1-ma'ruza mavzu: "Issiqlik texnikasi" fanining nazariy asoschilari. Issiqlik mashinalarining rivojlanish davri. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish tendensiyalari Reja


Download 31 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi31 Kb.
#1460716
Bog'liq
1. MA\'RUZA - 1 (1)


1-MA'RUZA
MAVZU: "Issiqlik texnikasi" fanining nazariy asoschilari. Issiqlik mashinalarining rivojlanish davri. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish tendensiyalari
Reja:

  1. "Issiqlik texnikasi" fanining nazariy asoschilari.

  2. Atrof – muxitda va turmushimizdagi urni.

  3. Termodinamika qonunlari.

Tayanch iboralar: Issiqlik texnikasi, issiqlik texnik uskunalari, termodinamika, texnik termodinamika.
Issiqlik texnikasi fani tarixi asrlar davomida ishlanib, amaliyotda ko'plab utkazilgan fizik tatqiqotlar natijalari xisobiga boyitildi va xalk xujaligida juda keng ommoviy tarzda foydalanilib, xozirgi kunda xam zamonaviy innovatsion tarzda, rivojlanishda davom etmokda.Issiqlik dvigatellarining rivojlanishi o'z navbatida texnikaviy termo dinamika oldiga aloxida maksadlar va uni rivojlantirish uchun yangi vazifalar qo'ydi. Bug'-kuch qurilmalarida yuqori bosimli va haroratli bug'lardan foydalanish,bunday bug'larning xususiyatini chuqurroq o'rganishni keltirib chiqardi. Halq xo'jaligida IYOD larining keng qo'llanilishi ularning issiqlik jarayonlarini chuqurroq o'rganishga majbur qildi. Bu vazifani rus olimi, prof. V.I. Grinevskiy muoffakiyatli amalga oshirdi. U o'zining 1908 yilda chop kildirgan "IYODlari ish jarayonining issiqlik hisobi" kitobida, IYODlari nazariyasiga va ish jarayonining hisob-kitobiga asos soldi. Xozirgi paytda to'g'ridan-to'g'ri yonilg'ini elektr energiyasiga aylantirish sohasi bo'yicha keng termodinamik tadqiqot ishlari olib boril moqda.YUqorida keltirilganlardan ko'rinib turibdiki termodinamika va issiqlik dvigatellari soxalari bir-biri bilan mustaxkam bog'liq.Yonilg'i-energetik zaxiralarini xalq xo'jaligida ishlatishda va uning samaradorligini ta'minlashda asosan kuyidagi usullar ishlatiladi .
1.Halq xo'jaligining hamma sohalarida energiyani tejaydigan ilmiy-texnik jarayonlarni tezlashtirish va xamma turdagi energetik yo'qotishlarni kamaytirish.
2.Ikkilamchi energiya resurslardan foydalanish darajasini oshirish.
3.Siqilgan va suyultirilgan tabiiy gazlarni ishlatish bilan motor yonilg'ilari zaxirasini oshirish.
4. Energetik va energiyadan foydalaniladigan jihozlarni takomillash tirish, yonilg'ini, issiqlikni va elektr energiyasining solishtirma sarfini kamaytirish maqsadida energetik va texnologik qurilmalarning ishlash rejimini optimallashgirish, ikkilamchi energetik zaxiralardan foydalanish. Hozirgi zamonda termodinamika fanini uch qismga bo'lish mumkin: Umumiy termodinamika -qattiq, suyuq va gazsimon jismlarda energiyaning aylanishi, turli jismlarning nurlanishi, magnit va elektr xodisasi jarayonlarining o'zgarishi, shuning bilan birgalikda termodinamik miqdor larning o'zaro matematikaviy bog'liqligini o'rgatadi.
Kimyoviy termodinamika - kimyoviy, issiqlik, fizikaviy-kimyoviy jarayonlar ni, turg'unlik va turg'unlikka tashki sharoitning ta'siri ni va termodina mikaning umumiy qonunlari asoslarini o'rganadi.
Texnikaviy termodinamika – sarflangan issiqlik miqdorining bevosita Ishga aylanishi qonuniyatlarini urgatadi. Issiqlik va sovitgich mashinalarida ro'y beradigai issiqlik, mexanik va kimyoviy jarayonlarning o'zaro bog'liqligini xisoblaydi. Gazlarda, bug'larda sodir bo'ladigan jarayonlarni,bu jismlarning turli fizik sharoitdagi xossalari va xususiyatlarini keng tarzda xisob-kitob kiladi va o'rganadi.
Qisqacha xulosalar:
1.Ishchi jismlar suyuk,kattik va gazsimon shakllarda buladi.
2.Termodinamik tizim , bu Issiqlik ta'sirida ish bajarib beruvchi tizimdir
3. Termodinamik parametrlarga - ishchi jismning mutlok bosimi, mutlak xarorati,solishtirma xarorarati,zichligiva ichki energiyasi kiradi


Nazorat savollari:

  1. Issiqlik texnikasi fani qanday bo'limlardan iborat.

  2. Termodinamika fani qaysi fanlarga tayanadi?

Download 31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling