Issiklik elektr stansiyalari


Download 432.72 Kb.
bet1/7
Sana06.05.2023
Hajmi432.72 Kb.
#1433254
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tolimarjon IES


Issiklik elektr stansiyalari (IES) — qattiqsuyuq va gaz holatdagi organik yoqilgʻilarning issiqlik energiyasini elektr energiyasiga aylantiradigan qurilmalar majmui. Asosiy energetik agregatlar qatoriga suv yuradigan quvurlar (trubalar) batareyasidan iborat qozon tizimi, bugʻ turbina (bugʻ dvigatel) lari va turbogeneratorlar kiradi. Qozon tizimiga yuborilgan suv yuqori bosimli bugʻga aylantirilib turbina parraklariga beriladi. Natijada turbina bilan mexanik bogʻlangan generator tegishli tezlikda aylantirilib, mexanik energiya elektromagnit induksiya qonuniga binoan generatorda elektr energiyasiga aylanadi. IESda ishlatiladigan yoqilgʻi issiqlik energiyasining faqat 30% gina foydali elektr energiyasiga aylantiriladi, yaʼni IES ning foydali ish koeffitsiyenti 30% ga tengdir. Foydali ish koeffitsiyenti qiymatini oshirish maqsadida qozondagi bugʻ bosimi iloji boricha yuqori qilinadi va turbina parraklaridan oʻtib, ish bajarib boʻlgan bugʻning hammasi sovitkichlar vositasida sovitilib, qayta suvga aylantiriladi (kondensatlanadi) va qozon tizimiga yuboriladi. Bunday IESni kondensatsiyey elektr stansiyalari (KES) deyiladi va ularda foydali ish koeffitsiyenti qiymati h=30—35% gacha koʻtcariladi hamda suv berk tizimda aylanishi sababli kuvurlar batareyalaridan iborat qozonni taʼmirlash ishlari keskin qisqaradi. IESlar, odatda, qattiq, suyuq yoki gaz holatdagi arzon yoqilgʻi koni yaqinida quriladi. Stansiya generatorlaridan olingan elektr energiyasining asosiy qismi bir necha 100 km masofadagi isteʼmolchilarga kuchaytiruvchi transformator va yuqori voltli elektr uzatish liniyalari vositasida yetkaziladi, qolgan qismi esa stansiyaning oʻz generator kuchlanishida yoki pasaytiruvchi transformator orqali beriladi.
Bugʻ turbinali issiqlik elektr stansiyasi — qozon, bugʻ turbinasi va turbogeneratordan iborat energetika agregatlari majmui. Qozon, suv quvurlari tizimidan hosil qilinadi. Qattiq, suyuq yoki gaz holatdagi yoqilgʻilarning temperaturasi 500° dan yuqori boʻlgan issiqlik energiyasi taʼsirida qozon quvurlaridan oʻtadigan suv yuqori bosimli bugʻga aylanadi. Bugʻ taʼsirida turbina, yaʼni birlamchi motor parraklari har minutda 1500—3000 aylanish tezligida harakatga keladi. Bunda bugʻning kinetik energiyasi mexanik energiyaga aylanadi. Turbogeneratorning stator chulgʻamida yuqori kuchlanishli EYUK (elektr yurituvchi kuch), isteʼmolchida esa tok hosil boʻladi, natijada mexanik energiya elektr energiyasiga aylanadi. Umuman, dunyo miqyosida ishlab chiqariladigan elektr energiyasining taxminan 80% gachasi turbogeneratorlar vositasida olinadi, ammo Bugʻ turbinali issiqlik elektr stansiyasi i. e. s.ning foydali ish koeffitsiyenti (f. i. k.) yuqori emas. Bugʻ turbinali issiqlik elektr stansiyasi k. qiymatini bir muncha koʻtarish uchun turbina parraklaridan oʻtgan bugʻ sovitkichlar vositasida yana suvga aylantirilib, nasos orqali qayta isitkich qozonga yuboriladi va suv boʻyicha berk tizim hosil qilinadi. Bunda elektr stansiya f.i.k. 32—40% gacha koʻtariladi.

Download 432.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling