Issiq ichimliklar va shifobaxsh damlamalarni tayyorlash texnologiyasi va texnika xavfsizligi qoidalari Сhoy ishlab chiqarish, navlari, sifatiga qo'yiladigan talablari, sharoitlari. Qahfa ichimliklari
Download 228.05 Kb. Pdf ko'rish
|
9 Issiq ichimliklar va shifobaxsh damlamalarni tayyorlash texnologiyasi (2)
Choy damlash. Chinni choynak qaynab turgan suvda chayib tashlanadi, so‘ng
quruq choy solinib, choynakning 1G`3 qismiga qaynab turgan suv qo‘yiladi, qopqog‘i yopilib, usti sochiq bilan yopib qo‘yiladi. 5-10 daqiqa davomida choy damlanadi. Damlangan choyning ustidan qaynab turgan suv quyib, choynak to‘ldiriladi va bir oz tindirilib tayyor holga keltiriladi. Agar g‘isht-sifat ko‘k choy bo‘lsa, uni damlashdan oldin maydalanadi. Damlangan choyni plita chetida uzoq saqlash yoki qaynatish taqiqlanadi, chunki bunda choy o‘ziga xos qo‘lansa hidga ega bo‘lib, o‘z sifatini yo‘qotadi. Damlanib suyuqligi ajratilgan choy shamasi ustiga quruq choy solib choy damlash ham, bu ma'lum darajada, damlangan choy sifatiga ta'sir ko‘rsatadi. Damlangan choy bir soat davomida o‘z sifatini saqlab turadi. Choylarni tarqatishda damlangan choy stakanga qo‘yilib, stakan osti idishiga choy qoshig‘i bilan qo‘yib beriladi. Alohida maxsus kichik taqsimchalarda qand, shakar, murabbo, limon parragi, konfet, taqsimchalarda shirinliklar, gumma, tort, qandolatchilik mahsulotlari; chuqur idishlarda sut, qaymoq beriladi. Bundan tashqari choyni portsiyalangan stakanda damlash uchun mo‘ljallab qadoqlangan maxsus qopchiqda xam berish mumkin. Alohida choynakda qaynagan suv beriladi. Choyxonalarda damlangan choy kichkina chinni choynaklarda beriladi. Bir vaqtning o‘zida katta choynakda qaynagan suv, stakan va choyqoshiq beriladi. Agar shakarli choy ko‘proq miqdorda tayyorlab tarqatiladigan bo‘lsa, choy damlanayotgan paytda unga shakar qo‘shib tayyorlash mumkin. Choylarni tarqatishda turli shiravorlar va non mahsulotlarini tavsiya qilish mumkin. Jumladan, konfet, sho‘qolad, pryanik, pirojniy, pechenye, pirog va boshqalar. Ko‘k choy shakarsiz, piyolada. ichiladi, unga sharq qandolat mahsulotlari, kishmish, bargak qo‘shib beriladi. Kakao. Kakao tropik kakao daraxtining urug‘idan tayyorlanadigan porosho‘q. Tarkibida 15% gacha yog‘ bor. Kakaodan issiq va sovuq ichimliklar tayyorlanadi, shuningdek shirinliklar (krem, morojniy), pomadka, shakar, qiyom va boshqalarga qo‘shiladi. Issiq kakao (1 stakan) kichik kastryulkaga 2 choy qoshig‘ida kakao poroshogi, shakar (ta'bga ko‘ra), biroz sut solib, porosho‘q qumoqlari yo‘qolguncha eziladi. Hosil olovdan olinadi. Qahva, qahva - tropik qahva daraxtining urug‘i (qahva bo‘tqasi yoki doni), shuningdek ulardan tayyorlanadigan lazzatli, xushbo‘y ichimlik. Qahva tarkibida kletchatka, azotsimon moddalar, qahvain, qand, yog‘ va mineral tuzlar bor. Tabbiy qahvadan tayyorlangan ichimlikda qahvain miqdori ko‘p bo‘lganligi sababli, markaziy nerv sistemasiga qo‘zg‘atuvchi va mustahkamlovchi ta'sir ko‘rsatadi. Bir choyqoshiq maydalangan qahvada 0,07-0,1 g kofein bor. Bu miqdor sog‘lom va arterial bosimi past kishilarning ish unumini oshirish, yurak faoliyatini yaxshilash uchun yetarlidir. Qahva oshqozon syekretsiyasini ham qo‘zg‘atadi. Asab sistemasining qo‘zg‘aluvchanligi kuchaygan, xafa qon, gipertoniya, uyqusizlik kabi kasalliklarga chalingan kishilar uchun tabbiy qahva tavsiya etilmaydi. U oshqozoni kasal (masalan, me'da yara kasalligi) kishilar uchun ham zararlidir. Qahvani me'yoridan ko‘p iste'mol qilish sog‘lom kishilarni ham yurak kasali va uyqusizlikka olib kelishi mumkin, shuning uchun qahva ichimligini yotish oldidan ichish tavsiya etilmaydi. Qo‘l rang qahva qoplarini sust olovda, jigar rang tusga kirgupcha qovurib (yaxshisi chuyan tovada), so‘ngra ulardan qahva ichimligi tayyorlash mumkin. Qahva donlarini uyda maxsus qahvamaydalagich yordamida yanchish mumkin. Qahva ayniqsa poroshogi, xushbo‘yligini yo‘qotib, boshqa yoqimsiz xidlarni qabul qilish xususiyatiga ega bo‘lganligi sababli, u qopqog‘i zich berkitiladigan maxsus shisha yoki tunuka idishda saqlanishi lozim. Qahva donlari pchimlik tayyorlash oldidan yanchilgani ma'qo‘l. Qahva ichimligi qahva qaynatgichda qaynatiladi. Qahva tayyorlashning ko‘pgina usullari bor, lekin ichimlik qanday retsyept bo‘yicha tayyorlanmasin, shuni esda tutish lozimki, qahvani qaynatish va qayta- qayta isitish mumkin emas, aks xolda ichimlik sifati buziladi. Uzoq vaqt berk idishda saqlangan qahva donlari ham xushbo‘yligini yo‘qotadi. Ularni asli xoliga keltirish uchun 10 minut sovuq suvda saqlab, so‘ng darhol duxovka yoki sust olovda isitib quritish lozim. Qora qahva ichimligi odatdagicha (1 stakan suvga 1 choyqoshiq miqdorida yanchilgan qahva) va ikki hissa achchiq (1 stakan suvga 2-3 choyqoshiq miqdorida qahva) qilib tayyorlanadi. Qaynoq suv bilan chayilgan qahva qaynatgich yoki kastryulkaga yanchilgan qahva donlari solinadi, ustidan qaynoq suv qo‘yilib, sust olovga qo‘yiladi. Ichimlik ko‘tarilgach (qaynog‘iga yetmasdan), darhol olovdan olinadi va quyqumi idish tagiga cho‘ksin keyin 5-10 minut davomida tindiriladi. Idishga bir necha tomchi qaynagan sovuq suv qo‘yilsa, quyqumi tezroq cho‘kadi. Ikki hissa achchiq qahva ichimligi ikki bor olovga qo‘yiladi; oldin oddiy qora qahva tayyorlanadi, bir oz tingach, yana bir portsiya yanchilgan qahva doni solib olovga qo‘yiladi. Ichimlik ko‘tarilgach, olovdan olib tindiriladi, so‘ng dasturxonga tortiladi. Qahva ichimligi sikoriy bilan yoki sikoriysiz tayyorlanishi mumkin. Nonushtaga qahva ichimligi sut, quyultirilgan sut yoki qaymoq bilan tortilishi mumkin. Sof qahva. Yanchilgan qahva turpi bilan yoki turpsiz holda tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Qahvaning muhim tarkibiy qismi qahvain bo‘lib, o‘ziga xos ta'sir etuvchi xususiyati bilan boshqa mahsulotlardan farqlanadi. Qahva tarkibida oqsil, yog‘, shakar bo‘lib, bu uning ozuqalik qimmatini belgilaydi. Qahva tayyorlashning bir necha usuli bor. Biroq bu usullarning barchasi quruq qahva tarkibidagi xushxo‘r ekstrakt moddalarni xushta'm ichimlikka aylantirishdan nborat. Agar quruq qahva donachalari, ichimlik tayyorlashdan avval yanchilib suyuqlikda aralashtirilsa, qahva sifati yuqori darajada bo‘ladi. Yirikroq yanchilgan qahvaning xushxo‘rligi ko‘proq saqlanib, rangi tiniq bo‘ladi. Qahvalarni yanchish uchun tegirmon, qahva yanchuvchi mashinalardan foydalanish mumkin. Sutli qahva. Tayyor qora qahvaga qaynab turgan sut, shakar qo‘shib aralashtirib qaynatiladi. Stakanda tagiga taqsimcha qo‘yib, qahva idishida taqsimchaga qo‘yilran holda tarqatiladi. Varshavacha sutli qahva. Odatdagicha qora qahva tayyorlanadi. Unga sut qo‘shilishini hisobga olib quyuqroq tayyorlanadn. Pishirib suzib olingan qahvaga qaynoq sut, shakar qo‘shib qaynatiladi. Tarqatishda stakan yoki qahva idishlariga qo‘yib beriladi. Ustiga qaynatishda ajratib olingan sut qaymog‘idan solib berish ham mumkin. Download 228.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling