Izoxorik jarayon. sistema hajmi oʻzgarmagan holda sistemada sodir boʻladigan fizik jarayon. Sistemaning termodinamik holat diagrammasida izohora bilan ifodalanadi. Qattiq jismdagi jarayonlarda, jumladan, izotermik jarayonlarda hajm deyarli oʻzgarmagani uchun ular, odatda, Izohorik jarayondeb hisoblanadi. Shuningdek, juda tez sodir boʻladigan jarayonlar (mas, portlash jarayoni) da hajm oʻzgarishga deyarli ulgurmagani sababli ularni I. j. deb qarash mumkin. I. j. issiqlik mashinalari (mas, Otto, Dizel sikllari)da uchraydi.
I. j .da hajm oʻzgarishi bilan bogʻliq mexanik ish bajarilmaydi; sistemaning ichki energiyasi oʻzgarishi issiqlik yutilishi (yoki chiqarilishi) tufayli sodir boʻladi va temperaturaning oʻzgarishi (ortishi) bosimning oʻzgarishi (ortishi)ga olib keladi. Ideal gyazdagi I. j. Sharl konunit boʻysunadi (qarang Izohora), real gazlardagi I. j. Sharl qonuniga boʻysunmaydi
|
Izotermik jarayon. (yunoncha (izos) - "barobar" (termon) - "issiq") deb oʻzgarmas haroratda tizim holatining oʻzgarishiga aytiladi.Bu jarayonda harorat sobit qoladi: ΔT = 0. Havoning asta-sekin siqilishini yoki meshdan gazni soʻrib chiqarganda nasos porsheni ostida gazning kengayishini taxminiy oʻlaroq izotermik jarayon, deb hisoblash mumkin. Izotermik jarayonni oʻtkazish uchun odatda tizimga termostat oʻrnatiladi. Bunda jarayonning kechishi yanada tezlashadi. Tizim harorati esa termostat haroratidan farq etmaydi. Izotermik jarayon shunday jarayonki, gaz vazni, molyar gaz va harorat є — konstanta hisoblanadi
|