Issiqlik almashinish qurilmalarini


-расм. Иссиқлик алмашиниш қурилмалари учун кесиш каллаги


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/23
Sana20.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1216004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
korroziya 7,8-ma\'ruza

4.4-расм. Иссиқлик алмашиниш қурилмалари учун кесиш каллаги. 
1-кескич; 2- шпиндель; 3- узаткич

Umumiy holda anchadan beri ishlayotgan issiqlik almashinish qurilmalar trubalarida 
bir necha nuqsonlarni aniqlash, barcha trubalarning ishdan chiqqanligi ehtimolini 
ko‘rsatadi. Bunga sabab ularning hammasi ham bir xil sharoitda ishlaganliklaridir. 
Shuning uchun yemirilgan trubalarni yopib qo‘yish orqali issiqlik almashinish 
qurilmalarini yaqin kapital yoki o‘rta taʼmirlashgacha ekspluatatsion yaroqliligini 
saqlab turish mumkin. Taʼmirlash vaqtida esa, issiqlik almashinish qurilma yoki 
trubalar bog‘lami butkul yangisi bilan almashtiriladi. 


Konstruksion yechimlarga qarab, truba uchlarining truba panjalari bilan zich 
bo‘lmagan birikishida qo‘shimcha elektr payvandlab yoki qo‘shimcha juvalab 
qo‘yiladi. Payvandlanayotgan uchastkalar metall shyotkalar bilan tozalanadi, 
aniqlangan yoriq zubilo bilan uzib tashlanadi. Elektrod diametri, sifati, shuningdek, 
payvandlash choki kattaligi katta ahamiyatga ega. Qo‘shimcha jadvallash ham 
yuqori malaka talab etadi. Haddan tashqari jadvallash ham birikmalarni ishdan 
chiqarib qo‘yishi mumkin. Bitta yo ikkita qo‘shimcha jadvallash natija bermayotgan 
bo‘lsa, trubalarni har ikki tomonidan truba panjarasi yon yuzalari payvandlab 
tashlanadi. Bunday hollarda payvandlashdan keyin yonma-yon turgan truba 
uchlarini payvandlash vaqtida qizib ketish taʼsirini yuqotish maqsidida qo‘shimcha 
jadvallanadi. 
Qobiqning yemirilgan uchastkalarini gidravlik bosim bilan tekshirish yordamida 
yoki ultratovushli defektoskop yordamida topiladi. Shubhali uchastkalarni, qoldiq 
qalinliklarni oddiy o‘lchov asboblarida (shtangensirkul, chizg‘ich va h.) o‘lchash 
maqsadida parmalanadi. Kopusni taʼmirlashda uning tashqi yuzasiga qobiq qaysi 
po‘lat tunikasidan tayyorlangan bo‘lsa, o‘sha markadagi po‘latdan yasalgan latkalar 
qoplab taʼmirlanadi. Yamoqlar ustma-ust qilib payvandlanadi. Qobiqning 
shikastlangan uchastkasini keyinchalik latkani tutash choki bilan payvandlash 
maqsadida gazkeskich bilan kesib bo‘lmaydi: gazkeskich yonma-yon turgan trubani 
shikastlashi mumkin. Bundan tashqari latkani tutashtiruchi payvandga moslash juda 
mushkul. Qoplanayotgan latka o‘lchamlari birinchidan, yemirilgan uchastkani 
butkul qoplashi kerak, ikkinchidan, payvandlash qobiq uchastkasiga yetarli 
qalinlikda to‘g‘ri kelishi kerak. Qobiqni taʼmirlashning yuqorida qayd etilgan usuli 
yuqori bosimda ishlovchi qurilmalarni nazorat qilish agentligi talablariga javob 
bermaydi. 

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling