Issiqlik almashinish jarayonlari va qurilmalari reja Umumiy tushunchalar Issiqlik o'tkazuvchanlik


Namlanuvchi issiqlik almashgichlar


Download 2.62 Mb.
bet15/20
Sana05.09.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1673074
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
ISSIQLIK ALMASHINISH JARAYONLARI VA QURILMALARI

Namlanuvchi issiqlik almashgichlar. Bunday qurilmalar tashqi tomonidan suyuq holdagi issiqlik tashuvchi (odatda suv) bilan namlanib turuvchi zmeeviklardan iborat (9.8-rasm). Taqsimlab beruvchi tarnov orqali suv yuqorigi quvurga berilib, undan keyin pastki quvurga tushadi. Ketma-ket hamma quvurlardan o'tgach, suv quvurlarning tagida joylashgan yi-g'uv idishiga tushadi. Odatda bunday sovitkichlar ochiq ha-voda joylashtirilgan bo'ladi. Afzalliklari: sovituvchi suvning sarfi kam, tuzilishi sodda va arzon, quvurlarni tozalash oson.
Namlanuvchi is­siqlik almashinish qurilmalari asosan suyuqlik yoki gazlarni sovitish hamda bug'larni konden-satsiyalash maqsadida ishlatiladi.
Zmeevikli issiqlik almashgichlar. Bun­day qurilmalarda 25-^-75 mm li quvur­lardan tayyorlangan


spiralsimon zmeeviklar suyuqlik bilan to'ldirilgan idishda o'rnatiladi. Botirilgan zmeevik quvurlaridan gaz yoki bug' harakatlanadi. Zmeevikli issiqlik almashgichlarning diamet-ri idishning o'lchamlariga ko'ra 300-^2000 mm ga teng bo'li-shi mumkin. Suyuqlik bilan to'ldirilgan idishning hajmi katta bo'lgani va idish ichidagi suyuqlikning tezligi juda kichik bo'lganligi uchun zmeevikning tashqi devori tomonidagi bug' bilan suyuqlik orasidagi issiqlik berish koeffitsienti ham kichik qiymatga ega bo'ladi. Qurilmaning hajmini kamaytirish va suyuqlikning tezligini oshirish uchun uning ichiga stakanga o'xshash idish tushiriladi (9.9-rasm).
Zmeevik quvurlarida harakatlanayotgan bug'ning bosimi 0,2-^0,5 MPa gacha bo'lganda zmeevik uzunligining quvur diametriga nisbati 200-^245 bo'lishi mumkin. Agar bu nis-batning miqdori katta bo'lsa, bug' kondensati zmeevik quvur-larining pastki qismida yig'ilib, issiqlik almashinish tezligi kamayadi va gidravlik qarshiliklar ortib ketadi.
Afzalligi: tuzilishi sodda, tayyorlash oson, issiqlik alma­shinish yuzasini almashtirish qulay, idishdagi suyuqlikning hajmi katta bo'lganligi sababli harakat rejimining o'zgarishlariga uncha sezgir emas. Kamchiliklari: o'lchami va gidravlik qarshiligi katta, idishdagi suyuqlikning tezligi kam bo'lganligi
uchun zmeevikning tashqarisidagi issiqlik berish koeffitsienti kichik, quvurlarning ichki yuzasini toza-lash qiyin.

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling