Исследование в XXI веке апрель, 2023 г 614 "kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish"


Pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos xususiyati


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana11.10.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1698906
TuriИсследование
1   2   3
Bog'liq
Raxmatov Suxrob Soli o‘g‘li

Pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda o‘quv 
maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan o‘quv jarayoni loyihalashtiriladi va amalga 
oshiriladi. Texnologik yondoshuv, eng avvalo, tasvirlash emas, balki loyihalashtirilgan 


Международный научный журнал № 9(100), часть 2 
«Новости образования: исследование в XXI веке» апрель, 2023 г 
615 
natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi amaliy ko‘rsatmali tuzilmada o‘z ifodasini 
topadi. 
Maqsadga yo‘naltirilganlik, oraliq natijalarni tashxisli tekshirib borish, ta’limni alohida 
o‘qitish lavhalariga ajratish kabi usullar hozirgi kunga kelib qayta-qayta takrorlash mumkin 
bo‘lgan ta’lim texnologiyasi g‘oyasida mujassamlangan [2,3]. 
“Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish“ metodi 1976-yili Tel-Aviv 
universiteti professori Sh.Sharan tomonidan ishlab chiqilgan. Bu metodda ko‘proq 
o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishiga e’tibor qaratiladi. 
Talabalar alohida-alohida yoki 6 kishilik kichik guruhlarda ijodiy izlanish olib boradilar. 
Ijodiy izlanish kichik guruhlarda tashkil etilganda darsda o‘rganish lozim bo‘lgan o‘quv 
materiali kichik qismlarga ajratiladi. Keyin bu qismlar yuzasidan topshiriqlar har bir 
o‘quvchiga taqsimlanadi. Shunday qilib, har bir o‘quvchi umumiy topshiriqning bajarilishiga 
o‘z xissasini qo‘shadi. Kichik guruhlarda topshiriq yuzasidan munozara o‘tkaziladi. Guruh 
a’zolari birgalikda ma’ruza tayyorlaydi va auditoriya talabalari o‘rtasida o‘z ijodiy izlanishlari 
natijasini e’lon qiladi. Kichik guruhlar o‘rtasida o‘tkazilgan o‘quv bahsi, munozara talabalar 
jamoasining hamkorlikda bajargan mustaqil faoliyatining natijasi, yakuni sanaladi. 
Hamkorlikda ishlash natijasida qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar auditoriya jamoasining har 
bir talabaning muntazam va faol aqliy mehnat qilishiga, kichik guruhlarni, umuman sinf 
jamoasini jipslashtirishga, avval o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni yangi 
kutilmagan vaziyatlarda qo‘llanib, yangi bilimlarning o‘zlashtirishiga bog‘liq bo‘ladi*4,5+. 
Ushbu metodni qo‘llab dars jarayonini tashkil etish quyidagi (1-klaster) ga asosan olib 
boriladi. 
 
Baholash 
Muhokama va tahlil 
Ko’rsatma berish va yo’naltirish 
1-guruh 
taqdimoti 
2-guruh 
taqdimoti 
3-guruh 
taqdimoti 
4-guruh 
taqdimoti 
5-guruh 
taqdimoti 
Guruhlarga topshiriqlar beriladi 
1-guruhga 
topshiriq 
2-guruhga 
topshiriq 
3-guruhga 
topshiriq 
4-guruhga 
topshiriq 
5-guruhga 
topshiriq 
O ‘tilgan dars takrorlanadi va yangi mavzu yoritiladi 
Kichik gruhlar shakllantiriladi 
1-guruh 
2-guruh 
3-guruh 
4-guruh 
5-guruh 


Международный научный журнал № 9(100), часть 2 
«Новости образования: исследование в XXI веке» апрель, 2023 г 
616 
1-klaster. Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodini dars jarayonini 
tashkil etishda qo‘llash 
Tadqiqot tariqasida Toshkent davlat transport universiteti “Avtomobil yo‘llari 
muhandisligi” fakultetida bir qancha guruhlarda dars jarayonlarida ushbu metod qo‘llab 
ko‘rildi. Metodni qo‘llash davomida guruhdagi talabalar 5 ta kichik guruhlarga bo‘lindi. 
Xuddi shu kabi o‘tilayotgan dars (ma’ruza, amaliyot va laboratoriya) materiallari ham 5 
qismga bo‘lindi. Har bir kichik guruhga mavzu materiallarining bir qismidan bo‘lib berildi. 
Dars olib borishda 1-klasterga asoslandi.
Talabalar o‘zlariga berilgan (o‘qituvchi tomonidan taqdim etilgan yozma, chop etilgan 
hamda ko‘rgazmali) material asosida 20 daqiqa tayyorlandilar. Kichik gruhlar birin ketin 
taqdimot tayyorladilar hamda namoyish etdilar. Ushbu dars viktorina tarzida o‘tkazilganligi 
sababli talabalar raqib jamoaga o‘zlariga qiziqtirgan savollarni berdilar.
Taqdimot davomida talabalarga mavzuga oid testlar tarqatildi. Bu bilan talabalarni 
bilimi yanada mustahkamlandi. Dars yakunida o‘qituvchi tomonidan mavzuga to‘ldirish 
kiritildi va har bir guruh baholandi. Kutaztish natijasida asosida quyidagilar aniqlandi: 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling