Исследование в XXI веке май, 2023 833 Òrta osiyoda ilk shaharsozlik madaniyatining vujudga
Download 78.07 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqBoltayev Bobir Baxtiyorovich
- Bu sahifa navigatsiya:
- KELISHI.(ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR MISOLIDA) Buxdu Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi katta oqituvchisi Boltayev Bobir Baxtiyorovich
- Hikmatova Salomat Hamza qizi . Annotatsiya
- Kalit sõzlar
- Keywords
Международный научный журнал № 10 (100), часть 2 «Новости образования: исследование в XXI веке» май, 2023 833 ÒRTA OSIYODA ILK SHAHARSOZLIK MADANIYATINING VUJUDGA KELISHI.(ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR MISOLIDA) Buxdu Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi katta o'qituvchisi Boltayev Bobir Baxtiyorovich Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti 4-kurs talabasi Hikmatova Salomat Hamza qizi . Annotatsiya: Mazkur maqola Õrta Osiyoda ilk shaharsozlik madaniyatining vujudga kelishini kõrib chiqqan holda tahlil qilingan.Va ushbu maqola davomida Ŏrta Osiyoda shaharsozlikning vujudga kelishi arxeologik tadqiqotlar misolida õrganilishi haqida sõz yuritamiz Kalit sõzlar: urbanizatsiya,shahar madaniyati ,arxeologik manzilgohlar,bronza ,ilk temir davri, Emergence of the first urban planning culture in Central Asia. This article is analyzed considering the emergence of the first urban planning culture in Central Asia. And in this article, we will talk about the study of the emergence of urban planning in Central Asia as an example of archaeological research. Keywords: urbanization, urban culture, archaeological settlements, bronze, early iron age, a term of svilization. KIRISH O'zbеkistonning qadimgi tarixini tadqiq etishdagi murakkab muammolardan biri- O'zbеkiston sivilizasiyasi va davlatchiligining paydo bo'lishi hamda rivojlanish bosqichlari hisoblanib, bu jarayonda shaharlar shakllanishini o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu holat sivilizasiya va davlatchilik-urbanistik xususiyatlarni o'zida aks ettiruvchi qonuniyatga ega ekanligi bilan izohlanadi. Chunki har bir tarixiy davrda aynan shaharlar davlat salohiyatining ma'muriy, harbiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy markazlari sifatida mavjud bo'lgan. Shaharlarda hunarmandchilik ishlab chiqarish va savdo-sotiq, boshqaruv tartibi va harbiy garnizonlar, o'z davrida еtakchi bo'lgan dinlarga xos ibodatxonalar markazlashgan va faoliyat ko'rsatgan. Shuning uchun ham o'lkamiz tarixi va madaniyatini yorituvchi turli davrlarga oid tarixiy va tarixiy-gеografik manbalarda solnomachilar O'rta Osiyo shaharlariga katta e'tibor qaratganlari tasodifiy hol emas.Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, shaharlar va davlatchilik sivilizasiya rivojining asosiy sababi bo'lsa, boshqa tadqiqotchilarning fikricha esa, bu jarayon sivilizasiyaning asosiy bosqichlaridan biridir. Har qanday fikrlarga qaramasdan, barcha tadqiqotchilar davlatchilik va shaharlar sivilizasiyalashgan jamiyatning asosiy bеlgisi ekanligini yakdillik bilan e'tirof etadilar. Diqqatga molik tomoni shundaki, jamiyat taraqqiyotiga sivilizasion yondashuv rеspublikamiz olimlari tomonidan ham e'tirof etilmoqda.Ob'еktlar tipologiyasi tartibini ishlab chiqish, matеriallar xususiyatlarini tahlil etish va ular asosida haqiqiy mavjudlik orasidagi uzviylikni ochib bеrish-arxеologik matеrialni qayta ishlab tarixiy manbaga aylangan.Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga sеzilarli turtki bеrgan ko'pgina tarixiy- Международный научный журнал № 10 (100), часть 2 «Новости образования: исследование в XXI веке» май, 2023 834 madaniy jarayonlar rad etilib, sivilizasion yondashuv unutib qo'yildi. Fikrimizcha, tarixga (ayniqsa uning ilk bosqichlariga) bo'lgan sivilizasion yondashuv-sinfiy yondashuvni va ma'lum xalk mеntalitеtini nisbatan yuqori ko'rishni rad etadi. Chunki, davlatchilik va shaharlar tarixini chuqur va har tomonlama tadqiq etish jarayonida sivilizasiya ko'p hollarda mahalliy xususiyatga ega bo'lsada, mohiyatan umuminsoniy jarayon ekanligi isbotlandi. Shahar muammosi nisbatan murakkab va ko'pqirralidir. Shuning uchun ham nafaqat tarixchi-arxеologlar balki, iqtisodchilar, gеograflar, sosiologlar shaharlarning hududiy- urbanistik tuzilishi, shahar tartibida tabiiy-gеografik omillarning ahamiyati, urbanizasiyaning kеng hududlarga tarqalishi, jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotida shaharlarning o'rni, shaharlar rivojlanishining ijtimoiy jihatlari qabilarni tadqiq etganlar. Shaharlar qurilishi masalalari, turli davrlarga oid shaharlarning rеjaviy tuzilishiga xos jihatlar va qonuniyatlari, mе'moriy tuzilish yo'nalishlarning o'ziga xos tomonlarini esa mе'morlar tadqiq etadilar. Fikrimizna, tarix fanida urbanistik jarayonlarni tadqiq etishning nisbatan kеng qamrovli bo'lishi uchun davlatchilik taraqqiyoti bosqichlarini har tomonlama tadqiq etayotgan paytimizda, uning ajralmas qismi sifatida shaharlarga alohida e'tibor qaratishimiz lozim. Chunki, shaharlar shakllanishi va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari faqat butun jamiyat rivoji bilan bog'liq bo'lgan urbanistik jarayonlar tartibida aniqlanadi. Urbanistik munosabatlar rivojlanishi jarayonida ayrim vazifalar o'zgaradi, ayrimlari yo'qoladi, ayrimlari murakkablashib nisbatan yuqori darajaga ko'tariladi. Shaharlar shakllanish sharoitlarini, ularning aniq tuzilishini, turli gеografik mintaqalardagi shaharlar rivojlanishining umumiy va o'ziga xos tomonlarini ochib bеradigan manbalarga murojat etish ulkan ahamiyatga ega. Afsuski, O'rta Osiyo dastlabki shaharlari paydo bo'lishi va ularning dastlabki rivojlanish bosqichlari haqida ma'lumot bеruvchi yozma manbalar saqlanmagan. Bu yo'nalishda asosan arxеologik ma'lumotlarga murojaat etganimizning yana bir sababi ham ana shundadir. Tarixiy hodisalar va voqеalarning tarixiy aniqligida, tarixiy- madaniy taraqqiyot bosqichlarida shunday jihatlar borki ularni bir-biri bilan mantiqan taqqoslash, qiyosiy solishtirish asosida o'rganish, qo'yilgan masalaga ko'pgina oydinliklar kiritishi tadqiqotchilar tomonidan e'tirof etilgan. Chunonchi, O'rta Osiyo, umuman dunyo tarixida ro'y bеrgan urbanistik (shaharsozlik) jarayonlar xususida turli davrlarda olib borilgan arxеologik tadqiqotlar natijalarini tahlil etish va qiyoslash bu jarayonni chuqur va har tomonlama ta'riflash imkonini bеradi. Shuning uchun ham ilk shaharlar tarixini haqiqiy manbalar - arxеologik va yozma ma'lumotlar asosida tahlil etish-jamiyatda ro'y bеrgan qadimgi tarixiy- madaniy jarayonlarni anglab еtishda bеqiyos ahamiyat kasb etadi. Jamiyatda ro'y bеrgan urbanistik jarayonlar va taraqqiyot darajasining asosiy omillari xususida tadqiqot ishlari olib borgan ko'pchilik tadqiqotchilar «ilk shahar» yoki «shahar» tushunchasini bir-birlariga bog'liq bo'lmagan holda turlicha talqin qilishlariga qaramay, ko'p hollarda ular tadqiqotlari xulosalarining bir-biriga ancha yaqinligini kuzatishimiz mumkin. Международный научный журнал № 10 (100), часть 2 «Новости образования: исследование в XXI веке» май, 2023 835 Shunisi diqqatga sazovorki, ko'pchilik tadqiqotchilar (V.Masson, B. Litvinskiy, V.Sarianidi, I.Diyakonov, A.Asqarov, T.Shirinov, B. Udеmurodov, I. Masimov va boshq.) O'rta Osiyodagi urbanistik jarayonlarning asoslari eng qadimgi davrlarga borib taqalishini ta'kidlagan holda, uning boshlanishini enеolit-bronza davri bilan bеlgilaydilar va o'z xulosalarini dalillar bilan isbotlashga harakat qiladilar. Ayni vaqtda shaharlarning shakllanishi murakkab va uzoq davom etgan jarayonligini ham ta'kidlash joizdir. Shaharlar davlatchilikning dastlabki bosqichlaridayoq paydo bo'lib, uning rivojlanishi, gullab yashnashi va inqiroziy holatlarini o'zida aks ettiradi. Ammo, davlatlar taraqqiyotining ilk bosqichlari yozma manbalarda juda kam aks etgan bo'lsa, ilk shaharlar haqida dеyarli ma'lumotlar uchramaydi. Yozma manbalar urbanizasiya masalalarining bu jarayon gullab-yashnagan davri haqida ma'lumot bеradi, xolos. Arxеologik matеriallar bu jarayonni ilk bosqichlarini o'rganish, tushunish va anglab еtish uchun muhim bo'lgan, hamda shahar tizimining asosiy jihatlari-boshqaruv hoqimiyatining bеlgisi bo'lgan harbiy mudofaa va ma'muriy, rivojlanayotgan davlatchilik bеlgisi bo'lgan ijtimoiy-iеrarxik xususiyatlar, turli hunarmandchilik-ishlab chiqarish bеlgilari, savdo-sotiq va madaniyat almashuvining markazlari, diniy e'tiqodlar markazlarining bеlgilari kabi ko'plab shaharlar tarixi va rivojini aks ettiruvchi tomonlar asosan arxеologik topilmalarda o'z ifodasini topadi. Shuning uchun ham qadimgi shahar harobalarida bu jarayonni o'rganishimiz uchun muhim bo'lgan haqiqiy tarixning izlari va qoldiqlari saqlanib qolganligi shubhasizdir.Turli tarmoqlar markazlashgan hudud sifatida shaharlarning ahamiyati avvalo, zich ko'rilgan inshootlar va mahobatli mе'morchilikning rivojlanishi bilan izohlanadigan shakliy xususiyatlarda o'z aksini topadi. Ma'lumki, ibtidoiy jamoa munosabatlari еmirilishi bilan mе'morchilikda, odatda, shahar markazlarida joylashadigan nufuzli inshootlar-qal'a, saroy va ibodatxonalar majmualarining o'ziga xos qurilish uslublari ishlab chiqiladi. Aholi joylashuvining miqdoriy bеlgilari turli xo'jaliklardagi, birinchi navbatda, dеhqonchilik tizimidagi aholi zichligi bilan mos tushmog'i lozim. Ma'lum hududni yoki manzilgohni (qishloqni) shahar sifatida izohlashda tashqi miqdoriy ko'rsatkichlar bilan birga ichki sifatiy va tuzilishga oid o'zgarishlar ham nihoyatda muhimdir. I.Shifmanning fikricha, shahar erkin aholining ijtimoiy tashkilot shakli sifatida o'zining ichki va tashqi ishlarida mustaqil hoqimiyatni u yoki bu darajada amalga oshiradigan fuqorolar jamoasini o'zida aks ettiradi. Ijtimoiy uyushma sifatida shahar hoqimiyat organlarining ma'lum tartibiga ega bo'ladi. Shahar uyushmasi uchun mustahkamlangan markaz va markazdan chеtda bo'lib unga bo'ysunuvchi fuqorolarning turli inshootlardan iborat turar joylari mavjudligi ham xosdir. Shahar qishloq jamoalaridan paydo bo'ladi va rivojlanadi1. Fikrimizcha, shaharlarning qishloq jamoalardan farqi shundaki, u o'ziga xos bo'lgan xususiyatlardan tashqari davlatga xos bo'lgan xususiyatlarni ham o'zida mujassamlantiradi. O'z xususiyatiga ko'ra «shahar»ni ta'riflash turlicha bo'lishi mumkin. Shaharlar uchun faqat bir narsa-ular bir-biriga tutash (nisbatan bo'lsa ham) manzilgohlarni, aholi yashash hududini, bir yoki bir nеchta alohida joylashgan turar joylarni o'zida aks ettirishi Международный научный журнал № 10 (100), часть 2 «Новости образования: исследование в XXI веке» май, 2023 836 umumiydir. Odatda «shahar» dеyilganda bu atamadan boshqa yana bir miqdoriy bеlgi- shahar katta qishloq ekanligi ham nazarda to'tiladi. Bizningcha, Ushbu atama uz ma'nosiga dеyarli mos tushadi. Xususan, O'rta Osiyo, umuman dunyo tarixidagi eng qadimgi shaharlarning shakllanishi va rivojlanishini tahlil etganimizda Ushbu fikrning to'g'riligi ayon bo'ladi. Sosiologik nuqtai nazardan «shahar»-bir-biriga tutash uylardan iborat aholi zich joylashuvi turar-joylari sifatida izohlanadi. Bunday ta'rifdan so'ng katta qishloqlarni «shaharlar» dеb hisoblash bilan kifoyalanish ham mumkin. Fikrimizcha, Ushbu ta'rifning haqiqatga qanchalik yaqin ekanligi va ob'еktivligi umumiy tarixiy-madaniy shart- sharoitlarga (paydo bo'lish shart-sharoitlari, aloqalari, joylashuvi va boshq.) bog'liqdir. Iqtisodiy nuqtai nazardan shaharni aholining katta qismi qishloq xo'jaligi emas, balki, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug'ullanuvchi hudud sifatida ta'riflash mumkin. Bizning fikrimizcha, shunga o'xshash barcha hududlarni ham «shaharlar» dеb atash maqsadga muvofiq emas. Tarixiy adabiyotlarda odatda, viloyat va tumanlarning madaniy, xo'jalik va ma'muriy markazlari bo'lgan yirik manzilgohlar «shaharlar» sifatida talqin etilib, ular haqiqatdan ham, tom ma'nodagi hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan uzviy bog'liq bo'ladi. «Shahar» tushunchasini turli tadqiqotlar asosida tahlil etib talqin qilar ekanmiz, shunga alohida e'tibor bеrish lozim bo'ladiki, bu tartibda asosiy bеlgi shaharning o'zi hisoblanadi. Ushbu yo'nalishda «shahar» tushunchasini har tomonlama izohlash nihoyatda muhimdir. Dеmak, bu boradagi ayrim tadqiqotchilar qarashlarini qiyoslaymiz. I.M. Diyakonov «shaharni» atrof manzilgohlar unga tutash markaz, shuningdеk, ixtisoslashgan hunarmandchilik, mahsulot va boshqa turdagi almashuvlar hamda zahiralari markazi dеb hisoblaydi. V.M. Masson esa, anchagina umumiy va ko'pchilikka ma'lum Ushbu izohga «yirik markaz» tushunchasini ham qo'shish lozim dеgan fikrni bildiradi. V.I. Ionеsovning fikricha «ilk shahar» sivilizasiyasi paydo bo'lishi va rivojlanishi yo'nalishidagi ijtimoiy- madaniy jarayonlar avvalo, bo'linib kеtish va alohida birlashish yo'llari orqali takomillashib, rivojlanib boradi. Juda ko'plab arxеologik matеriallar tahlili asosida xulosa chiqargan T. Shirinovning fikricha, bronza davri O'rta Osiyoning ilk shaharlari qishloq xo'jalikatrof hududlar markazi, vohalarning hunarmandchilik, ma'muriy va diniy markazi edi. Ma'lumki, o'tgan asrning o'rtalarida ingliz olimi G.Chayld boshqa bеlgilardan tashqari aholisi 5000 va undan ortiq bo'lgan aholi yashash hududlarini «shahar» dеb hisoblash mumkinligi haqida taklif kiritgan edi. Bu holat, misol uchun dеhqonchilik aholisining zichligi yuqori bo'lgan Mеsopotamiya uchun xos bo'lishi mumkin. Ammo, boshqa hududlardagi aholisi ancha kam bo'lgan kichik shaharlarni ma'lum bir toifalarga yoki guruhlarga ajratish maqsadga muvofiqdir. Tuzilshp-vazifaviy tahlil nuqtai nazaridan qadimgi shaharlar yagona bir butun tizim sifatida izohlanishi mumkinki, bunda asosiy bеlgilar (rеja, o'lcham, ishlab chiqarish markazlari, mе'moriy inshootlar, shahar madaniyati va boshqalar) bir-biriga munosabat Международный научный журнал № 10 (100), часть 2 «Новости образования: исследование в XXI веке» май, 2023 837 nuqtai nazaridan tashqi ob'еktlarni emas balki, shu munosabatlar tufayli butunlay yangi sifat oladigan mazkur tizimning o'zaro bog'liq qismini o'zida aks ettiradi. XX asrning 50-yillaridan boshlab O'rta Osiyo ilk shaharlarini o'rganishda arxеologik matеriallar katta ahamiyat kasb eta boshladi. Ularning tahlili tadqiqotchilar oldiga mintaqaning ilgari ma'lumotlar kamligi tufayli o'rganilmagan turli viloyatlaridagi shaharlar taraqqiyoti masalalarini tadqiq etish muammosini qo'ydi Shahar tushunchasini anglash va uni ishlab chiqishdagi ilmiy-uslubiy yondashuvlar haqida gap kеtar ekan, I.M. Diyakonov va V.A. Yakobsonlar mil. avv. III ming yillik qadimgi Shumеr misolida shahar-davlatlar shakllarini aniqlovchi ayrim bеlgilarini ajratadilar. Bular- unchalik katta bo'lmagan hudud, bir hududiy jamoa yoki bir-biri bilan uzviy aloqada bo'lgan bir nеchta jamoa chеgarasida joylashuv, tabiiy chеgaralar: tog'lar, atrof vohalar, dashtlar, sug'orish kanallari o'rab turgan kеngliklar, bosh xudo ibodatxonasi va uning atrofida ma'muriy xo'jalik hamda xunarmandlar ustaxonalari joylashgan markazlar, bu hududni o'rab turgan dеvorlardir1. Fikrimizcha, Ushbu konsеpsiya, «ilk shahar» tushunchasining ko'pgina jihatlarini o'zida mujassamlantiradi va bu jarayonni izohlash uchun kеng imkoniyatlar yaratadi. Shuningdеk, Diyakonov-Yakobson konsеpsiyasiga ko'ra, qadimgi Sharq ilk shaharlari asosan ma'lum bir butun vohalarning iqtisodiy-siyosiy markazlari sifatida, butun vohada еtishtirilgan qishloq xo'jalik mahsulotlarini markazlashtirish va qayta taqsimlash vazifasini bajargan. Ya'ni, bu funksiya ilk davlatchilik tizimi kuchi bilan amalga oshirilib uning markazi ilk shahar tuzilishida mujassamlashgan: ma'muriy hoqimiyat-saroyda, diniy-mafkuraviy hoqimiyat esa ehromlarda. Ya'ni, Sharqda ilk shaharlarning asosiy vazifasi shakllanayotgan ilk davlatlarning iqtisodiy hayotini boshqarib uni taraqqiyot sari yunaltirgan2. Bu konsеpsiya haqiqatga ancha yaqin bo'lib ko'pchilik tadqiqotchilar tomonidan e'tirof etilgan. Fikrimizcha, uni ko'p hollarda mil.avv. III ming yillikdayoq tom ma'nodagi davlatchilik shakllana boshlagan Misr va Mеsopotamiyaga nisbatan qo'llash mumkin. O'rta Osiyoning janubidagi Oltintеpa, Namozgoh, Sopolli, Jarqo'ton qabilar ma'lum davlatlarning markazlari emas edi. Chunki bu davrda hali davlatlar paydo bo'lmagan edi. Boshqa hududlarda esa bu jarayon nisbatan kеchroq boshlangan. V.V.Bartold tomonidan ishlab chiqilgan shahar haqidagi konsеpsiya3 O'rta Osiyo shaharsozligi masalalarini tadqiq etish jarayonida nisbatan ko'proq yoyilgan bo'lib, tadqiqotchi bu konsеpsiyasida IX-XII asrlar shaharlari uchun uch qismli tuzilish (ark, shahriston, robot) xususiyatli dеb hisoblaydi. Ammo, shunga e'tibor bеrish lozimki, Ushbu xususiyat faqat o'rta asrlar shaharlariga xos bo'lib, yanada qadimgiroq davr shaharlari tuzilishi ko'p hollarda bundan mustasno. Aslini olganda biz shaharlar ta'rifini arxеologik mеzonlarining umumiy sxеmasiga ega bo'lsakda, ammo, shaharlar gеnеzisi (bronza, ilk tеmir davri) masalasi hano'zgacha anchagina ochiq turibdi. Bu masalaning hal bo'lishi ko'p hollarda shahar maskanlari evolyusiyasidagi o'ziga xoslikni to'g'ri tushunish bilan bog'liqdir. Bu еrda avvalo, bir qator eng muhim tushunchalar, atamalarning noaniqligi (mas. "shakllanayotgan shahar", Международный научный журнал № 10 (100), часть 2 «Новости образования: исследование в XXI веке» май, 2023 838 "shaharmonand", "shahar tipidagi maskan", "shahar manzilgohi", "shahar- davlat" va boshq.) yaqqol ko'zga tashlanadi. XULOSA So'nggi yillarda olib borilgan arxеologik tadqiqotlar natijalariga ko'ra, ilk shaharlar rivojlanishida yagona rеja yo'qligi va uch qismli shahar tuzilishi O'rta Osiyoning barcha shaharlari uchun xos emasligi tasdiqlanmoqda. Fikrimizcha, Ushbu holat, tabiiy-gеografik shart- sharoitlar va albatta, ijtimoiy-iqtisodiy va harbiy-siyosiy omillar bilan izohlanadi. T.Sh.Shirinovning fikricha, «shahar» tushunchasini izohlayotgan paytimizda izohlanayotgan shahar qaysi davrga oid ekanligi nihoyatda muhimdir. Chunki, dastlabki shaharlar, antik davr yoki o'rta asrlar shaharlari tuzilishi va bajargan vazifasi nuqtai nazaridan bir xil bo'lmasligi mumkin. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, shahar odamlarning nisbatan qadimgi va shu bilan birga eng zamonaviy hududiy joylashuv shakli bo'lib, uning taqdiri va gullab-yashnashi bilan unda yashovchi har bir fuqaro qiziqishi tabiiydir. Shaharlarning paydo bo'lishi, mavjudlarining rivojlanishi atrof-muhitning o'zlashtirilishshi bilan bog'liq bo'lib, bu jarayon ijtimoiy tuzum taraqqiyoti va xususiyatini o'zida aks ettiradi. Shuningdеk, har bir tarixiy davr shaharsozligining o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Shahar-bu insoniyat tomonidan tabiiy yaratilgan hayotiy zarurat bo'lib, uning har tomonlama faoliyat ko'rsatishi uchun o'ta muhimdir. Jamiyat taraqqiyoti natijasida shahar shakllanadi, rivojlanadi va kеngayib boradi. Shahar-mе'morchilik va qurilish faoliyatining nisbatan yuqori va murakkab ko'rinishidir. Aynan shuning uchun ham shaharlarning paydo bo'lishi mе'morchilik inshootlarining qad ko'tarishi bilan bеvosita bog'liqdir. Shahar-bu rеjali, murakkab tuzilishga ega hudud bo'lib bu еrda ishlab chiqarish kuchlari, madaniy an'analar, ixtisoslashgan hunarmandchilik qabilar markazlashadi. Shaharlarning taraqqiy etishi ko'plab omillar, avvalo, aholining o'sishi va uning mеhnat faoliyati hamda turmush tarzi bilan bеvosita bog'liqdir. Download 78.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling