Issiqlik almashinish jarayonlari va qurilmalari reja Umumiy tushunchalar Issiqlik o'tkazuvchanlik
Download 2.62 Mb.
|
ISSIQLIK ALMASHINISH JARAYONLARI VA QURILMALARI
Qirrali issiqlik almashgichlar. Texnikada anchagina ko'p qo'llanilib turiladigan ba'zi issiqlik almashinish jarayonlarida issiqlik o'tadigan yuzaning ikki tomonidagi issiqlik berish koeffitsientlari bir-biridan katta farq qiladi. Masalan, havoni kondensatsiya bo'layotgan suv bug'i bilan isitishda bug'dan
devorga issiqlik berish koeffitsienti a, =10000^-15000—^- nrK bo'lsa, devordan isitilayotgan havoga issiqlik berish koeffitsienti cc2 = 10 -ь 15—^г bo'ladi. Bunday sharoitda sain к. maradorligi kam bo'lgan issiqlik tashuvchi agent (havo) tomonidagi quvurlar qirrali qilib tayyorlanadi. Natijada issiqlik almashinish yuzasi kattalashib, bug'dan havoga o'tgan issiqlik miqdori ko'payadi. 9.13-rasmda quvurlari qirrali qilib tayyor-langan issiqlik almashgichlarning elementlari ko'rsatilgan. Tadqiqotlardan ma'lumki, quvurlarning yuzalari qirrali qilinganda issiqlik almashinish yuzasining ko'payishidan ta-shqari, qirralar oqimning girdobsimon holatga kelishiga yor-dam berganligi sababli issiqlik berish koeffitsienti ham ortadi. Shuni ham hisobga olish kerakki, bunda issiqlik tashuvchi agentni haydash uchun bo'lgan sarf ko'payadi. Tashqi yuzasi qirrali qilib tayyorlangan quvurlar bir necha turga bo'linadi: 1) bo'ylama qirrali (9.14-rasm, a shakl); 2) kesilgan qirrali (9.14- rasm, b shakl); 3) ko'ndalang qirrali (9.14-rasm, d shakl); 4) spiralsimon qirrali (9.14-rasm, e shakl). Qirralarning samara-dorligi issiqlik berish koeffitsienti (a) orqali belgila-nadi. Qirrali quvurlar ish-latilganda a ning qiymati qirraning balandligi, shakli va materialiga bog'liq bo'ladi. Agar a ning qiymati yuqori bo'lishi shart bo'l- masa, po'latdan tayyorlangan qirralardan foydalanish etarli bo'ladi, mabodo a katta qiymatlarga erishilishi zarur bo'lgan paytda misli yoki alyuminiy qirralarni qo'llanishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Quvurning ichidagi termik qarshilik katta bo'lgan paytda chegara qatlamni emiradigan yoki girdobsimon holatga keltiradigan turbulizatorlardan foydalaniladi. Turbulizatorlar sifatida turli kons-truksion elementlar (spirallar, diafragmalar, disklar) va kiydirma (halqalar, sharlar) ishlatiladi; bu-lardan foydalanilganda quvurning qarshiligi ko'payadi. 9.15-rasmda oqimning girdobsimon holatga keltirishga yordam beradigan diafragmali, diskli, spi-ralli quvurlar ko'rsatilgan. Masalan, quvur ichiga diafragma o'r- natilganda oqim Re = 140 bo'lganda turbulent holatga o'tadi (qo'shimchasi boimagan quvurda esa bu holat Re = 2300 bo'lganda yuz beradi). Demak, diafragmali quvurda issiqlik almashinish taxminan 4 marotaba tez boradi. Download 2.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling