Issiqlik effekti B


Download 19.65 Kb.
Sana26.02.2023
Hajmi19.65 Kb.
#1232543
Bog'liq
issiqlik dars


Issiqlik effekti


Barcha reaksiyalar energiya yutilishi yoki ajralishi bilan boradi. Bu energiya issqlik, elektr, yorug’lik va boshqa turlarda bo’lishi mumkin. Energiyaning xar-xil turlari orasida muayyan ekvivalentlik borligi uchun kimyoviy reaksiyalarning energetic holatlarini miqdoriy jixatdan hisoblash uchun ularni issiqlik birliklariga (joul va kilokalloriyalarga) aylantirib xisoblanadi. Bizgama’lumki reaksiyalar ekzo va endotermik ko’rinishlarda bo’ladi va bular haqida ma’lumotga egasiz. ( 1kkal=4,184kj)
1-gr-mol moddaning oddiy moddalardan xosil bo’lishida yutiladigan yoki ajraladigan issiqlik shu moddaning xosil bo’lish issiqligi deb ataladi.
Moddaning xosil bo’lish issiqligi temperaturaga bog’liq bo’ladi va shuning uchun qatiy bir xillikni ta’minlash maqsadida 25®C (298®K) temperatura uchun o’lchangan yoki xisoblab topilgan xosil bo’lish issiqligi qabul qilingan, uni standart xosil bo’lish issiqligi deyiladi. Va ∆H298ishora bilan belgilanadi.


Keying vaqtlarda plyus ishora bilan endotermik, minus ishora bilan ekzotermik reaksiyalar qilib belgilanadigan bo’ldi.
Masalan suvning hosil bo’lishida H2 + 0,5O2 = H2O 57,8kkal. ekzotermik
NO ning hosil bolishida 0,5N2 + 0,5O2 =NO +21,6kkal endotermik


Moddaning xosil bo’lish issiqligi teskari ishora bilan olinsa ayni moddaning ajralish ( parchalanish) issiqligiga teng bo’ladi. Masalan suvning hosil bo’lish issiqligi57,8 kkal, parchalanishiesa +57,8 kkal.


Termokimyoda masalalarni shartli ravishda uch gruppaga bo’lish mumkin.

  1. Oxirgi maxsulotlarning oddiy moddalardan hosil bo’lish reaksiyalarining ma’lum issiqlik effektlari yordamida reaksiyaning issiqlik effektlarini aniqlash

  2. Issiqlik effekti ma’lum bo’lgan reaksiyalar yordamida ba’zi moddalarning issiqlik effetlarini aniqlash.

  3. Ma’lum miqdordagi moddahosil bo’lishida ajralib chiqadiganyoki yutiladigan issiqlik midorini aniqlash.

Bu xil masalalarni ishlashdasizgaberilgan jadvaldagi xosil bo’lish vayonish issiqliklaridan foydalaniladi.




Masalalar.

  1. Etilenning yonish reaksiyasi issiqligini aniqlang.

  2. Benzolning yonish reaksiyasi issiqlik effekti-783,4kkal/g—mol ( jadvalga qarang.) Bundan foydalanib benzolning hosil bo’lish issiqligini aniqlang.

  3. Vodorodga nisbatan zichligi 38,8ga teng bo’lgan 56 l (n,sh) pentan va geksan aralashmasi yondirilganda ajralib chiqqan issiqlik miqdorini aniqlang.

  4. 28 l (n,sh) asetilen yondirilganda ajralib chiqqan issiqlik miqdorini aniqlang.

  5. Vodoroga nisbatan zichligi 25,75 gatengbo’lgan aseton bilan metanol aralashmasidan 515 gr yondirilganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdorini aniqlang.

  6. Metil spirtning yonish issiqlik effektini aniqlang.

  7. Mo’l miqdor kislorodda vodorod sulfidning yonish reaksiyasi issiqlik effektini aniqlang.

  8. Metanning yonish issiqligini uning yonish reaksiyasi bo’yicha aniqlang.

  9. 36,24 gr termit (stixiometrik nisbatda olingan temir kuyindisi bilan alyuminiy kukuni aralashmasi) yondirilganda ajralibchiqadigan issiqlik miqdorini aniqlang.

Download 19.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling