Issiqlik almashinish jarayonlari va qurilmalari reja Umumiy tushunchalar Issiqlik o'tkazuvchanlik
Download 2.62 Mb.
|
ISSIQLIK ALMASHINISH JARAYONLARI VA QURILMALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Otkir bug bilan isitish.
- Kuchsiz bug bilan isitish.
2. Suyuqliklarni isitish usullari
Suv bug'i bilan isitish. Sanoatda isituvchi agent sifatida to'yingan suv bug'i keng ishlatiladi. Suv bug'i bir qator afzalliklarga ega. Bug'ni kondensatsiyalashda katta miqdorda issiqlik ajraladi, chunki bug'ning kondensatsiyalanish issiqligi 9,8 • 104 Pa bosimda 2,26 • 106J/kg ga teng. Kondensatsiyalangan bug' orqali issiqlik berish koeffitsienti yuqori: a = 104-И,2 * Ю4 Vt/(m2 • K). Natijada isitish uchun juda kam yuza talab qilinadi. To'yingan suv bug'i ma'lum bir bosimda bir xil haroratda kondensatsiyalanadi, bu uning katta afzalligi hisoblanadi. Natijada tegishli isitish haroratini juda aniq ushlab turish imkoniyati paydo bo'ladi. Kerak bo'lgan sharoitda bug'ning bosimini o'zgartirish yo'li bilan isitish darajasini boshqarish mumkin. Bug' kondensatidan foydalanish natijasida ham isituvchi qurilmalarning foydali ish koeffitsienti ancha yuqori bo'ladi. Suv bug'i yonmaydi va undan foydalanish ancha qulay. Suv bug'inining harorati ortishi bilan uning bosimi ham ortadi. Bu hol suv bug'ining asosiy kamchiligidir. Shu sababli amalda to'yingan suv bug'i yordamida 150-180°С gacha isitish mumkin (bunda bosim 0,5-0,2 МРа ga teng bo'ladi). Katta bosimli bug'ni ishlatish uchun qalin devorli va qimmatbaho qurilmalar kerak bo'ladi. O'tkir bug' bilan isitish. Bunda suv bug'i to'g'ridan-to'g'ri isitilayotgan suyuqlikka kiritiladi. Bug'ning kondensatsiyalanishida ajralib chiqayotgan issiqlik suyuqlikka o'tadi, hosil bo'lgan kondensat esa suyuqlik bilan aralashadi. Suyuqlikni bir paytning o'zida isitish va aralashtirish uchun barbotyor (mayda teshiklari bo'lgan quvur) orqali suv bug'i yuboriladi (8.1-rasm). O'tkir bug' bilan isitish jarayonida isitilayotgan suyuqlik kondensat hisobiga ancha suyultiriladi. Shu sababli odatda o'tkir bug' suv va suvli eritmalarni isitish uchun ishlatiladi. Kuchsiz bug' bilan isitish. Bunda issiqlik bug'dan suyuqlikka biror ajratuvchi devor (masalan, qobiqli va zmeevikli qurilmalarda) orqali o'tadi. Isituvchi bug' to'la kondensatsiyalanadi va qurilmaning isitish bo'shlig'idan kondensat sifatida chiqariladi (8.2-rasm). Kondensat haroratini bug'ning to'yinish haroratiga teng deb olish mumkin. Kuchsiz bug' ishlatilganda isitish bo'shlig'ida kondensatsiyalanishga uchramaydigan gazlar (ko'pincha havo) yig'ilib qoladi. Bunday gazlar odatda suv bug'i bilan birga qurilmaning isitish bo'shlig'igakirib qoladi. Gazlarning yig'ilib qolishi bug'ning kondensatsiyalanishi paytidagi issiqlik berish koeffitsientini keskin kamaytirib yuboradi. Shu sababli isitish bo'shlig'ida yig'ilib qolgan gazlar qurilmadan davriy ravishda chiqarilib turilishi shart. Bu maqsad uchun qurilmada jo'mrakli shtuser o'rnatilgan bo'ladi. Download 2.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling