Issiqlik almashinish jarayonlari va qurilmalari reja Umumiy tushunchalar Issiqlik o'tkazuvchanlik
Nur chiqarish orqali issiqlik almashishi
Download 2.62 Mb.
|
ISSIQLIK ALMASHINISH JARAYONLARI VA QURILMALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Umumiy tushunchalar
Nur chiqarish orqali issiqlik almashishi. Harorati absolyut noldan yuqori bo'lgan jismlar nur orqali o'zaro energiya almashishi mumkin. Bunday energiyaning almashinishi oqibatida harorati past bo'lgan jism harorati yuqori bo'lgan jismdan qo'shimcha energiya (issiqlik) oladi. Harorati yuqori bo'lgan jismdan harorati past bo'lgan jismga o'tgan issiqlik miqdori energetik balans orqali aniqlanadi. Masalan, yuzalari Fx va F2 ga teng bo'lgan o'zaro parallel joylashgan tekis jismlar o'rtasidagi nurlanish orqali o'tgan issiqlik miqdori quyidagicha topiladi:
b u yerda, QH — birinchi jismdan ikkinchi jismga nurlanish orqali berilgan issiqlik miqdori; F= Fx = F2 — jismning nur chiqarayotgan yuzasi; C2 — jismlar tizimining keltirilgan nur chiqarish koeffitsienti. Qattiq jism va suyuqliklar nur energiyasining hamma to'lqin uzunligi intervalida nurni yutishi va chiqarishi mum-kin, gazlar esa nur energiyasining faqat ayrim to'lqin uzun-liklarini yutish va chiqarish hususiyatlariga ega. Gazlar nurni butun hajmi bo'yicha yutishi yoki chiqarishi mumkin, shu sababli nurlanish jarayoni gaz qatlamining qalinligi va gaz aralashmasi tarkibidagi nur chiqarish qobiliyatiga ega bo'lgan gazning miqdoriga bog'liqdir. 8-bob. ISITISH, SOVUTISH VA KONDENSASIYALASH 1. Umumiy tushunchalar Kimyo sanoatida suyuqlik va gazlarni isitish, sovitish, bug'larni kondensatsiyalash kabi issiqlik jarayonlari keng tarqalgan. Bunday jarayonlar issiqlik almashinish qurilmalarida amalga oshiriladi. Issiqlik almashinish jarayonlarida qatnashuvchi moddalar issiqlik tashuvchi agentlar deb yuritiladi. Yuqori haroratga ega bo'lib, o'zidan issiqlikni isitilayotgan muhitga beruvchi moddalar isituvchi agentlar deb yuritiladi. Sovitilayotgan muhitga nisbatan past haroratga ega bo'lgan va muhitdan issiqlikni o'ziga oluvchi moddalar sovituvchi agentlar deb ataladi. Kimyoviy texnologiyada ko'pincha bevosita issiqlik manbai sifatida yoqilg'ilarning yonishidan hosil bo'lgan gazlar va elektr energiyasi ishlatiladi. Bunday bevosita issiqlik manbalaridan issiqlik olib, o'zining issiqligini qurilmalarning devorlari orqali isitilayotgan muhitga beruvchi moddalar oraliq issiqlik tashuvchi agentlar deb ataladi. Oraliq issiqlik tashuvchi agentlar qatoriga suv bug'i, issiq suv va yuqori haroratli issiqlik tashuvchi moddalar (qizdirilgan suv, mineral moylar, organik suyuqliklar va ularning bug'lari, suyultirilgan tuzlar, suyuq metallar va ularning qotishmalari) kiradi. Oddiy haroratgacha (10-30°С) sovitish uchun suv va havo kabi sovituvchi agentlar keng ishlatiladi. Kimyoviy qurilmalarda issiqlikni berish yoki olish uchun qo'llaniladigan agentlarni tanlashda ularning quyidagi xossalariga ahamiyat berish kerak: kerakli muhitni isitish yoki sovitish darajasi va uni boshqarish; minimal massaviy va hajmiy sarflarda yuqori issiqlik almashinish tezligiga erishish; qovushoqligi kam, zichlik, issiqlik sig'imi va bug' hosil bo'lish issiqligi yuqori; yonmaydigan, zaharsiz, issiqlikka chidamli bo'lgani ma'qul; 5) issiqlik almashinish qurilmasi yasalgan materialni emirmasligi kerak; 6) kamyob bo'lmasligi va arzon bo'lishi zarur. Ko'pchilik sharoitlarda isituvchi agentlar sifatida ishlab chiqarishdan chiqayotgan mahsulotlar, yarim mahsulotlar va chiqindilarning issiqliklaridan foydalanish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqdir. Download 2.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling