Issiqlik almashinish jarayonlari qurilmalari konstruksiyalari
Download 55.33 Kb. Pdf ko'rish
|
1- tema. Kirish.Issiqlik almashtir
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekstraktsiya
Mехаnik jаrаyonlаr - bu jismlаrning o‘zаrо mехаnik tа’siridir. Bulаrgа
mаydаlаsh, frаksiyalаrgа аjrаtish, prеsslаsh vа bоshqаlаr misоl bŏlаdi. Jаrаyonning tаshkil qilinishigа qаrаb, ulаr uzluksiz, dаvriy vа kоmbinаsiyalаshgаn turlаrgа bo‘linаdi. Аgаr jаrаyonning hаmmа bоsqichlаri bir qurilmаdа birin-kеtin bаjаrilsа, u dаvriy jаrаyon dеyilаdi. Bundа dаstlаb kurilmа хоm аshyo bilаn tŏldirilаdi, kеyin ishlоv bеrish bоshlаnаdi vа ushbu оpеrаsiya tugаgаch qurilmаdаn tаyyor mаhsulоt bŏshаtib оlinib, jаrаyonning bоsqichlаri bоshqаdаn tаkrоrlаnаdi. Аgаr jаrаyonning хаmmа bоsqichlаri bir vаqtning o‘zidа qurilmаning turli qismlаridа yoki bir-biri bilаn bоg‘lik bo‘lgаn bir nеchа qurilmаdа bаjаrilsа, u uzluksiz jаrаyon dеyilаdi. Mаsаlаn mаhsulоtni kоnvеyеr qurilmаdа quritish jаrаyoni. Kondensator – bug‘ sovituvchi yordamida kondensatga aylanadigan qurilma. Mavhum qaynash - kolonna ichiga mayda donador material solib, uning pastki qismidan gaz va suyuqlik berilganda zarrachalarning intensiv harakatlanishi. Rektifikatsiya - ikkita suyuqlik aralashmasini bir necha marta bug‘latib, bug‘ va kondensatini aralashtirib engil uchuvchan komponentini ajratib olish. Ekstraktsiya - bironta suyuqlikdagi qattiq jismlardagi komponentni erituvchidan eritib ajratib olish. Fil'trlash - fil'tr to‘siqlaridan gaz va suyuqlik aralashmalaridagi qattiq va mayda zarrachalarni ushlaб qolish. 1.4. Issiqlik almashinish jarayonlari qurilmalarini klassifikatsiyalanishi Ma’lumki, sanoatning turli sohalarida xilma-xil xom - ashyo va mahsulotlarni qayta ishlashda issiqlik almashinish jarayonlari va ularni amalga oshiruvchi qurilmalar juda keng miqyosda qo‘llaniladi. Jarayonlarni o‘tkazish shartlari va qurilmalarni qo‘llash sohasiga qarab, issiqlik almashinish qurilmalarning tuzilishi turlicha bo‘ladi. Ishlash prinsipiga qarab issiqlik almashinish qurilmalari: -sirtiy (rekuperativ), - regenerativ, -aralashtiruvchi (gradirnya, skrubber, aralashtiruvchi kondensator va h.) qurilmalarga bo‘linadi. Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik eltkichlar devor bilan ajratilgan bo‘lib, ularda bir muhitdan ikkinchisiga issiqlik ushbu devor orqali uzatiladi. Konstruksiyasiga ko‘ra sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari qobiq - trubali, zmeevikli, plastinali, spiralsimon, qirrali, g‘ilofli, blok-grafitli va maxsus issiqlik almashinish qurilmalariga bo‘linadi. Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalarida bir issiqlik almashinish yuzasi galma-gal issiq va sovuq eltkichlar bilan yuvilib turadi. Agar, issiqlik almashinish yuzasi issiq eltkich bilan yuvilib tursa, muhitning issiqligi hisobiga isiydi, sovuq eltkich bilan yuvilganda esa - o‘z issiqligini beradi. Shunday qilib, issiqlik almashinish yuzasi issiqlik eltkichning issiqligini yig‘ib oladi, so‘ng esa sovuq eltkichga beradi. Aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalarida ikkala eltkich bevosita o‘zaro aralashuvi paytida issiqlik almashadi. Issiqlik almashinish turiga qarab qurilmalar isitkich, bug‘latkich, sovutkich va kondensatorlarga ajratiladi. Download 55.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling