Issiqlik almashinish qurilmalarini


Plastinali issiqlik almashinish qurilmalar


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/23
Sana20.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1216004
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
korroziya 7,8-ma\'ruza

Plastinali issiqlik almashinish qurilmalar. Plastinali issiqlik almashinish 
qurilmalarini butkul yig‘ilgan holatda barcha birikmalarni zichlikka 
tekshirilgandan so‘ng poydevorga o‘rnatiladi. Shtampovka qilingan plastinalarni 
qiyshayishi va siljishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun issiqlik almashinish qurilmalarini 
olib boruvchi ustunlarni aniq o‘rnatish muhim ahamiyatga egadir. Taftish vaqtida 
va taʼmirlash vaqtida, bloklar qismlarga bo‘linadi, hamda ulardagi plastinalar va 
yoriqlari ko‘rinuvchan (gofrirlangan) kanallarining butunligi tekshiriladi. 
Yemirilgan plastinalarni yangilari bilan almashtiriladi. Yig‘ishdan oldin barcha 
plastinalar yaxshilab yuviladi. Tutashuvchi plastinalar oralig‘idagi qistirmalarni, 
shuningdek, chetki plastinalar oralig‘idagi va tegishli ravishda qo‘zg‘almas va 
qo‘zg‘aluvchan plitalar orasidagi qistirmalar alohida diqqat bilan tekshiriladi. 
Plastinali issiqlik almashinish qurilmalarini taʼmirlashda eng muhim ish - bu 
ko‘plab shakldor qistirmalar tayyorlashdir. 
Yuqori temperaturalarda ishlaydigan baʼzi bir issiqlik almashinish 
qurilmalarini payvandlab - qismlarga ajratib bo‘lmaydigan qilib yasaladi. Bunday 
issiqlik almashinish qurilmalaridagi plastinalar taʼmirlanmaydi, payvand 
birikmalarning nozikliklari aniqlangan joylarini qayta payvandlash bilan 
chegaralaniladi. 
Ko‘mir-grafitli issiqlik almashinish qurilmalari. O‘ta agressiv muhitlar 
uchun turli konstruksiyalardagi ko‘mir grafit materiallaridan ishlangan issiqlik 
almashinish qurilmalari qo‘llaniladi: blokli, qobiq blokli, cho‘ktirma va qobiq-
trubali tiplardagi konstruksiyalar.
Ko‘mir grafitli issiqlik almashinish qurilmalarini montaj qilish, taʼmirlash 
usullari, ularning konstruksiyalari, og‘irligi va o‘lchamlariga qarab tanlanadi. Ko‘p 
hollarda asosiy eʼtibor po‘lat bolt yoki shpilkalar bilan tortib bog‘lanadigan 
birlashtiruvchi 
elementlar 
(blok, 
truba 
kanallar) 
orasidagi 
zichlikni 
mustahkamlashni taʼminlashga qaratilgan bo‘ladi. Metall qobiq va grafitli trubadan 
iborat bo‘lgan, murakkab qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalarini 
taʼmirlash va montaj qilish baʼzi qiyinchiliklarni tug‘diradi (4.5-rasm). 



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling