Issiqlik sig‘imi


Nuriy issiqlik almashinuvi


Download 45.11 Kb.
bet5/8
Sana21.06.2023
Hajmi45.11 Kb.
#1645753
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
123 — копия

Nuriy issiqlik almashinuvi. jism ichki energiyasining nurlanish energiyasiga (fotonlar yoki elektromagnit toʻlqinlar energiyasiga) aylanishi, nurlanish yoʻli bilan energiyaning fazoga uzatilishi yoki jismlarga yutilishi. Boshqa turdagi issiqlik almashinuvlaridan farqi shuki, bu hodisa issiqlik almashinadigan sirtlarni ajratib turuvchi moddiy muhitsiz ham sodir boʻlishi mumkin, chunki nur elektromagnit nurlanish natijasida tarqaladi. Shaffofmas jism sirtiga tushadigan nur energiyasining bir qismi jismga yutiladi, bir qismi esa undan kaytadi. temperaturasi mutlaq nolga teng boʻlmagan har qanday jism qizdirilsa, oʻzidan energiya (nur) chiqaradi. Bir xil temperaturadagi jism nur chiqarish qobiliyatining mutlaq qora jism nur chiqarish qobiliyatiga nisbati jismning mutlaq qoralik darajasi deyiladi. Barcha jismlar uchun mutlaq qoralik darajasi 1 dan kichik. Nurli issiqlik almashinuvi a. tizimidagi har qanday jism nurlar oqimini qayta-radi va xususiy nurlar oqimini chiqaradi. Jism sirtidan ketadigan energiyaning umumiy miqdoriga effektiv nurlanish oqimi deyiladi.

O’xshashlik nazariyasi asoslari. fizik hodisalarning oʻxshash sharoitlarini miqdoriy jihatdan tadqiq qilish usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan taʼlimot. Fizik oʻxshashlik turdosh hodisalar orasidagi muvofiklikni, yaʼni bir fizik hodisaning barcha miqdoriy koʻsatkichlari mutanosib ravishda oʻzgartirilishi natijasida hosil boʻlishini bildiradi. Oʻxshashlik nazariyasi ning asosiy vazifasi turli fizik hodisalarning oʻxshashlik mezonlarini aniqlash va shu mezonlar yordamida hodisalarning oʻzini oʻrganishdir. Fizik hodisalar, jarayonlar va sistemalar oʻxshashligi bir sistema holatini ifodalovchi oʻzgaruvchi kattaliklarning vaqtning oʻxshash paytlarida fazoning oʻxshash nuqtalaridagi qiymatlari boshqa sistemaning xuddi shunday kattaliklariga mutanosib boʻlishiga asoslandi. Kattaliklarning har biriga tegishli mutanosiblik (proporsionallik) koeffitsiyenti oʻxshashlik koeffitsiyenti deyiladi.


Download 45.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling