Issiqlik almashinish qurilmalarini


-расм. Кесиб олинадиган белбоғ жойларида колоннанинг кучланиши


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/23
Sana20.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1216004
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
korroziya 7,8-ma\'ruza

4.11-расм. Кесиб олинадиган белбоғ жойларида колоннанинг кучланиши. 
а- ички устунли; б- ташқи устунли; в- устунларни маҳкамлаш схемаси, 1-панжа; 2- устун. 
Aniqlangan nuqson xarakteriga qarab, qobiqni taʼmirlash usuli va tarkibi 
aniqlanadi. Nozik bo‘lgan payvand choklari yorib tashlanadi va tegishli elektrodlar 
bilan payvandlanadi. Yangi va eski choklarni to‘g‘ri yopish juda muhimdir. 
Yemirilgan shtutser va lyuklarni yangilari va albatta ularga mahkamlovchi 
xalqalar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Iloji bo‘lsa, yangi shtutserlarning 
mahkamlovchi xalqalari eskilariga qaraganda birmuncha kattaroq diametrga ega 
bo‘lishi kerak: bu ularni yangi joyda payvandlash imkonini beradi. 


Barcha shtutserlar, mahkamlovchi xalqalardagi ekspluatatsiya vaqtida 
berkitib probkalar qo‘yilgan signal teshiklari ham taʼmirlanishga muxtoj bo‘ladi.
Har bir taʼmirlashda ekspluatatsiya qilinayotgan kolonna qurilmasi qobig‘i 
faktik devor qalinliklari o‘lchanadi. Klonna qobig‘ining ko‘proq yemirilgan 
uchastkalari kesib tashlanadi, ularning o‘rniga avvaldan kolonna radiusi bo‘ylab 
juvalangan, yangi uchastkalar qo‘yiladi. 
Payvandlash tutashgan holda amalga oshiriladi. Qobiqning katta 
uchastkalarini kesib tashlanishi oqim susayishiga va barqororlikni yo‘qolishiga olib 
keladi. Shuning uchun nuqsonli uchastkani olib tashlashdan oldin, uni yo ichkarida 
yo tashqarida qo‘yilgan ustunlar bilan mahkamlanadi (4.11-rasm). Ustunlar soni, 
kesimi va tayanch panjalarining o‘lchamlarini ularning qarshiliklarini kesilgan 
kesim qarshiligiga tengligi shartidan kelib chiqib hisoblanadi. 
Oraliq obechaykalarni quyidagicha almashtirish qulaydir. Yuqorigi 
shikastlanmagan qismni ushlab turuvchi, ko‘taruvchi machtalarni, ushbu qismni 
shikastlangan uchastkadan gazkeskich yordamida ajratib olinadi va yerga 
tushiriladi. Kolonnaning shikastlangan qismi stropovka qilinadi va o‘sha machtalar 
yordamida tushiriladi. Avvaldan tayyorlab qo‘yilgan kolonnaning yangi qismi 
ko‘tariladi va kolonna quyi qismi bilan tutashtiriladi, so‘ngra uning yuqorigi qismi 
ko‘tariladi. Montaj qilingan qismlarni tekshirilgandan so‘ng ikkala tutash choklar 
payvandlanadi. 
Ko‘pincha qobiq uchastkasini bunday almashtirish ishlari og‘irligini hisobga 
olib, yemirilgan kolonnani butunlay almashtirish maqsadga muvofiqligiga amin 
bo‘ladi. Yemirilgan kolonnalarni demontajlash, montaj qilishga qarama-qarshi 
tartibda amalga oshiriladi. Tegishli tekshiruvlardan so‘ng demontaj qilinayotgan 
kolonna xuddi yangi kolonnani demontaj qilish uchun ishlatilganidek, montaj 
machtalarini o‘rnatish uchun foydalaniladi. 

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling