Исследование в XXI веке май, 2023 658 xonjiza kon boyitish fabrikasidagi metallarni boyitishda flotatsiyon


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana26.07.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1662672
TuriИсследование
  1   2   3   4
Bog'liq
Ermatov I.T (1)



Международный научный журнал № 10 (100), часть 2 
«Новости образования: исследование в XXI веке» май, 2023
658 
XONJIZA KON BOYITISH FABRIKASIDAGI METALLARNI BOYITISHDA FLOTATSIYON 
BOYITISH USULI 
 
Ermatov I.T 
Eshqurbonov F.B 
Ermatov Sh.Q 
Termiz muhandislik-texnologiya instetuti magistranti,
 
Termiz muhandislik-texnologiya instetuti Kimyo fanlari
doktori, professor, 
Termiz muhandislik-texnologiya instetuti o‘qituvchisi 
 
KIRISH 
Respublikamiz iqtisodiyotini yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarishda konchilik 
sanoatining ahamiyati katta. Malumki, qazib olinadigan rudalar tarkibida qimmatbaho 
komponentning miqdori oz bo‘ladi. Bunday rudalardan metallarni tog‘ridan to‘g‘ri ajratib 
olish iqtisodiy jihatdan ham, texnik jihatdan ham o‘zini oqlamaydi. Shuning uchun aksariyat 
hollarda ruda qazib olingandan keyin avval boyitiladi, yani undagi qimmatbaho 
komponentning miqdori oshiriladi va boyitma holidagi mahsulot metallurgiya zavodlariga 
metall ajratib olish uchun jo‘natiladi. Rudalarni boyitish natijasida quyidagi afzalliklarga 
erishiladi: kambag‘al rudalarni qayta ishlash imkoniyati tug‘ilgani tufayli foydali 
qazilmalarning zaxiralari ortadi. Mahsulotlardagi metallning miqdori ortishi bilan 
metallurgiya zavodlarining ishlab chiqarish unumdorligi ortadi, elektr energiyasi, yonilg‘i, 
kimyoviy reagentlar sarfi kamayadi, foydali qazilmani kompleks ishlatish imkoniyati 
yaratiladi. Shuning uchun foydali qazilmalarni boyitish sanoatning muhim tarmog‘i 
hisoblanadi [1]. 
Foydali qazilmalarni flotatsiyalash jarayonida turli-tuman texnologik sxemalar 
qo‘llaniladi. Flotatsion sxemani tanlash boyitilayotgan mahulotning flotatsion xossasiga, 
boyitmaning sifatiga qo‘yilayotgan talabga va bir qator texnik-iqtisodiy omillarga bog‘liq. 
Ko‘p hollarda bitta flotatsiya operatsiyasi natijasida oxirgi boyitma va tashlab yuboriladigan 
chiqindi olishga erishilmaydi. Foydali mineralning xossasi va undagi mineral zarrachalarning 
o‘lchamiga qarab bir yoki ko‘p bosqichli flotatsion sxemalar ishlatiladi. Flotatsiya sikli deb, 
qaytadan flotatsiyalanmaydigan bir yoki bir nechta tayyor mahsulotlar olinadigan flotatsiya 
operatsiyalarining guruhiga aytiladi [2]. Qimmatbaho komponentlarning ajralish ketma-
ketligiga qarab, polimetal rudalarni boyitishda kollektiv, selektiv va kollektiv-selektiv 
flotatsiya sxemalari mavjuddir. Agar oxirgi boyitmaga bira-to‘la bir nechta mineral 
(masalan, mis va nikel sulfidlari, mis-molibden, qo‘rg‘oshin-ruх) ajralsa, bunday flotatsiya 
kollektiv flotatsiya deyiladi. Agar rudadan qimmatbaho komponentlar ketma-ket ajratib 
olinsa, bunday flotatsiya selektiv flotatsiya deyiladi [3]. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling