Tutun gazlari bilan isitish. Bu usul kimyo sanoatida ishlatilib kelinayotgan eng qadimiy usullardan biri hisobla-nadi. Tutun gazlari suyuq, qattiq va gazsimon yoqilg'ilar-ning yonishidan hosil bo'ladi. Bularning ichida tabiiy gazlar eng arzon va samarali yonilg'idir. Bunday gazlar yordamida yuqori haroratlargacha (100-MlOO'C) isitish mumkin. Ko'pincha tutun gazlaridan boshqa oraliq issiqlik tashuvchi agentlarni isitish uchun foydalaniladi. Bunda tutun gazlaridagi issiqlik biror devor orqali oraliq issiqlik tashuvchi agentlarga o'tkaziladi.
Tutun gazlari bir qator kamchiliklarga ega: issiqlik almashinishida gazlarning tez sovishi natijasida bir tekisda isitish mumkin emas; isitish haroratini boshqarish qiyin; gazdan devorga issiqlik berish koeffitsienti kichik (35^-60 Vt/(m2-K) dan ko'p emas); isitish yuzalari ifloslanishi mumkin; solishtirma issiqlik sig'imi kichik bo'lganligi sababli gazning hajmiy sarfi katta va uni uzatish ancha qimmatga tushadi. Tutun gazlarini olingan joyida ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Tutun gazlari bilan isitishda yoqilg'ining sarfi issiqlik balansi tenglamasi orqali topiladi: agar gaz holidagi yoqilg'ining sarfini-V, tutun gazlarning issiqlik qurilmasiga kiri-shidagi entalpiyasini /, va qurilmadan chiqishdagi entalpiya-sini I2 deb olinsa, u holda, issiqlik balansi tenglamasi quyidagi ko'rinishda bo'ladi:
bu yerda, G — isitilayotgan muhitning sarfi; С — isitilayot-gan muhitning o'rtacha solishtirma issiqlik sig'imi; /, va t2 — isitilayotgan muhitning boshlang'ich va oxirgi haroratlari; QY— issiqlikning atrof-muhitga yo'kolishi.
Elektr toki bilan isitish. Elektr toki yordamida moddalarni juda keng harorat oraligida isitish mumkin. Isitish darajasini
juda aniq va tezlik bilan boshqarish mumkin. Bu hoi texno-logik jarayonlarni tegishli rejim bilan amalga oshirishni ta'minlaydi. Bundan tashqari, elektr yordamida isitish qurilmalari o'zining soddaligi, ixchamligi va ishlatish osonligi bilan boshqa qurilmalardan ajralib turadi. Ammo hozircha elektr toki bilan isitish nisbatan qimmatga tushadi.
Elektr tokini issiqlik energiyasiga aylantirish usuliga ko'ra elektr toki bilan isitish bir necha turga bo'linadi: elektr qarshiligi yordamida isitish, induksion isitish, yuqori chasto-tali isitish, elektr yoyi bilan isitish.
Do'stlaringiz bilan baham: |