Issiqlik almashinish qurilmalarini


Ichki moslamalarni taʼmirlash


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/23
Sana20.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1216004
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
korroziya 7,8-ma\'ruza

 
Ichki moslamalarni taʼmirlash. 
Taʼmirlash vaqtida kolonnaning ichki qurilmalarini iflosliklardan, koksdan 
va boshqa cho‘kindilardan tozalanadi. Qattiq va xamirsimon massani lopatkachalar 
yoki qirgichli tozalagichlar yordamida sidirib olinadi, koksni pnevmatik uruvchi 
bolg‘achalar yordamida chiqarib tashlanadi. Cho‘kindilarni chiqarib tashlash 
doimo kolonnada zararli gazlar konsentratsiyasini oshishi bilan kuzatiladi, bu 
davrda kolonna ichida gazniqoblar bilan ishlash tavsiya etiladi. 
Ichki qurilmalarni taʼmirlash ko‘p marotaba yangi detallarni ko‘tarish va 
yemirilgan detallarni tushirish bilan bog‘liq; bunday operatsiyalarni iloji boricha 
mexanizatsiyalash zarur. Kolonna qobig‘ining yuqori qismiga aylanuvchi yoki 
qo‘zg‘almas kran – ukosinali mahkamlanadi (4.12-rasm). Kranni shuningdek
zinapoyaning markaziy ustunlariga mahkamlash mumkin. Portlashga xavfsiz qilib 
ishlangan elektrodvigatelli elektrolebedkani yoki pnevmolebedkani kran-ukosiniga 
kolonna asosi ichida yoki kran-ukosin xizmat ko‘rsatayotgan maydonchaga 
o‘rnatiladi. 


 
4.12-расм. Қурилма қобиғидаги кран-укосин

1-устун; 2- кронштейн; 3- блок; 4- ролик. 
Yemirilishni aniqlash va ichki qurilmalarni otbrakovkalash amaldagi usul va 
normalarga ko‘ra amalga oshiriladi. Yemirilgan detallar, baʼzan esa yaxlit 
qismlarni ham yangilari bilan almashtiriladi. 
Qurumlangan tarelkalar va qaytargichlarni qismlarga ajratish bilan bog‘liq 
bo‘lgan operatsiyalar anchagina sermehnat operatsiya hisoblanadi. Avval ularni 
koksdan (qurumdan) mexanik tozalash bilan tozalab (skrebok yordamida), so‘ngra 
kolonna ichida puxta konstruksiyalarga osilgan (masalan: tayanch balkalari) zanjirli 
tallar yordamida har bir elementni kirgizilgan joyidan olib tashlanadi. Bunday 
operatsiyalar uchun lebedkali troslar ko‘llab bo‘lmaydi: trosning egiluvchanlik 
kuchi hisobiga uzib olingan element tezda sakrashi va kolonnaga zarar yetkazishi 
mumkin yoki kolonna ichidagi ishchiga jarohat yetkazishi mumkin. 

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling