Issiqlikning elektromagnit to‘lqinlar yordamida tarqalishiga issiqlikning nurlanishi deyiladi


Issiqlik o‘tkazish jarayonining issiqlik balansi


Download 408.73 Kb.
bet2/7
Sana23.04.2023
Hajmi408.73 Kb.
#1385918
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
atrabotka 3

5.2.1. Issiqlik o‘tkazish jarayonining issiqlik balansi

Issiqlik almashinish paytida temperaturasi yuqori bo‘lgan jismning bergan issiqlik miqdori (Q1) temperaturasi past bo‘lgan jismni isitish uchun (Q2) sarf bo‘ladi. Issiqlikning yo‘qalishi hisobga olinmagan holatda, issiqlik balansining tenglamasini quyidagicha yozish mumkin:


Q = Q1= Q2 (5.7)
Bu erda Q- qurilmaning issiqlik sargi, J.
Temperaturasi yuqori bo‘lgan issiqlik tashuvchining miqdorini G1, uning qurilmaga kirishdagi issiqlik ushlashini J1b va qurilmadan chiqishdagi issiqlik ushlashini J1k , temperaturasi past bo‘lgan issiqlik tashuvchining miqdorini G2, uning boshlang‘ich issiqlik ushlashini J2b va oxirgi issiqlik ushlashini J2k bilan belgilaymiz. Bunday issiqlik balansining tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:

Q= G1(J1b­­– J1k) = G2(J2k­­– J2b). (5.8)


Agar issiqlik almashinish jarayoni issiqlik tashuvchilarning agregat holati o‘zgarmagan sharoitda sodir bo‘lsa, issiqlik tashuvchi jismlarning issiqlik saqlashi (yoki entalpiyasi) solishtirma issiqlik sig‘imi c ni temperatura t ga ko‘paytmasiga teng bo‘ladi:
J=ct (5.9)
Solishtirma issiqlik sig‘imi – modda birligi temperaturasini 1K ga o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan issiqlik miqdoridir; o‘lchov birligi J/(kg*K). Bunda issiqlik balansining tenglamasi:
Q= G1c1(t1b­­– t1k) = G2c2(t2k­­– t2b). (5.10)
Bu erda c1 va c2 – temperaturasi yuqori va past bo‘lgan issiqlik tashuvchilarning o‘rtacha issiqlik sig‘imlari, J/(kg*K); tb ­­va tk issiqlik tashuvchilarning boshlang‘ich va keying temperaturasi.


Issiqlik o‘tkazish asosiy tenglamasi va koeffitsienti

Issiqlik uzatish koeffitsienti K, issiq muhitdan sovuq muhitga 1 sek vaqt davomida ajratuvchi devorning 1 m2 yuzasidan temperaturalar farqi 10S ga o‘zgargandagi sarflangan issiqlik miqdorini belgilaydi. Ko‘p qatlamli devor uchun K ning qiymati quyidagicha aniqlanadi:


(5.11)
5.1-rasm. Tekis devor orqali issiqlikning o‘tishi jarayonida temperaturaning o‘zgarishi.

Bu erda i - qatlamning tartib soni; n - qatlamlar soni.


K imyoviy texnologiyada issiqlik ko‘p hollarda truba yuzasi bo‘ylab o‘tadi. Silindrsimon yuzadan issiqlik uzatilganda K ning qiymati quyidagicha aniqlanadi.
(5.12)
Ko‘p qatlamli silindrsimon yuza uchun:

Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsientining qiymati moddalarning agregat holatiga, ularning fizik-kimyoviy xossalariga, temperatura va boshqa bir qator kattaliklarga bog‘liq.
Metallar issiqlikni yaxshi, gazlar esa yomon o‘tkazadi.
Ayrim moddalarning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti quyidagi qiymatga ega:
Jadval.5.1.

Moddalar

l

Miss

384

Kumush

300

Po‘lat

46,5

Beton

1,28

Suyuqliklar

0,107

Gazlar

0,0060,6

Xavo

0,027

To‘qimachilik materiallari

0,0390,053


Download 408.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling