5.2.2. Issiqlik o‘tkazishni harakatlantiruvchi kuch
Ma’lumki, muhitlar temperaturasi o‘rtasida biror farq bo‘lgandagina issiqlik temperaturasi yuqori bo‘lgan muhitdan temperaturasi past bo‘lgan muhitga o‘tadi. SHu sababli issiqlik jarayonlarini hisoblashda o‘rtacha temperaturalar farqi to‘r degan tushuncha ishlatiladi. Muhitlarning o‘rtacha temperaturalar farqi issiqlik almashinish jarayonlarining harakatlantiruvchi kuchi deb yuritiladi. to‘r ni hisoblash uchun issiq va sovuq muhitlarning o‘zaro yo‘nalishini bilishimiz lozim. Issiqlik almashinish qurilmalarida muhitlar o‘zaro parallel (a), qarama-qarshi (b) yoki o‘zaro kesishgan (v) yo‘nalishga ega bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari murakkab yo‘nalishga ham ega bo‘lishi mumkin (g,d).
Issiq va sovuq muhitlar o‘zaro parallel yoki qarama-qarshi yo‘nalganda to‘r ning qiymati quyidagi sxema bo‘yicha aniqlash mumkin.
Parallel yo‘nalish.
Bu erda tka=t1’- t2’ tki=t1”- t2”
Agar bo‘lsa, u holda:
Agar bo‘lsa,
Qarama-qarshi yo‘nalish.
Bu erda: tka=t1’- t2” tki=t1”- t2’
Bunday hollarda ham to‘r ning qiymati parallel yo‘nalishdagidek aniqlanadi. Murakkab yo‘nalishlarda esa:
to‘r(mur)=to‘r.
bu erda: - tuzatuvchi koeffitsienti (adabiyotlarda kiritiladi).
5.3. Issiqlik o‘tkazuvchanlik. Fure qonuni
Gaz va tomchili suyuqliklarda molekulalarning harakati, yoki qattiq jismlarda kristall panjaradagi atomlarning tebranishi metallarda erkin elektronlarning diffuziyasi natijasida issiqlik o‘tkazuvchanlik jarayoni sodir bo‘ladi.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik orqali tarqalgan issiqlik miqdori Fure qonuni asosida aniqlanadi. Bu qonunga ko‘ra, issiqlik o‘tkazuvchanlik orqali uzatilgan issiqlik miqdori dQ issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsientiga, temperatura gradientiga, jarayon davomiyligiga va issiqlik oqimi yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lgan tekislik yuzasiga proporsionaldir, ya’ni:
(5.13)
bu erda:
- issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti, (Vt/m.grad);
- temperatura gradienti, (0S/m);
- jarayon davomiyligi, (S);
dF - issiqlik almashinish yuzasi, (m2).
Do'stlaringiz bilan baham: |