Issiklik elektr stansiyalari
Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasi
Download 432.72 Kb.
|
Tolimarjon IES
Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasi - Oʻzbekistonda qurilgan yirik issiqlik elektr stansiyalaridan biri. "Uzbekenergiya" davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibida. Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanidagi Nuriston shaharchasida, Tallimarjon suv omboridan 7 km uzoklikda joylashgan. Stansiya qurilishi 1988-yil yanvarda boshlangan. Loyiha quvvati 3200 MVt (800 MVt li 4 energoblokli). 1energobloki 2004-yil oxirida ishga tushiriladi. Asosiy yoqilgʻi turi — tarkibida oltingugurt kam boʻlgan Shoʻrtan gaz konidan olinadigan tabiiy gaz. Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasie.s. viloyatdagi gaz konlari, suv xoʻjaligi obʼyektlari va boshqa isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlaydi.
Tolimarjon IES’ning yangi bug‘-gaz qurilmalari (BGQ) 2017 yilning fevral oyi boshi holatiga ko‘ra, 1,52 mlrd kVt-soat elektr energiya ishlab chiqardi. Bu haqda "O‘zbekenergo" AJ matbuot xizmati ma'lum qildi. "O‘zbekenergo" "Tolimarjon IESni 450 MVt lik 2 ta bug‘-gaz qurilmasi qurish bilan kengaytirish" investitsiya loyihasini amalga oshirdi. Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering and Construction va Daewoo International Corporation kompaniyalari konsorsiumi BGQ qurilishida ishtirok etgan. Loyiha Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot jamg‘armasi kredit mablag‘larini jalb qilgan holda amalga oshirilgan. BGQning 1-energobloki 2016 yil avgustda foydalanishga topshirilgan. 2016 yil noyabrda 2- energoblokning 314 MVt lik gaz turbinasi foydalanishga topshirilgan. Ikkita blokning foydalanishga topshirilishi butun energotizimning tejamkorligini elektr energiyani ishlab chiqarishga yonilg‘ining solishtirma sarflanishini kamaytirish hisobiga oshirish imkonini beradi va yiliga 7,2 mlrd kVt-soat qo‘shimcha elektr energiya ishlab chiqariladi. Shuningdek, energotizimning Markaziy qismidan Samarqand-Buxoro elektrouzeliga elektr energiyani transportirovka qilishda yo‘qotishlar kamayadi. Ikkala BGQda elektr energiya ishlab chiqarilishi 2017 yil fevral oyi boshi holatiga ko‘ra, 1520,2 mln kVt-soatni tashkil qildi. Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasi foydalanishga kiritilishidan beri 66,72 mlrd kVt•soat elektr energiya ishlab chiqargan. 2016 yilda stansiyada 6939,6 mln kVt∙soat elektr energiya ishlab chiqarilgan. Ayni vaqtda 2022 yilgacha yana shunday quvvatdagi ikkita BGQ qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilmoqda. Bu loyihaning amalga oshirilishi IES tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiya hajmini yiliga 20,4 mlrd. kVt-soatgacha yetkazish imkonini beradi. Download 432.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling