Issiqlik almashinish jarayonlari va qurilmalari reja Umumiy tushunchalar Issiqlik o'tkazuvchanlik
O'ta qizdirilgan suv bilan isitish
Download 2.62 Mb.
|
ISSIQLIK ALMASHINISH JARAYONLARI VA QURILMALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mineral moylar bilan isitish.
- Yuqori haroratli organik suyuqliklar bilan isitish.
- Suyultirilgan tuzlar bilan isitish.
O'ta qizdirilgan suv bilan isitish. Issiq suv yordamida odatda 100°C gacha isitish mumkin. 100°C dan ortiq haroratda isitish uchun o'ta qizdirilgan yuqori bosimli issiq suv ishlatiladi. Ma'lumki, suvning kritik bosimi 22,5 MPa bo'lib, ushbu bosimda uning harorati 347'C ga teng. Shu sababli o'ta qizdirilgan suv yordamida moddalarni odatda 300-350 º C gacha isitish mumkin. O'ta qizdirilgan suv ishlatilganda qalin devorli qurilmalar va anchagina murakkab moslamalarni qo'llashga to'g'ri keladi.
Mineral moylar bilan isitish. Mineral moylar yordamida isitish o'ta qizdirilgan suv bilan isitishga nisbatan oddiy va arzondir. Bundan tashqari tizimda yuqori bosim ishlatish shart emas. Mineral moylar yordamida materiallarni eng ko'pi bilan 250-300°С haroratgacha isitish mumkin. Mineral moylar eng arzon organik suyuqlikdir. Ammo ular bir qator kamchiliklarga ega: issiqlik berish koeffitsienti kichik, issiqlik alashinish yuzasida ifloslanishlar paydo bo'ladi, yuqori haroratlarda moylar oksidlanishi mumkin. Yuqori haroratli organik suyuqliklar bilan isitish. Bunday issiqlik tashuvchi agentlar suyuqlik holatida ham, bug' holatida ham ishlatilishi mumkin va taxminan 400°C gacha isitish uchun ishlatiladi. Yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchilar qatoriga gliserin, naftalin, etilenglikol, difenil, difenil efir, ditolilmetan, mineral yogiar, kremniyorganik suyuqliklar va boshqalar kiradi. Kimyo sanoatida 26,5 foiz difenil va 73,5 foiz difenil efirdan tashkil topgan difenil aralashmasi keng ishlatiladi. Difenil aralashmasining asosiy afzalligi shundaki, bu issiqlik tashuvchi agent yordamida kichik bosim bilan yuqori haroratni olish imkoni bor. Masalan, 300°C haroratda to'yingan suv bug'ining bosimi 8,8 MPa ga teng bo'lsa, difenil aralashmasi bug'ining bosimi esa faqat 0,24 MPa ga teng bo'ladi. Bug' holidagi difenil aralashmasi yordamida 380°C gacha qizdirish mumkin. Bundan ham yuqori haroratlarda difenil aralashmasida parchalanish jarayoni yuz beradi. Suyultirilgan tuzlar bilan isitish. Kimyoviy texnologiyada o'ta yuqori haroratlargacha isitish uchun suyultirilgan tuzlar va suyuq metallar ishlatiladi. Amalda nitrit-nitrat aralashmasidan keng foydalaniladi. Bu aralashma 40 foiz (massa bo'yicha) natriy nitrit, 7 foiz natriy nitrat va 53 foiz kaliy nitratdan tashkil topgan bo'lib, atmosfera bosimida 500-540°С haroratgacha qizdirish uchun ishlatiladi. Uch komponentli bu aralashma bilan isitishda majburiy sirkulyatsiya usuli qo'llaniladi. Sirkulyasiya uchun maxsus propellerli yoki markazdan qochma nasoslardan foydalaniladi. Nitrit-nitrat aralashmasi bilan mahsulotlarni 450°C gacha qizdirilganda uglerodli po'latdan tayyorlangan qurilmalar korroziyaga uchramaydi. Bundan yuqori haroratlargacha isitish uchun qurilma va quvurlar xromli, xrom-nikelli po'latlardan tayyorlangan bo'lishi kerak. Nitrit-nitrat aralashmasi kuchli oksidlovchi hisoblanadi. Shu sababli yuqori haroratlarda bu aralashma organik moddalar hamda qora va ayrim rangli metallar (alyuminiy, magniy) ning qipiqlari, kukunlari bilan kontaktda bo'lmasligi zarur. Download 2.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling