Issiqlik energetikasi Umumiy tushunchalar


Download 108.58 Kb.
bet1/4
Sana02.04.2023
Hajmi108.58 Kb.
#1320155
  1   2   3   4
Bog'liq
Issiqlik energetikasi


Issiqlik energetikasi
Umumiy tushunchalar
Faqat elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi stantsiyalarining energetik ko’rsatkichlari
Elektr energiyasi va issiqlik ishlab chiqaruvchi stantsiyalarining energetik ko’rsatkichlari
IESning iqtisodiy ko’rsatkichlari
Elektr stantsiyasi ish holatlarining asosiy ko’rsatkichlari
Foydalanilgan adabiyotlar

Umumiy tushunchalar.

Har qanday elektr stantsiyasi tabiiy energiya manbalarini, mehnat va pul mablaglarini iloji boricha kam sarflagan holda energiya ishlab chiqarishi lozim.


Energetik ko’rsatkichlari tegishli foydali ish koeffitsentlari, issiqlik yoki yoqilg’ining solishtirma sarflari va shuningdek boshqa energiya manbalarining tejalishi yoki sarflanishi orqali ifodalanishi mumkin.
IES ning iqtisodiy ko’rsatkichlari bir birlik maxsulot ishlab chiqarish uchun xalq xo’jaligi tomonidan sarflangan barcha harajatlarni ifodalaydi va «keltirilgan harajatlar» mahsulot birligining tannarxi, solishtirma kapital harajatlari va boshqalar orqali aniqlanadi.
Iqtisodiy ko’rsatkichlar elektr stantsiyasining samaradorlik darajasini butun xalq xo’jalagi manfaatlari nuqtai nazaridan aks ettiradi.
Energetik va iqtisodiy ko’rsatkichlarni bilish va ularni to’g’ri hisobga olish faqat elektr stantsiyasi doirasida masalalarnigina emas, balki keng ma’noda xalq xo’jaligining energiya taminoti to’g’ri hal qilish uchun muhim ahamiyatga ega.


Faqat elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi stantsiyalarning ko’rsatkichlari.

Issiqlik elektr stantsiyalari organiq yoqilg’ining issiqlikligi hisobiga elektr energiyasini ishlab chiqiradilar. Ularning energetik mukammalligi foydali ish koeffitsenti bilan ifodalanadi.


ΉNeber/Qyo (2-1)


bunda: Эberi.cho'.u-ma’lum vaqt davomida iste’molchilarga berilgan elektr energiyasining miqdori;


Эi.ch-stantsiyada malum vaqt davomida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini miqdori;
Эo'.e-stantsiya o’z ehtiyojlariga ishlatgan elektr energiyasining miqdori;
Оyo=В*Qik-yoqilg’ining kimyoviy bog’langan issiqligi;
V-ma’lum vaqt davomida stantsiyada ishlatilgan yoqilg’ining miqdori;
Qik-bir birlik yoqilg’i yonishining quyi issiqligi;
Issiqlik elektr stantsiyasining turbinalarida yoqilg’ining yonish issiqligi mehanik ishga, keyin esa elektr generatorlarida elektr energiyasiga aylantiradi.
Issiqlik yuritgichi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini miqdorini sarflangan issiqlik miqdoriga nisbati yuritgichning mutloq elektr foydali ish koeffitsenti deyiladi.
Ήe.yu=Eyu/Qyu (2-2)

Bu koeffitsent asosiy issiqlik yuritgichi ishlayotgan ideal tsiklning termik FIK ga bog’liq bo’ladi. Ma’lumki,


ήt=Qber-Qyo’qot/Qber (2-3)

bunda Qber-yuritgichga berilgan issiqlik


Qyo’qot-yo’qotilgan issiqlik.
Turbinalarning ichki qismida turli ishkalanishlar natijasida yuz beradigan mehanik energiyaning yo’qotilishlari ichki nisbiy FIK gn.о. yordamida hisobga olinadi. Bu koeffitsent real tsiklning ideal tsiklga yaqinlashish darajasini ifodalaydi. Zamonaviy turbinalar uchun ήn.о. =0,6 : 0,9. issiqlik yuritgichning mutloq elektrni FIKi:
Ήe.yu = ήt * ήn.о / ήem (2-4)

Quvvati 200 MVt va bug’ning boshlang’ich parametrlari 130 at, 565о С bo’lgan bug’ turbinasining mutloq elektrik FIKi 42% ga teng.


Bug’ turbinali elektr stantsiyasining turli jihozlari va ularni o’zaro bog’lovchi quvurlari issiqlik, bug’, suv va boshqalarning yo’qotilishi issiqlik oqimining FIKi ήм.о orqali hisobga olinadi.
Masalan, Bug’ turbinali IES ning FIKi quyidagi tenglamadan aniqlanadi:
Ήen= ήt* ήn.о * ήemм* ήqoz* ήi.о*(I-eo'.e) (I-qo'e) (2-5)
bunda: еў.э=(Эббер)/Эб-IES o’z ehtiyojlariga ishlatilgan elektr energiyasi sarfining ulushi; qo'.e-IES o’z ehtiyojlariga ishlatilgan issiqlik ulushi.
Zamonaviy IES larning iste’molchilarga o’zatilgan elektr energiyasi bo’yicha FIKi 36%ni tashkil etadi.
IESning elektr ko’rsatkichlarini iste’molchilargi berilgan elektr energiyasini har bir kvt. soatiga issiqlikning solishtirma sarfi qe yoki yoqilg’ining solishtirma sarfi bа orqali ifodalash mumkin:
Qne=Qyo/Eber (2-6)
yoki: qne =1/ ήen (2-7)
Issiqlik va yoqilg’ining solishtirma sarflari o’rtasidagi bog’liqlik quyidagicha ifodalanadi:
Qe=be*Qik (2-8)
bunda: Qiк-bir birlik yoqilg’ining yonish issiqligi.

Download 108.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling