Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
ac295b4c4cfa5a38962878bfbfe8afde
ILMIY AXBOROTNOMA
FILOLOGIYA 2016-yil, 4-son ichidan gapirtirilgandagina, qahramonning ichki olami ochiladi. Qahramonningichki olamini, ichidagi bo‘lgan ohangni, ichidagi dardni yozuvchi o‘z tili bilan olib chiqadi...” [5, 618-bet]. Shunisi e’tiborliki, Said Ahmad o‘zi yozgan komediyalarning tiliga ham jiddiy e’tibor berardi. Masalan, adibning “Kuyov” komediyasi aslida mashhur komik aktyor, O‘zbekiston Xalq artistiG‘ani A’zamov uchun yozilgan. Buni Said Ahmadning quyidagi so‘zlari ham to‘la tasdiqlaydi: “G‘ani A’zamov ham ko‘pdan beri, men ham biron asarda bosh rol o‘ynasam yaxshi bo‘lardi, deb orzu qilardi. “Oltin devor”dagi Mo‘min obrazi unga qanot bergan edi. Men G‘ani aka uchun maxsus “Kuyov” pesasini yozdim. Asar qahramoniga ham G‘anivoy deb nom berdim. Bu san’atkorning jami ijodiy imkoniyatlarini ishga solishni niyat qildim. Pyesa bitguncha necha martalab o‘ziga o‘qib berdim. Pyesa bitib, repetitsiya paytlarida ham u kishidan qutulmasdim. Manavu so‘zga jindek qo‘shing, manavu so‘zni kalta qilib bering, deb turib olaverdi. Oxiri bir kuni qo‘liga pyesani berib, o‘z rolingizni o‘qing, og‘zingizga qarab gaplaringizni tuzataman, dedim. Yaxshiyam, shunaqa qilgan ekanmiz, yozgan gaplarim uning og‘zidan boshqacha, jonli, ohangli, kulgili bo‘lib chiqaverdi. Shu tariqa G‘ani obraziga jon bag‘ishladik” [7, 57-bet]. Shunday qilib, yangi o‘zbek adabiyotining yirik vakili, mohir so‘z san’atkori Said Ahmad o‘zining badiiy asar tili va nutq madaniyatiga doir ilmiy-nazariy qarashlari bilan ham o‘zbek adabiy jarayoning ravnaqiga salmoqli hissa qo‘shgan edi. Uning bu sohadagi xizmatlarini izchil tadqiq etish badiiy nutq uslubiyatining kelgusi rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyotlar 1. Badiiy til muammolari (zargarlikmi yoki kosiblik?) // Sharq yulduzi, 1985, 1-son. – B. 170-182. 2. Bu haqda qarang: Eltazarov J. Tildagi tejamlilik tamoyili va qisqaruv. – Samarqand: SamDU nashri, 2004. – B. 8-27. 3. Rasulov T. Til qisqalikka intiladi // O‘zbekiston adabiyoti va san’ati, 1985, 29-mart. 4. Said Ahmad. Til qisqalikka intilmaydi // O‘zbekiston adabiyoti va san’ati, 1985, 29-mart. 5. Said Ahmad. Saylanma (hikoyalar, komediya, miniatyuralar, adabiy o‘ylar). Uch jildlik. 3-jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1982. – B. 594. 6. Said va Saida (muhabbat va sadoqat maktublari). To‘plab nashrga tayyorlovchi Nodira Said Ahmad qizi Xusanxo‘jaeva. – Toshkent: “Sano-standart” nashriyoti, 2015. – B. 82. 7. Said Ahmad. Toshlarda qotgan hayrat (adabiy o‘ylar, xotiralar, hikoyalar). – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2006. – B. 17. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling