Issiqlik almashinish jarayonlari va qurilmalari reja Umumiy tushunchalar Issiqlik o'tkazuvchanlik


Plastinali issiqlik almashgichlar


Download 2.62 Mb.
bet16/20
Sana05.09.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1673074
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
ISSIQLIK ALMASHINISH JARAYONLARI VA QURILMALARI

Plastinali issiqlik almashgichlar. Bun-day qurilmalar yupqa metall listlardan tay-yorlangan bir necha qator parallel qat-qat burma qilingan plasti-nalardan tuzilgan bo'ladi (9.10-rasm). Plastinalar o'rtasidagi kanallar ikki guruhga bo'linadi: birinchi guruh kanallaridan

issiqlik tashuvchi agent harakat qilsa, ikkinchi guruh kanal­laridan esa issiqlik qabul qiluvchi agent harakat qiladi. Plastinalar A va В bosh plitalari va tortish vinti (shaklda ko'rsatilmagan) yordamida siqiladi, plastinalar oralig'ida rezinali qistirmalar joylashtirilgan. В plitaning yuqorigi chap shtuser orqali kirgan issiq suyuqlik (I) 4-5 va 2-3 plastinalar oralig'idagi bo'shliqlarni egallaydi va A plitadagi pastki o'ng shtuser orqali tashqariga chiqariladi. Sovuq suyuqlik esa (P) A plitadagi pastki chap shtuser orqali qurilmaga kirib, 1-2 va 3-4 plastinalar oralig'idagi bo'shliqlarni egallaydi, so'ngra В plitadagi yuqorigi o'ng shtuser orqali tashqariga chiqadi.


Sanoat miqyosida ishlab chiqarilayotgan plastinali quril-malarning issiqlik almashinish yuzasi plastinalarning asosiy o'lchamlariga ko'ra 2 dan 600 m2 gacha etadi; bunday qu-rilmalarni bosimning qiymati 1,6 MPa gacha va ish muhi-tining harorati -30dan +180°C gacha o'zgarganda ishlatila-di. Plastinali qurilmalar suyuqlik va bug' (gaz) o'rtasida issiqlik almashinishini tashkil etishda sovitgich, isitgich va kondensatorlar sifatida foydalaniladi.
P lastinali issiqlik almashinish qurilmalari qalinligi 1 mm bo'lgan metall listdan tayyorlanadi. Plastinali qat-qat burmalarning ko'ndalang kesimi odatda balandligi 4-r7 mm va asosi 14-^30 mm bo'lgan teng tomonli uchburchak ko'ri-


nishga ega. Burmalar gorizontal, "archasimon", gorizontal burchak ostida va boshqa ko'rinishlarda tayyorlanadi.
Plastinalarning materiali — ruxlangan yoki korroziyaga bardosh po'lat, titan, alyuminiy, melxiordan iborat. Quril-maning tayanchlari va siquvchi plitalari qalinligi 8-И2 mm bo'lgan uglerodli po'latdan tayyorlanadi. Bunday issiqlik almashinish qurilmalari juda ixcham bo'lib, ikkala issiqlik tashuvchilarni katta tezlik bilan o'tkazish imkoniyatiga va yuqori issiqlik o'tkazish koeffitsientiga ega. Gidravlik qarshiligi esa kam. Biroq, bunday qurilmalar katta bosimlarga bardosh bera olmaydi, issiqlik almashgich ta'mir qilingandan so'ng plastinalar orasidagi tegishli zichlikni yana hosil qilish qiyin.

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling