Issiqlik almashinish jarayonlari va qurilmalari reja Umumiy tushunchalar Issiqlik o'tkazuvchanlik


Download 2.62 Mb.
bet10/20
Sana05.09.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1673074
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
ISSIQLIK ALMASHINISH JARAYONLARI VA QURILMALARI

Elektr qarshiligi bilan isitish. Bu eng ko'p tarqalgan elektr toki bilan isitish usulidir. Bu usul yordamida 1000-M100eC gacha isitish mumkin. Isitish jarayoni elektr pechkalarida olib boriladi. 8.4-rasmda elektr qarshiligi yordamida ishlaydigan isitish qurilmasining shakli ko'rsatilgan. Issiqlikni iste'mol qiluvchi qurilmaning tashqi yuzasi issiqqa chidamli gishtlar bilan qoplangan. Qoplamaning maxsus tirqishlarida spiralsi-mon isitish elementlari joylashtirilgan bo'lib, ularga elektro-shinalar yordamida tok beriladi. Isitish elementlaridan ajra­lib chiqqan issiqlik isitilishi lozim bo'lgan qurilmaga uzati-ladi. Atrof-muhitga issiqlikning sarflanishini kamaytirish uchun qurilma izolyasiya qatlami bilan qoplangan.
Isitish elementlari nixrom qotishmasidan tayyorlangan sim yoki lentadan iborat. Nixrom qotishmasining tarkibida 20 foiz xrom, ЗОн-80 foiz nikel va 0,5-^-50 foiz temir bo'lishi mumkin.
Induksion isitish. Bu usul o'zgaruvchan elektr maydoni ta'sirida po'latdan tayyorlangan qurilma devori qalinligida hosil bo'ladigan uyurmaviy tok yorda­mida ajralib chiqadigan issiqlik-dan foydalanishga asoslangan. Induksion usul materiallarni 400°C gacha bir me'yorda isitish va tegishli isitish darajasini juda aniq ushlab turish imkonini beradi. Bunday elektr isitkichlar juda kichik issiqlik inersiyasiga


ega, haroratni juda aniq boshqarishni ta'minlaydi, isitkich-larning ishini to'la avtomatlashtirish mumkin. Lekin induk-sion usul bilan isitish qimmatga tushadi. Isitishni arzonlash-tirish uchun qurilmadagi mahsulot dastlab to'yingan suv bug'i yordamida taxminan 180°C gacha qizdiriladi, so'ngra mah-sulotning harorati tegishli qiymatgacha induksion isitish yor­damida ko'tariladi.
Yuqori chastotali isitish. Bu usul elektr tokini o'tkazmay-digan materiallar (dielektriklar)ni isitish uchun ishlatiladi, shu sababli bu usul dielektrik isitish deb ham yuritiladi. Yuqori chastotali isitishning asosi quyidagilardan iborat. Material o'zgaruvchan elektr maydoniga joylashtiriladi. Bunda material molekulalari maydon chastotasi bilan tebranma harakatga kela boshlaydi va qutblanish jarayoni yuz beradi. Zarrachalarning tebranma harakat energiyasi dielektrik molekulalari orasida-gi ishqalanishni engish uchun sarflanadi va u isitilayotgan material massasida issiqlikka aylanadi. Isitish uchun 10 dan 100 MGs gacha yuqori chastotali elektr toklari ishlatiladi.
Kimyoviy texnologiyada yuqori chastotali isitishdan plastik massalarni isitish, ayrim materiallarni quritish va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Isitish haroratini oson va aniq boshqarish hamda isitish jarayonini to'la avtomatlashtirish mumkin. Biroq bu usul murakkab uskunalardan foydalanishni talab qiladi, isitish qurilmalarining foydali ish koeffitsienti esa kichik. Shu sababli yuqori chastotali isitish usulidan (boshqa arzon usullarni qo'llash mumkin bo'lmagan taqdirda) qimmatbaho materiallarni quritishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling