Issiqlik almashinish jarayonlari va qurilmalari reja Umumiy tushunchalar Issiqlik o'tkazuvchanlik
Yuqori harorati suyuqliklar bilan isitish
Download 2.62 Mb.
|
ISSIQLIK ALMASHINISH JARAYONLARI VA QURILMALARI
Yuqori harorati suyuqliklar bilan isitish. Kimyoviy texnologiyada ko'pgina moddalarni isitish uchun bir qator talablar qo’yiladi. Bunday talablar qatoriga eng awalo bir me'yorda isitish va xavfsiz ishlash sharoitini ta'minlash kiradi Ayniqsa, isitilishi lozim bo'lgan moddani qisqa muddatda ham o'ta qizib ketishi mumkin bo'lmagan holatda, bu talablar muhim ahamiyat kasb etadi., Ushbu talablarga javob beradigan issiqlik tashuvchi agentlar qatoriga o'ta qizdirilgan suv, mineral moylar, organik suyuqliklar, suyultirilgan tuzlar, suyuq metallar va boshqalar kiradi.
O'ta qizdirilgan suv yoki boshqa suyuq holatdagi issiqlik tashuvchi agentlar yordamida isitish tabiiy yoki majburiy sirkulyatsiya bilan ishlaydigan qurilmalarda olib boriladi. Tabiiy sirkulyatsiya bilan ishlaydigan qurilma (8.3-rasm, a shakl) tutun gazlari bilan isiydigan zmeevik, issiqlik sarflanadigan qurilma, suyuqlikni ko'tarish va tushirishga mo'ljallangan quvurlardan tashkil topgan. Zmeevik o'txonada yoqilg'ining yonishidan hosil bo'lgan gazlar yordamida qizdiriladi P Zmeevik ichida qizdirilgan suyuqlik ko'tarish quvuri orqali issiqlik sarflaydigan qurilmaga tushadi va o'z issiqligini isitilishi lozim bo'lgan suyuqlikka beradi. Natijada issiqlik tashuvchi suyuqlik soviydi. Harorati pasaygan suyuqlik tu-shirish quvuri orqali o'txonada joylashgan zmeevikka qaytadi. Shunday qilib, berk tizim sovuq va issiq suyuqliklar zichliklarining farqi ta'sirida tabiiy sirkulyatsiya yuz beradi. Bunday sharoitda suvning tezligi 0,2 m/s ga teng bo'ladi. Quvurlar korroziyasini kamaytirish va kondensatsiyalanmaydigan gazlarning ajralishini yo'qotish uchun isitish tizimi distillangan suv bilan to'ldirilishi zarur. Tabiiy sirkulyatsiyali qurilmalarning yaxshi ishlashi uchun issiqlik sarflovchi qurilma o'txonaga nisbatan eng kamida 4-5 m balandlikda joylashgan bo'lishi kerak. Natijada isitish qurilmasining umumiy balandligi ancha katta qiymatga ega bo'ladi. Ammo bu sharoitda ham suyuqlikning tezligi ancha kichikdir, shu sababli tabiiy sirkulyatsiyali isitish qurilmalarining ish unumi yuqori emas. Majburiy sirkulyatsiyali qurilmada (8.3-rasm, b shakl) o'txona va issiqlik sarflovchi qurilma o'rtasidagi suyuqlik nasos yordamida harakatga keltiriladi. Majburiy sirkulyatsiya yordamida suyuqlikning tezligi 2-2,5 m/s va undan kattaroq bo'lishi mumkin, natijada issiqlik almashinish jarayonining samaradorligi ham ko'payadi. Bunday chizmada issiqlik sarflovchi qurilmani o'txonadan yuqoriga ko'tarish kerak emas. Bu qurilmada bitta o'txona bir necha qurilmani issiqlik bilan ta'minlashi mumkin. Biroq sirkulyatsiya uchun nasosning ishlatilishi qurilma va undan foydalanishni qimmatlashtiradi. Download 2.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling