Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana25.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1721954
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ac295b4c4cfa5a38962878bfbfe8afde

ILMIY AXBOROTNOMA 
FILOLOGIYA 2016-yil, 4-son 
bajarganlar, ular o‘zlarining shu xizmatlari evaziga jamiyatda, xalq ichida, jumladan, filolog olimlar 
orasida ham katta obro‘ga ega bo‘ladilar, adabiy tilda foydalanishning yoki badiiy fikrlashning yoki 
badiiy nutqning yuksak namunasiga erishadilar. Lekin tilni amalda shunday mukammal darajada 
yaxshi bilgan kishilar ham bir oz tayyorgarlik ko‘rmasalar, tilning tahlilida har xil kamchilik va 
xatoliklarga yo‘l qo‘yishlari mumkin. 
Tildagi ixchamlikka intilish jarayoni qonun tusiga kirgan, muttasil davom etib turuvchi 
jarayondir. U, odatda, og‘zaki nutqdan boshlanadi va bu holat yozma nutqda, ayniqsa sarlavhalarda va 
kitoblarning nomlarida, xalq tili va maqollarida ko‘p uchraydi hamda ular bora-bora turg‘un birikma 
yoki qo‘shma so‘zlarga aylanib, tilga tabiiy ravishda singib ketadi. Og‘zaki va yozma nutqda 
boshlangan ana shunday qisqartirishlar ko‘pincha dastlabki paytlarda birmuncha erishroq bo‘lib 
tuyulsa ham, davrlar o‘tishi bilan tilning umumiy qonuniyatiga, umumiy mulkiga aylanib qoladi [2]. 
Masalaga ana shu nuqtai nazardan qaraganda, Said Ahmadning A.Qodiriy, Oybek, A.Qahhor 
kabi ulkan yozuvchilarimiz asarlarining nomlarini tanqid qilib bunga sababchi «adabiy tanqidning 
sustligi» deb baho berishi ham unchalik to‘g‘ri emas. Masalan, Said Ahmad o‘z maqolasida 
«Mehrobdan chayon» «Mehrobdan chiqqan chayon» yoki «Mehrob chayoni» deb atalsa to‘g‘ri bo‘lar 
edi, deydi. «Oltin vodiydan shabadalar” esa «Oltin vodiydan esgan shabadalar» yoki «Oltin vodiy 
shabadalari» deb atalishiga tarafdor bo‘lib chiqadi. «Tobutdan tovush» yozuvchi fikricha, «Tobutdan 
chiqqan tovush» deb tuzatilishi kerak edi. 
To‘g‘ri, bu asarlar Said Ahmad aytgan tarzda atalishi ham mumkin edi (kontekst ichida 
bo‘lgan taqdirda shunday atalishi lozim edi). Lekin nomlarni qisqartirib berishning qulayligi nuqtai 
nazardan qaraganda va tildagi ixchamlashish qonuniyatini hisobga olganda ushbu o‘rinda A. Qodiriy, 
Oybek, A. Qahhor kabi ulkan so‘z san’atkorlari, haqiqatan ham, beparvolikka yo‘l qo‘yganmikanlar? 
Bizningcha, undayga o‘xshamaydi. Chunki bu adiblarning qay darajada tug‘ma talant ekanligi 
va tilni qay darajada yaxshi bilganligi aniq. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ular tildagi ixchamlikka 
intilish qonuniyatini ham yaxshi bilganlar, deb bemalol ayta olamiz. Darhaqiqat, «Mehrobdan 
chayon» dastavval quloqqa birmuncha erishroq tuyulsa.ham, lekin ushbu kontekstda eng ahamiyatli va 
bir-biri bilan semantik jihatdan munosabatga kirishmagan so‘zlarni munosabatga kiritishi nuqtai 
nazaridan o‘quvchining e’tiborini o‘ziga jalb qiladi. Agar uni «Mehrob chayoni» deb atasak, 
obrazlilik, ramziylik va ekspressivlik biroz susaygan bo‘lardi. «Oltin vodiydan shabadalar» haqida 
ham shunga o‘xshash fikrni aytish mumkin. 
«Tobutdan tovush» haqida shuni aytish kerakki, Abdulla Qahhor shu nomni ataylab, bila turib 
qisqartirgan va ixchamlashtirgan, chunki u keng komponentli nomni dastavval «Dardaqdan chiqqan 
qahramon» qissasida bergan edi. Demak, adib yangi asarida keng qurilmali (komponentli) nom 
(sarlavha)ni takrorlab o‘tirishni xohlamagan. Qolaversa, yuqorida qayd qilingani singari A. Qahhor 
ham A. Qodiriyga o‘xshab yoki undan ta’sirlanib, qovushmagan so‘zlarni qovushtirib (munosabatga 
kiritib) nom (sarlavha) yasagan. «Tobut» va «tovush» komponentlarini biriktirib nom (sarlavha) 
yasash asarning satirik xarakterini (ohangini), ramziy-majoziy ahamiyatini (demak, obrazliligini ham) 
va ekspressivligini kuchaytirgan. Bu nomda ixchamlikdan tashqari tovushlar takrori(uyg‘unligi)ham 
ma’lum ahamiyat kasb etadi. 
1985-yilda «Sharq yulduzi» jurnalida e’lon kilingan yozuvchi Said Ahmadning bu maqolasi 
tilshunos va adabiyotshunos olimlar orasida katta bahs-munozaraga sabab buladi. Shu maqola 
yuzasidan keyinchalik adabiyotshunos olim T.Rasulov «Til qisqalikka intiladi» nomli maqola bilan 
«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» (O‘zAS) gazetasida chiqish qildi [3]. Gazetaning xuddi shu sonida 
yozuvchi S.Ahmadning «Til qisqalikka intilmaydi» nomli javob maqolasi ham berilgan edi [4]. 
T.Rasulovning fikricha, «Badiiy asar tilida qisqalik qonunlari amal qiladi. Chunki xalqimiz 
xamir uchidan uzib olingan patir demaydi. Shunga ko‘ra A.Qodiriy «Mehrobdan chayon», Oybek 
«Oltin vodiydan shabadalar», A.Qahhoresa «Tobutdan tovush» sifatida kashf etgan sarlavhalarni 
tuzatishga hojat yo‘q» [3]. Olimning bu fikriga e’tiroz bildirib S.Ahmad «Tilning o‘zi qisqalikka 
intilmaydi, qisqa qilish siz bilan bizning qo‘limizda. Tabiatning bu bebaho in’omini ehtiyot qilaylik» 
[4], deb o‘z javob maqolasini yakunlaydi. 
Said Ahmad ustozlaridan biri, ulkan so‘z san’atkori Abdulla Qahhor ijodini shunday 
baholagan edi: “Abdulla Qahhor hikoyalaridagi siqiqlik, so‘zni isrof qilmaslik, tagdor gap aytish 
san’ati men uchun bir darslik xizmatini o‘tadi” [5, 594-bet].Said Ahmad tengdoshi, O‘zbekiston xalq 
yozuvchisi Mirmuhsinning “Umid” romani haqida so‘z yuritar ekan,bu romanning “tili nihoyatda 
109 



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling