Issiqlik almashinish qurilmalarini
-расм. Иссиқлик алмашиниш қурилмаларини механик тозалаш учун қурилма
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
korroziya 7,8-ma\'ruza
4.3-расм. Иссиқлик алмашиниш қурилмаларини механик тозалаш учун қурилма.
1-парма; 2-ғовак вал; 3-тақсимловчи золотник; 4-юритма; 5-таянч; 6-кошка; 7-уч оёқ; 8-лебедка; 9-кран ости йўли. Bular choʼkindilarni mexanik tozalash yoʼli bilan olib tashlanadi. U choʼkindilarni truba yuzasidan turli asboblar yordamida yumshatilib va qirqib tozalanadi. Mexanik tozalash jarayoni koʼp mehnat talab qiladi. Oddiy holda trubalar shampollari uchi «kirpi» li uzun chiviqlar tiqib tozalanadi. Undan soʼng, (baʼzan esa bir vaqtning oʼzida) trubalar, ularning har biriga alohida uzatilayotgan bugʼ orqali puflab tozalanadi. Zarur boʼlganda bu operatsiyalar qayta-qayta takrorlanadi, bunda uchi «kirpi»li chiviqlar diametrini muntazam oshirib boriladi. Zavodlarda tozalash mexanizatsiyasi uchun turli moslamalar qoʼllanilmokda. Ularning asosida aylantirib parmalash yotadi. Аylanma parmalovchi uchlik asta- sekin oʼz ogʼirligi ostida tozalanayotgan trubaga itarib, (vertikal issiqlik almashinish qurilmalari boʼlganda) yoki ishchi kuchi bilan (qurilmalar gorizantal oʼrnatilagan boʼlsa) kiritiladi. Parma rezbada kovakli (trubali) val bilan birikkan, valning uzunligi tozalanayotgan truba uzunligiga teng. Val pnevmo yoki elektrodigateldan reduktor orqali aylanma harakatga keltiriladi. Moslama truba ichiga yuvuvchi suv uzatish uchun zolotnikli qurilma bilan taʼminlangan, suv parma yuzasidagi ochiq teshiklar orqali yuzaga chiqadi va yumshagan iflosliklarni yuvib chiqadi. Baʼzi hollarda trubalarga suv oʼrniga suv bugʼi uzatiladi. Bunda kuyib qolishdan saklanish uchun xavfsizlik qoidalariga amal qilish kerak. 4.3-rasmda moslama konstruksiyasi va uning vertikal va gorizantal issiqlik almashinish qurilmalarini tozalashda moslamaning o‘rnatilishi sxemasi keltirilgan. Bunday moslamalar yordamida boshqa issiqlik almashinish qurilmalarining trubalarini ham tozalash mumkin, xususan suzuvchi kallakli qobiq trubali issiqlik almashinish qurilmalari va «truba ichida truba” tipidagi issiqlik almashinish qurilmalar. Mexanik tozalashdan so‘ng trubalarning ichki yuzalarini mumkin qadar bir necha vaqt davomida issiqlik suv bilan yuvish kerak. Qattiq konstruksiyali issiqlik almashinish qurilmalarining ko‘rinmas nuqsonlarini, qopqoqning har ikki yon tomonidan ochilgan trubalararo bo‘shliqni bosim bilan tekshirish orqali aniqlanadi. Yemirilgan yoki ko‘chib ketgan trubalarni bosim bilan tekshirilayotgan suyuqlik paydo bo‘lganligidan, trubalarning uchlarini truba panjaralari bilan birikishi zich emasligini esa, suyuqlikni quyib yuborishidan va terlab qolishidan bilsa bo‘ladi. Ishdan chiqqan trubalarni almashtirish juda qiyin operatsiya. Truba panjaralari orqasidagi trubalar pichoq bilan kesiladi (agar buning iloji bo‘lsa), panjara tomonlarida joylashgan trubalarni esa, keskichli maxsus kallaklar bilan kesiladi (4.4- rasm), bunda yuritma sifatida juvalash turbinkasi yoki elektrodvigatel xizmat qiladi. Kichkinagina keskichni baraban kesilgan joyiga, ishchi qismini yuqoriga qilib shunday o‘rnatiladiki, bunda u o‘zining kuyi qiya yonbosh yuzasi bilan uzatilayotgan konus yuzasiga o‘tirsin, bu konus barabanga sirpanuvchan shponkasi orqali bog‘langan. Barabanga fiksatsiya qiluvchi shaybasi kirgizilgan bo‘lib, u truba panjarasiga siqiladi va truba kesib tashlanishi kerak bo‘lgan listdagi keskich holatini fiksatsiyalaydi. Uzatilayotgan konusni aylantirib ( u bilan birga keskichli barabanni ham), unga yengilgina UK bo‘ylab bosish orqali keskichni asta-sekin uning kundalang uzatilishini taʼminlagan holda yuzaga chiqarila boshlanadi. Panjara uyalarida qolgan truba uchlarini zubilo yoki borodok bilan pachoqlanadi yoki urib tashlanadi. Almashtirilayotgan trubani uning tashqi diametri bo‘ylab yo‘nalgan opravka yordamida panjaralarning biridan chiqarib olinadi va o‘rniga yangisini, uchlarini panjaraga teshik og‘zini yumaloqlab yoki ularga payvandlab o‘rnatiladi. Uchlari payvandlangan trubalarni payvandlash murakkabroq. Buning uchun qo‘l kuchi yordamida yoki pnevmatik bolg‘acha yordamida chok uziladi, baʼzan panjaradagi uyacha mexanik qayta ishlov beriladi. Amalda yemirilgantubalarni yangilariga almashtirish kam uchraydi; odatda ularni har ikki uchlari tomonidan metall (masalan, po‘latdan yasalgan) tiqinlar bilan yopib qo‘yiladi, ular kichkinagina konuslikka (3-5°) egadir. Tiqinlarni trubadagi maksimal bosimga mustahkam qarshilik qilishlari uchun zichlab urib qo‘yiladi. Yopib qo‘yilgan trubalar soni, bitta oqimga to‘g‘ri keladigan, ularning bog‘lamdagi umumiy soni 10% dan oshmasligi kerak, aks holda gidravlik qarshilik sezilarli darajada ortib ketadi va issiqlik almashinishi sezilarli darajada kamayib ketadi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling