Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
Download 5.04 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ILMIY AXBOROTNOMA KIMYO 2016-yil, 1-son UDK 547.913:543.2 “ PIMPINELLA ANISUM L. ”DAN EFIR MOYLARINI AJRATISH TEXNOLOGIK
- Kalit soʻzlar
- Tadqiqot manbalari va usullari.
- Olingan natijalar va ularning muhokamasi.
- ILMIY AXBOROTNOMA KIMYO 2016-yil, 1-son
- Ish A-12-25 granti doirasida bajarilgan. Adabiyotlar
- ILMIY AXBOROTNOMA KIMYO 2016-yil, 1-son А.Н.Мухамадиев, Б.К.Найимова, Н.К.Мухамадиев
- A.N.Muhamadiev, B.K.Nayimova, N.K.Muhamadiev OPTIMIZATION OF SEPARATION TECHNOLOGICAL PROCESS OF ESSENTIAL OILS FROM "PIMPINELLA
- Keywords
- Sh.M.Sayitqulov, X.M.Saidov, N.Q. Muxamadiev Samarqand davlat universiteti Annotatsiya
- Kalit s oʻzlar
- ILMIY AXBOROTNOMA KIMYO 2016-yil, 1-son Ishning maqsadi.
A.M.Nasimov, Kh,Sh,Tashpulatov. S.Yusupova, Sh.Mirzaev EFFECT OF QUATERNARY AMMONIUM BASE ON THE PHOTOCHEMICAL PROPERTIES OF PYRANINE DYE In this article the effect of two types of used quaternary ammonium bases – tetraoctylaammonium hydroxide and cetyltrime- thylammonium hydroxide nature on the photo- chemistry of pyranine dye is studied. Experi- ments shown that less spherical base increases the quantum yield, meanwhile more spherical base provides a good stability. Keywords: sol-gel, quaternary ammo- nium base, spectroscopy, photochemistry, indi- cator. 130 ILMIY AXBOROTNOMA KIMYO 2016-yil, 1-son UDK 547.913:543.2 “PIMPINELLA ANISUM L.”DAN EFIR MOYLARINI AJRATISH TEXNOLOGIK JARAYONINI MAQBULLASHTIRISH A.N. Muxamadiev, B.K. Nayimova, N.K. Muxamadiev Samarqand davlat universiteti Ishda Pimpinella Anisum L. dan efir moylarini mikrot oʻlqinli isitishni qoʻllab ajratishning ustunliklari: termik usulga qaraganda efir moyni haydash vaqti ~ 6 martaga qisqargan va uning unumi 16 % ga oshganligi aniqlangan. Mazkur texnologiya b oʻyicha olingan efir moyi organoleptik va fizik-kimyoviy k oʻrsatkichlari hamda komponentlar tarkibi boʻyicha an’anaviy usulda olinganidan farq qilmaydi. Bayon etilgan texnologik jarayon yuqori ekologik va efir moylaridagi barcha foydali komponentlarni saqlash imkonini beradi. Kalit soʻzlar: efir moyi, Pimpinella Anisum L., mikrotoʻlqinli, termik, qizdirish, maqbullash. Kirish. Ma’lumki, efir moylari – organik birikmalarning turli sinflari, jumladan asosan terpenoidlar, kamroq esa aromatik va alifatik birikmalarga taalluqli b oʻlgan hidli moddalarning aralashmasi. Ularning tarkibiga efirmoyli oʻsimliklarda ishlab chiqiladigan hidli va hidsiz moddalar kiradi va berilgan oʻsimlikning hidli qismiga xos b oʻlgan xarakterli hidni beradi [1,2]. Dorivor oʻsimliklarning efir moylari biologik faollikning (antimikrob, antivirus, antifungal) keng spektrini namoyon qiladi [2]. Efir moylarining sifat va miqdoriy tarkibi dorivor oʻsimliklarning xemotip xilma-xilligi va yetishtirish sharoiti, ishlab chiqish texnologiyasi va saqlanish sharoiti hamda boshqa k oʻplab omillarga bo gʻliq. Shuning uchun ham efir moylarini ajratib olishning tezkor va samarali usullarini ishlab chiqish hamda ularning sifat va miqdoriy tarkibini oʻsimlik xom-ashyosi va ular asosida tayyorlangan fitopreparatlardan aniqlash dolzarb vazifalardandir. Efirmoyli xom-ashyoni qayta ishlash texnologiyasi efir moylarini ishlab chiqishda eng muhim bir bosqichi, umuman olganda uning oxirgi bosqichi asosan efirmoyli ishlab chiqarish samaradorligi bilan aniqlanadi. Oʻsimlik xom-ashyosidan efir moylari parli distillyasiya (gidrodistillyasiya) va ekstraksiya yordamida olinadi. Bunda turli fizik-kimyoviy va parfyumeriya sifatiga ega b oʻlgan distillyasion va ekstraksion efir moylari olinadi. Shuning uchun ham yuqori unumdorlik bilan sifatli efir moylarini olish uchun oʻsimlik xom-ashyosini qayta ishlash texnologiyasini maqbullashtirish dolzarb muammodir. Ishning maqsadi – Oʻzbekiston turli hududlarida oʻsadigan Pimpinella anisum L. oʻsimligidan efir moyini ajratishning texnologik jarayonini maqbullashtirish. Tadqiqot manbalari va usullari. Ma’lumki, kashnichsimon oshk oʻklar oilasiga kiruvchi arpabodiyon (Pimpinella anisum L.) juda qadimdan ziravor-aromatik oʻsimlik sifatida ma’lum. Oʻsimlikning mevasida asosiy tarkibi anetol b oʻlgan efir moyi 3-5 % gacha boʻladi. Arpabodiyondan olingan efir moyi bronxitlar, traxeitlar va boshqa kasalliklarda q oʻllaniladigan qator tibbiy preparatlar tarkibiga kiradi. Bundan tashqari mevalaridan 16-22 % gacha sovun pishirish va lakb oʻyoq ishlab chiqarishda ishlatiladigan yogʻ kislotalari olinadi. Pimpinella anisum L.dan quruq haydash usulida efir moyi olishda qizdirish usulini tanlash uchun termik va mikrot oʻlqinli qizdirish manbalaridan foydalanildi [3,4,5]. Pimpinella Anisum L. oʻsimligining yer ustki qismi namunasidan ajratib olingan efir moyining GX- MS analizi kvars shishadan tayyorlangan uzunligi 25 m va ichki diametri 0,25 mm b oʻlgan hamda ichki sirtiga 0,25 μm qalinlikda turgʻun faza (SE-30) bilan qoplangan kolonkada olib borildi. Kolonka termo- statining temperaturasi 30 dan 5 gradus/minut tezlikda 280 O C gacha k oʻtarildi, bugʻlatgich va xromatografik kolonka bilan mass-spektrometrik detektor oʻrtasidagi interfey temperaturasi 280 O C. Mass-spektrlarni qayd etish kvadrupolli mass-spektrometrda elektronlarning ionlovchi energiyasi 70 eV b oʻlgan elektron urishli ionlanishda qayd etildi. Ma’lumotlar 30-650 a.m.b. orali gʻida 1,9 skanerlash/sekund tezlikda yigʻildi. Gaz- tashuvchi – geliy [6]. Analiz vaqti – 50 minut. Olingan natijalar va ularning muhokamasi. Moddalar identifikatsiyasi mass-spektrlarning NIST bibliotekasi va ushlanish indekslari b oʻyicha amalga oshirildi. Pimpinella Anisum L. oʻsimligi tarkibidan turli qizdirish usullarini q oʻllab olingan efir moyining sifat va miqdor tarkibi 1-jadvalda keltirilgan. Har ikkala usulni solishtirish b oʻyicha olingan mahsulotlarning komponentli tahlili shuni koʻrsatdiki, mahsulotlar tarkibida alohida olingan efir moyi uchun xarakterli b oʻlgan qoʻshimcha narsa topilmadi. Mikrot oʻlqinli va termik isitish usullarida olingan efir moylarining komponentli tarkibini solishtirish asosida mikrot oʻlqinli ta’sir ajratib olingan efir moyining komponentlar tarkibiga ta’sir etmaydi degan xulosani chiqarishga olib keldi. Ularning organoleptik k oʻrsatkichlari ham farq qilmaydi. 131 ILMIY AXBOROTNOMA KIMYO 2016-yil, 1-son 1-jadval Pimpinella Anisum L. oʻsimligi tarkibidan turli qizdirish usullarini qoʻllab olingan efir moyining sifat va miqdor tarkibi [6] N Ushlanish vaqti Komponent Miqdori, % P< Mikrot oʻlqinli qizdirish Termik qizdirish 1 2.12 3-metilbutanal 0,15 ±0,01 0,14 ±0,01 0,1 2 2.18 2-metilbutanal 0,06 ±0,01 0,07 ±0,01 0,1 3 6.91 ∝ −pinen 0,07 ±0,01 0,08 ±0,01 0,1 4 9.78 ∝ −terpinen 0,15 ±0,01 0,14 ±0,01 0,1 5 10.14 para-simen 0,13 ±0,01 0,12 ±0,01 0,1 6 10.29 Limonen 0,28 ±0,02 0,29 ±0,02 0,1 7 11.48 ?????? −terpinen 0,21 ±0,01 0,20 ±0,01 0,1 8 13.36 Lenalool 0,28 ±0,01 0,30 ±0,01 0,1 9 16.49 Mentol 0,09 ±0,01 0,10 ±0,01 0,1 10 16.72 terpinen-4-ol 0,61 ±0,02 0,63 ±0,02 0,1 11 17.32 ∝ −terpineol 0,15 ±0,01 0,16 ±0,01 0,1 12 17.58 Metilxavikol 1,28 ±0,08 1,30 ±0,08 0,1 13 19.41 kumin aldegidi 0,19 ±0,01 0,18 ±0,01 0,1 14 17.68 karvon 0,27 ±0,02 0,29 ±0,02 0,1 15 19.98 sis-anetol 0,38 ±0,02 0,39 ±0,02 0,1 16 20.22 anis aldegidi 0,65 ±0,03 0,63 ±0,03 0,1 17 21.78 trans-anetol 82,56 ±1,24 81,98 ±1,24 0,1 18 23.59 ?????? −elemen 0,13 ±0,01 0,14 ±0,01 0,1 19 26.96 ?????? −kariofillen 0,10 ±0,01 0,11 ±0,01 0,1 20 27.74 trans- ∝ −bergamoten 0,08 ±0,01 0,09 ±0,01 0,1 21 28.21 ∝ −ximachalen 0,41 ±0,02 0,43 ±0,02 0,1 22 28.65 ?????? −farnezen 0,08 ±0,01 0,09 ±0,01 0,1 23 29.46 ?????? −ximachalen 3,89 ±0,11 3,92 ±0,11 0,1 24 29.71 ar-kurkumen 0,98 ±0,06 0,96 ±0,06 0,1 25 30.19 Zingiberen 1,05 ±0,05 1,07 ±0,05 0,1 26 30.36 ?????? − ximachalen 0,32 ±0,02 0,31 ±0,02 0,1 27 30.72 ?????? −bisabolen 0,71 ±0,03 0,73 ±0,03 0,1 28 31.34 ?????? −seskvifellandren 0,16 ±0,01 0,17 ±0,01 0,1 29 42.98 Izovalerilizoevgenol 1,32 ±0,02 1,34 ±0,02 0,1 30 44.81 Epoksiizovalerilizoevgenol 0,51 ±0,01 0,52 ±0,01 0,1 Eslatma: xromatogrammadagi ajralgan 6 ta komponent identifikatsiya qilinmadi. Efir moylarini mikrot oʻlqinli va termik qizdirish orqali ajratish jarayoni qoʻyidagi parametrlar asosida maqbullashtirildi: oʻsimlikni maydalanish darajasi (L.: d=1÷3 mm), jarayon temperaturasi (t 0 C=110- 120 0 C) va aralashtirish tezligi ( ?????? R aralashtirish = 30÷80 ayl./min) hamda jarayonning davom etish vaqti ( τ= 20÷200 min.). Jarayonning regression modelini tuzish uchun tajribalar k oʻp omilli rejalashtirish boʻyicha tuzilgan reja asosida oʻtkazildi. Efir moyining unumi me’zon parametr (funksiya) sifatida olindi. Olingan natijalar asosida regression modellarning koeffitsientlari aniqlandi, ularning ahamiyatliligi baholandi, modellarning adekvatligi tekshirildi. Efir moylarini ajratish jarayonini t oʻgʻri ifodalaydigan adekvat modellardan sempleks usulda efir moylarining maksimal unumini ta’minlaydigan maqbul sharoitlar aniqlandi. Pimpinella Anisum L. oʻsimligining yer ustki qismidan efir moylarini mikrotoʻlqinli isitish yordamida ajratib olishning maqbul sharoitlari: d=1÷2 mm; t 0 C=160-165 0 C; ?????? R aralashtirish =48÷60 ayl./min; τ=30÷33 min., termik isitish yordamida ajratib olishning maqbul sharoitlari esa: d=1÷2 mm; t 0 C=160-165 0 C; ?????? R aralashtirish =48÷60 ayl./min; τ=170÷180 min. Har ikkala qizdirish usulini q oʻllab, maqbul sharoitlarda olingan efir moylarining unumi va ularning fizik-kimyoviy k oʻrsatkichlari 2-jadvalda keltirilgan. 132 ILMIY AXBOROTNOMA KIMYO 2016-yil, 1-son 2-jadval Pimpinella anisum L. dan ajratib olingan efir moylarining unumi va ularning fizik-kimyoviy k oʻrsatkichlari (n=5) K oʻrsatkichlar Pimpinella anisum L. dan efir moyi olishda q oʻllanilganda P< mikrot oʻlqinli isitish termik isitish Jarayonning davomiyligi, min 30±3 175±5 0,001 Efir moyi unumi, % 2,52±0,12 2,11±0,11 0,001 Zichlik ρ 20 , g/sm 3 0,983 ±0,005 0,978 ±0,004 0,1 Sindirish k oʻrsatkichi, n 1,556 ±0,004 1,548 ±0,004 0,1 Kislota soni, mg KON/g 0,42 ±0,03 0,38 ±0,03 0,1 Efir soni, mg KON/g 105,4 ±2,5 107,3 ±2,4 0,1 Olingan natijalar mikrot oʻlqinli isitishning qoʻllanilishini termik isitishga nisbatan eng muhim ustunliklarini k oʻrsatdi: xom-ashyodan efir moyini haydash vaqti ~6 martaga qisqargan va uning unumi 16 % ga oshgan. Olingan efir moylarining fizik-kimyoviy k oʻrsatkichlarida sezilarli chetlanish kuzatilmadi (P<0,1). Bayon etilgan texnologik jarayon yuqori ekologik va efir moylaridagi barcha foydali komponentlarni saqlash imkonini beradi. Yuqorida qayd etilganlarning barchasi oʻta yuqori chastotali elektromagnit nurlanishli isitish manbasi sifatida q oʻllanilganda efir moylari ishlab chiqarish texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarining keskin oshishiga olib kelishi haqida fikr aytishga olib keladi. Xulosalar 1. Pimpinella Anisum L. oʻsimligining yer ustki qismidan efir moylarini mikrotoʻlqinli isitish yordamida ajratib olishning maqbul sharoitlari: d=1÷2 mm; t 0 C=160-165 0 C; ?????? R aralashtirish =48÷60 ayl./min; τ=30÷33 min., termik isitish yordamida ajratib olishning maqbul sharoitlari esa: d=1÷2 mm; t 0 C=160-165 0 C; ?????? R aralashtirish =48÷60 ayl./min; τ=170÷180 min. ekanligi aniqlandi. 2. Pimpinella Anisum L. oʻsimligidan efir moylarini ajratishda mikrotoʻlqinli isitishning qoʻllanilishi termik isitishga nisbatan ustun ekanligi k oʻrsatildi: xom-ashyodan efir moyini haydash vaqti ~ 6 martaga qisqargan va uning unumi 16 % ga oshgan. 3. Mikrot oʻlqinli va termik isitish usullarida olingan efir moylarining komponentli tarkibini solishtirish asosida miqrot oʻlqinli ta’sir ajratib olingan efir moylarining komponentlar tarkibiga ta’sir etmaydi Ish A-12-25 granti doirasida bajarilgan. Adabiyotlar 1. Ткаченко К.Г. Эфирномасличные растения и эфирные масла: достижения и перспективы, современные тенденции изучения и применения // Вестник Удмуртского университета. Био- логия. Науки о земле. – 2011.- вып.1. – С. 88-100. 2. Гуринович Л., Пучкова Т. Эфирные масла. Химия, технология, анализ и применение.- М.: Школа косметических химиков, 2005. – 192 с. 3. Романова Н. Н., Гравис А. Г., Зык Н. В. Микроволновое облучение в органическом синтезе //Успехи химии. – 2005. – Т. 74. – №. 11. – С. 1059-1105. 4. Кубракова И. В. Микроволновое излучение в аналитической химии: возможности и пер- спективы использования //Успехи химии. – 2002. – Т. 71. – №. 4. – С. 327-240. 5. Muhamadiev N.Q., Sayitkulov Sh.M., Fazlieva N.T., Muhamadiev A.N. Separation technology of essential oils from plants “Pimpinella Anisum L.” cultivated in Uzbekistan // XV International Sci- entific Conference “High-Tech in Chemical Engineering – 2014”, Zvenigorod September 22–26, 2014. - Moscow, 2014. – P. 159. 6. Muxamadiev A.N., Muxamadiev N.Q., Fazlieva N.T. Pimpinella anisum L. oʻsimligidan ajratib oligan efir moyining kimyoviy tarkibini GX-MS usulida oʻrganish // SamDU axboratnomasi, 2014. – N 1 (83), 82-86 betlar. 133 ILMIY AXBOROTNOMA KIMYO 2016-yil, 1-son А.Н.Мухамадиев, Б.К.Найимова, Н.К.Мухамадиев ОПТИМИЗАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО ПРОЦЕССА ВЫДЕЛЕНИЯ ЭФИРНОГО МАСЛА ИЗ “ PIMPINELLA ANISUM L. ” В работе выявлены преимущества примене- ния микроволнового нагрева при выделении эфир- ных масел из Pimpinella Anisum L.: сокращение вре- мени отгонки в 6 раз и повышение его выхода на 16 % по сравнению с термическим методом. Эфирные масла, полученные по данной технологии, сходны по органолептическим и физико-химическим пока- зателям, а также компонентному составу с традици- онными. Описанный технологический процесс явля- ется высокоэкологичным и позволяет сохранить все ценные компоненты эфирных масел. Ключевые слова: эфирное масло, Pimpinella Anisum L., микроволновый и термический нагрев, оптимизация. A.N.Muhamadiev, B.K.Nayimova, N.K.Muhamadiev OPTIMIZATION OF SEPARATION TECHNOLOGICAL PROCESS OF ESSENTIAL OILS FROM "PIMPINELLA ANISUM L." The paper describes use advantages of the identified microwave heating in the isolation of essential oils from Pimpinella Anisum L.: short- ening stripping time ~ 6 times and increasing its output by 16% compared to the thermal method. Essential oils obtained by this technology, are similar on organoleptic and physico-chemical parameters, as well as on component composition with traditionals. The described process is high ecological, and allows to save all the valuable components of essential oils. Keywords: essential oil, Pimpinella Ani- sum L., microwave, thermal, heating optimiza- tion. UDK 541.18:543.54.544.72:553.611.6 TURLI TUPROQ NAMUNALARIDAN OLINGAN SORBENTLARNING FAZOVIY TARKIBINI RENTGENOFAZOLI DIFRAKTOMETRIYA USULIDA OʻRGANISH Sh.M.Sayitqulov, X.M.Saidov, N.Q. Muxamadiev Samarqand davlat universiteti Annotatsiya. Ish Urgut tumani turli tuproqlari namunalaridan olingan sorbentlarning fazoviy tarkibini oʻrganishga bagʻishlangan. Sorbentlarning fazoviy tarkiblari kaolinit (Al 2 Si 2 O 5 (OH) 4 ), kvars (SiO 2 ), korund (Al 2 O 3 ) va boshqalardan iborat ekanligi k oʻrsatilgan. Namunalarda yuqorida qayd etilgan moddalarning b oʻlishi ularning sorbsion qobiliyatini namoyon qilishiga guvohlik beradi. Kalit s oʻzlar: tuproq, sorbent, difraktogramma, fazoviy tarkib, kaolinit, kvars, korund. Kirish. Ma’lumki, ba’zi tuproqlar keramik buyumlar, turli qoplamalar, sorbentlar olishda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi [1]. Ushbu xildagi tuproqlarning q oʻllanilish chegarasini yanada kengaytirish va maqbullashtirish ularning tarkibini qay darajada oʻrganilganligi bilan belgilanadi. Shu bilan bir qatorda dispers sistema sifatida loydan k oʻp fazoli sistemaning shakllanish mexanizmini oʻrganish undan polifazoli kukunlar olish imkoniyatini beradi. Qayd etilgan muammolarni yechishda oʻzining oddiyligi, yuqori aniqligi va analizning haqiqiy ekanligi bilan xarakterlanadigan rentgen difraksiya usuli kukunlarning samarali identifikatsiyasini ta’minlaydi [2]. Olingan difraktogramma tekshirilayotgan namunaning fazoli tarkibi, fazolarning kristallik tuzilishi (strukturasi) va mikrostrukturalar xarakteristikalarini (nurning kogerent sochilish sohasi oʻlchamlari, panjaralarning mikrodeformatsiyasi va h.k.) oʻzida mujassamlashtiradi. Ushbu xarakteristikalar Ritveld usuli [3] yordamida aniqlanishi mumkin. Ritveld usulining mohiyati shundan iboratki, difraktogrammalar hisoblangan profillarining tajribada topilgan qiymatlarga yaqinlashtirish jarayonida profil va struktura parametrlarining boshlan gʻich yaqinlashuvini iteratsiya usulida aniqlashdan iborat. Bunda moslik va usulning aniqligi chiziq formasini modellashtirish va difraktogrammaning fon tashkil etuvchisi, hamda fazoning monostruktur xarakteristikalariga bo gʻliq. Difraktogramma formasining approksimatsiyasi uchun k oʻproq Person va psevdo-Voytning koʻp parametrli taqsimlanishi, fonning approksimatsiyasi uchun esa ba’zi polinomlar [4] q oʻllaniladi. Bish va Howardlar [5] Ritveld usuli va ma’lum difraktogramma parametrlarining analizi davomida aniqlanishi mumkin b oʻlgan struktur fazoli komponentlar namunalariga asoslangan miqdoriy rentgenofazoli analizni amalga oshirish usulini taklif etishgan. Ushbu usul [5] q oʻllanilganida aralashmalar parametrlarini aniqlashda yuqori aniqlikka erishiladi. Shuning uchun ham ba’zi tuproq namunalaridan olingan sorbentlarning fazoli tarkibini oʻrganishda rentgen difraksiya usulining oʻrni beqiyosdir. 134 ILMIY AXBOROTNOMA KIMYO 2016-yil, 1-son Ishning maqsadi. Urgut tumani ba’zi hududlari tuproqlaridan olingan sorbentlarning fazoli tarkibini rentgenofazoli difraktometriya usulida oʻrganish. Tadqiqot manbalari va usullari. Tadqiqotlar uchun Urgut tumanining turli hududlari tuproqlaridan tayyorlangan sorbentlar ishlatildi. Namunalar identifikatsiyasi kompyuter bilan boshqariladigan XRD-6100 (Shimadzu, Japan) asbobida olingan difraktogramma asosida olib borildi. Difraktogrammani olish uchun CuK α -nurlanish ( β-filtr, Ni, 1,54178 tok rejimi va trubkaga beriladigan kuchlanish mos ravishda 30 mA va 30 kV) va detektorning 0,02 gradus qadam bilan 4 grad/min aylanishning doimiy tezligida (bir-biriga t oʻgʻri kelishi ω/2θ) qoʻllanildi, skanerlash burchagi esa 3 dan 80 o gacha oʻzgartirildi. Tajribalarni qayd etishda aylanuvchi kamera q oʻllanilgan boʻlib, uning aylanish tezligi 30 ayl./min ni tashkil etdi (Difraktogrammalar OʻzR FA bioorganik kimyo ilmiy tekshirish institutida jamoa foydalanishi uchun moʻljallangan asbobda olingan). Ayrim namunalarning difraktogrammalari 1- va 2-rasmlarda keltirilgan. Olingan natijalar va ularning muhokamasi.Tuproqlardan olingan sorbentlar namunalari asosan Al, Si, O, H elementlaridan tashkil topgan deb, birinchi bosqichda namunalarning difraktogrammalaridan rentgen nurlarining intensivliklari hisoblandi [7-9]. Tuproq tarkibiga kiruvchi fazolarning strukturalari va difraktogrammalari Amerika minerologlar jamiyati (American Mineralogist Crystal Structure Database) spektroskopik bazasida qayd etilgan. Difraksiyaga uchragan rentgen nurlarining intensivligi bir elementar yacheykadagi turli atomlar sochgan t oʻlqinlarni ustma-ust qoʻyish orqali aniqlandi [11]: ( ) 2 )) ( 2 exp( ) ( ) ( ∑ + + = j j j i hkl j hkl lz ky hx i H f A I π θ θ , (1) 1-rasm. Sorbent namunalarining (a, b) difraktogrammalari bunda, h, k, l - berilgan kristall panjarada rentgen nurlarining imkoniy akslanishini aniqlovchi butun sonlar t oʻplami; A(θ) – asbob funksiyasi; j – elementar yacheykadagi atomning tartib raqami; (x j , y j , z j ) – elementar yacheykadagi atomlarning nisbiy koordinatalari; f j (H hkl ) − teskari panjara vektori H hkl ga mos keluvchi y oʻnalishdagi j-chi atom nurlanishining sochilish omili. Forma omil kattaligi atomdagi elektronlar soni va ularning taqsimlanishi hamda nurlanishning t oʻlqin uzunligi va sochilish burchagiga bogʻliq. Bu kattalik [7] ishda keltirilgan quyidagi formula boʻyicha aniqlandi: ( ) ( ) dr r r H r H r H f hkl hkl j hkl 2 0 j sin ) ( ∫ ∞ = ρ , (2) bunda r – fazoviy nuqta radius vektori; ) (r j ρ – j-chi atomdagi elektron zichlik. Difraksiyaga uchragan rentgen nurlarining ch oʻqqi intensivliklari ) ( θ hkl I ABINIT dasturiy majmuasi yordamida hisoblandi. Chiziq profilini varirlovchi parametr η bilan aniqlanuvchi o gʻirlik ulushi yordamida ifodalash uchun Lorensev va Gaussov hadlarining chiziqli kombinatsiyasi b oʻlgan asbob funksiyasi ) ( θ A - psevdo-Vayt ishlatildi [11]: 135 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling