Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
ac295b4c4cfa5a38962878bfbfe8afde
ILMIY AXBOROTNOMA
FILOLOGIYA 2016-yil, 4-son shirali. Yozuvchi har bir personajga uning xususiyatiga qarab til tanlagan. Shuning uchun ham “Umid” o‘quvchilar qalbiga yo‘l topdi”, - deb ta’kidlagan edi [5, 569-bet].Yoki Said Ahmad shogirdlaridan biri Nosir Fozilov haqida gapirib, “Men talantli ukam Nosir Fozilovga Jambul umridek uzoq umr, Oybekcha donolik, G‘afur G‘ulomga xos quvnoqlik, Qahhorcha puxta siqiqlik, Uyg‘uncha nafislik va kenglik tilayman”, - deb yozgan edi [5, 585-586-betlar]. Yozuvchi Said Ahmad hajvchilik talanti haqida gapirganda, hajvchining til ustida ishlashi haqida shunday ibratli fikr-mulohazalarni bildiradi: “...hajvchi xalq tilini, shu tilning butun ranglari-yu ohanglarini boshqalardan ko‘ra nozik his qiladigan va uni juda chiroyli qilib, odamlar chehrasiga tabassum purkaydigan qilib aytib bera oladigan mahorat egasi bo‘lmog‘i kerak. U so‘zni so‘zga urishtirib jaranglatadigan, gap tagiga gap yashiradigan, so‘z bilan odamlar ruhini qitiqlaydigan, tinglovchini og‘ir ruhiy holatdagi muvozanatini buzib, engil, quvnoq, kayfiyat holatiga olib kiradigan bo‘lishi kerak...” [5, 588-bet]. Shu bilan birga, hajvchilikda lof va mubolag‘aning o‘rni masalasi ham taniqli yumorist yozuvchi Said Ahmad e’tiboridan chetda qolmagan edi: “Bo‘rttirish, mubolag‘a masalasiga kelganda shuni aytish kerakki,faqat hajvchigina emas, jiddiy asar yozadiganlar ham lof, mubolag‘a qilsa, bu qusur emas, bir ijodiy usul deb qarash kerak. Har bir san’atkor o‘z maqsadi yo‘lida tilimizning, adabiyotimizning rang-barang usul, uslublaridan foydalanishi mumkin. Ammo har bir narsaning o‘z me’yori bo‘lishi kerak...” [5, 600-bet]. Shunisi e’tiborliki, Said Ahmad o‘tgan asrning 50-yillarida nohaq ayblanib, besh yil (1951- 1955) qamoq jazosiga hukm qilinganda ham onasi Zulfiya aya va turmush o‘rtog‘i, hassos shoira Saida Zunnunovaga yozgan xatlaridabadiiy asar tili masalalariga ham alohida e’tibor qilgan edi. Jumladan, u o‘z xatlaridan birida Saida Zunnunovaning “Kaptar” hikoyasi haqidashunday fikrlarni bildirgan edi: “... “Kaptar” hikoyangizni o‘qidim, yaxshi chiqibdi. Tilni silliqlang. Jumlalarni qisqaroq tuzing...” [6]. Yoki Said Ahmad o‘z xatlaridan birida ulkan rus yozuvchisi I.Turgenev ijodi haqida shunday fikrlarni bildirgan edi: “Hozirgina Turgenevning “Pervaya lyubov” povestini o‘qib tugatdim. Ajabo, Turgenev asarlarini o‘qiganimda, menda go‘yo ajoyib kuy tinglagandek taassurot qoldiradi. Turgenev chinakam so‘z san’atkori...” [6, 110-bet]. Umuman, Caid Ahmad talqinicha, “o‘z xalqining yozuvchisi bo‘lish uchun G‘afur G‘ulomdek so‘zni o‘ynatadigan, faylasuf Oybekdek o‘zbekona fikr qiladigan, Qodiriydek o‘z tilining eng mayda zarralarigacha ko‘ra oladigan va uni o‘quvchisiga rangin bo‘yoqlarda etkaza oladigan, Qahhordek to‘pponchaning o‘qidek qisqa va o‘tkir til egasi bo‘lishi shart. Til bilmagan yozuvchi orqa etagini yopib adabiyotdan o‘z ixtiyori bilan chiqib ketgani ma’qul”[7]. Said Ahmadtaniqli adib Murod Muhammad Do‘stni o‘ta milliy yozuvchi, deb hisoblaydi. Buxususiyat yozuvchining “Mustafo” qissasidagi kishilar tasvirida ochiq ko‘zga tashlanadi. CHunki bu qissada tasvirlangan kishilar bir-biriga sira o‘xshamaydi, yozuvchi ularning har biriga alohida til, alohida xulq-atvor bera olgan [7, 17-bet]. Said Ahmad iste’dodli yozuvchi Tog‘ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi”, “Ot kishnagan oqshom” qissalarini respublika yozuvchilarining plenumida “keyingi yillarda yaratilgan asarlarning eng yaxshisi”, deb baralla aytgan edi. O‘sha yig‘ilishdagi nutqida atoqli adib Tog‘ay Murodni “o‘zbek tilini kuylatgan; o‘zbek tilining jami jilvalarini oftobga solib ko‘rsatgan yozuvchi” [7, 49-bet] sifatida ulug‘lagan edi. Yozuvchi Said Ahmadning ayrim hikoyalarida qozoq xalqi vakillari nutqida qozoqcha so‘zlarni qo‘llashdek usuldan foydalanilgan. Taniqli adabiyotshunos olima va mohir tarjimon N.Vladimirova bilan suhbatda Said Ahmad bunday usuldagi obrazlar haqida quyidagicha izoh bergan edi: “Qahramonlar nutqiga qozoqcha so‘zlarni kiritganimning sababi shuki, o‘zbek xalqi, o‘zbek o‘quvchisi qozoq tilini yaxshi tushunadi... Umuman, qozoq xalqi vakillarining nutqida shu xalq tiliga xos ayrim so‘z va iboralarni berib borsa, yomon bo‘lmaydi…” [5, 615-bet]. Ana shu suhbatda yozuvchibadiiy til mahorati va uni o‘rganish haqidagi quyidagi fikrlarni ham o‘rtaga tashlagan edi: “Keyingi paytlarda bizda so‘z san’atkori degan iboraning o‘zi qoldi, xolos. Yozuvchilar mutlaqo tildan chiqib ketib qolishdi. Men ikki narsani istayman va o‘zim ham shunga alohida ahamiyat beraman. Birinchidan, asarda tilning tiniqligi, ikkinchidan, o‘sha til bergan ruh, qandaydir musiqiylik bo‘lishi kerak...”[5, 617-bet]. Shu bilan birga ulkan adib qahramonlarning ichki dunyosini, ruhiy holatini yorqin tasvirlashda ichki nutqning roliga juda yuksak baho berib shunday degan edi: “Yozuvchi faqat qahramonning tilidagini yozmay, uni ichidan ham gapirtira bilishi kerak. Chunki 110 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling