yuqori parametrli bugʻlardan foydalanishga, toza kondensat olishga, elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan birga isteʼmolchilarga turli parametrli bugʻ uzatishga imkon beradi. Muqim (statsionar) va transport (kemaga oʻrnatiladigan) xillari bor. Mukim Bugʻ turbinasi ga kondensatsiya turbinalari, teplofikatsiya turbinalari va boshqa kiradi. Deyarli barcha Bugʻ turbinasi koʻp pogʻonali hisoblanadi. Bir va koʻp (4 tagacha) korpusli, bir va koʻp (3 tagacha) valli qilib ishlab chiqariladi. Bugʻ turbinasi markazdan qochirma havo haydagichlar, kompressorlar va nasoslarni harakatga keltirish uchun ham ishlatiladi
Bug’-gaz turbinali qurilma —bug’ va gaz turbinalarining ish tsikllari birlashtirilgan energetik qurilma. Unda ish jismi sifatida yoqilg’ining yonish mahsulotlari, qizdirilgan havo (gaz turbinasida), bug’ (bug’ turbinasida) yoki bir turbinaning o’zida bug’ gaz aralashmasidan foydalaniladi. Afzalligi ish jismining boshlang’ich temperaturasi bug’ turbinali qurilmalardagiga qaraganda ancha yuqori, tarmoqqa boradigan issiqlik temperaturasi esa gaz turbinali qurilmalardagidan ancha past bo’ladi. Bug’-gaz turbinali qurilmaning bir necha sxemasi bor. Aralash sxemali qurilmalar eng ko’p tatbiq etiladi. Bularda yoqiladigan barcha yoqilg’i (tabiiy gaz, mazut) ning faqat 20 foizi gaz turbinasining yonish kamerasiga beriladi. Tarkibida foydalanilmagan kislorod bo’lgan yonish mahsulotlari gaz turbinasidan o’tib, bug’ qozoni o’chog’iga keladi va u boshqa har xil sifatli yoqilg’i bilan qo’shilib yonadi. Bug’-gaz turbinali qurilma f.i.k. 32% gacha bo’lgani holda nisbatan kam kapital mablag’ talab etadi.
Gaz turbinasi deb,ishchi jism yonuvchi gaz va havo aralashmasidan iboratb’lgan issiqlik yuritgichiga aytiladi. Ishlash prinsipi va konstruksiyasi jihatidan bug’ turbinasiga o’xshash.Gaz turbinasining oquvchi qismida gaz oqimining isssiqlik enaergiyasi avval kinetic va so’ng rator aylanishi mexanik ishiga aylanadi.
Gaz turbina qurilmalari bug’ turbinalariga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
Ixcham;
Kondensat qurilmasining yo’qligi:
Konstruksiyasining soddaligi va qulayligi;
Kam mealliyligi,arzonligi;
Sovutish uchun ko’p suv sarflamasligi;
Gaz turbinasining quyidagi kamchiliklari mavjud:
Gaz turbinalarining tez ishdan chiqishi;
Ishlatiladigan yoqilg’iga yuqori talabliyligi.
Bug’ turbinalari kabi gaz turbinalari ham aktiv va reaktiv, bir pog’onali va ko’p pog’onali bo’lai. Gaz harakatiga qarab o’qli va radial turlarga bo’linadi. Agar gaz turbine o’qi yo’nalishida harakat qilsa,u o’qli gaz turbinasi bo’lafi.agar gaz turbine o’qiga perpendicular (ko’ngdalang) harakat qilsa, unda radial gaz turbine bo’ladi. Reaktiv gaz turbinalarining qo’llanilishi FIK va ish rejimining barqarorlanishiga olib keladi. Ishlash rejimi,issiqlik miqdori,ishlatiladigan yoqilg’I turiga qarab ko’p pog’onali gaz turbinalari 2-7 va undan ham ko’p pog’onali bo’lishi mumkin. Kam miqdorli yuklamalar uchun bir pog’onali gaz turbinalari iqtisodiy qulay.Gaz turbinalari bug’ turbinalariga nisbatan yuqori boshlang’ich temperaturada ishlaydi. Shuning uchun uning detallari issiqqa chidamli po’latdan yasaladi,ba’zi holda ishchi kuraklarni sovutish uchun maxsus qurilmalar o’rnatiladi.
Gaz turbinalari past boshlang’ich bosimda ishlaydi.
Gaz kengayishi natijasida uning havmi bir necha yuz barobar oshadi.shuning uchun gaz turbinasini ishga tushirishdan oldin uning aerodinamikasi tekshirilib ko’riladi.
Gaz turbinasining alohida qurilmalarini hisoblash metodikasi bug’ turbinasi hisobi metodikasi bilan bir hil.



Download 432.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling