Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
ac295b4c4cfa5a38962878bfbfe8afde
- Bu sahifa navigatsiya:
- IQTISODIYOT/ECONOMICS Tashnazarov S.N. Innovatsion iqtisodiyot sharoitida moliyaviy buxgalteriya hisobi va
- MUALLIFLARGA/FOR AUTHORS 200 5 ILMIY AXBOROTNOMA
- Kalit so‘zlar
Igamov S.S.
Raximov А.A. Kasb-hunar kollejlarida pedagog mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning psixologik jihatlari Psychological aspects of career guidance teachers in vocational colleges 190 IQTISODIYOT/ECONOMICS Tashnazarov S.N. Innovatsion iqtisodiyot sharoitida moliyaviy buxgalteriya hisobi va hisoboti mustaqil fan sifatidagi xususiyatlari va taraqqiy ettirilishi Identify financial accounting and reporting of independence science and developmend under the condition of innovation economy 196 MUALLIFLARGA/FOR AUTHORS 200 5 ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2016-yil, 4-son UDK 494.3: 891.709 SAID AHMADNING BADIIY ASAR TILI VA NUTQ MADANIYATIGA DOIR QARASHLARI XUSUSIDA B.Yo‘ldoshev 1 , D. Yo‘ldosheva 2 Samarqand davlat universiteti, 1 professor, 2 mustaqil tadqiqotchi E-mail: bek.47@rambler.ru Annotatsiya. Maqolada taniqli yozuvchi, O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmadning badiiy asar tili, nutq madaniyatiga doir ilmiy-nazariy qarashlari tahlil qilinadi, ulkan adibning “Badiiy asar tili masalalari” mavzuidagi “Davra suhbati”ga ishtiroki, Abdulla Qodiriy, Oybek, G‘afur G‘ulom, Аbdulla Qahhor,O‘lmas Umarbekov, Tog‘ay Murod, Murod Muhammad Do‘st singari taniqli yozuvchilarning til ustida ishlash mahoratiga oid fikr-mulohazalari yoritiladi. Kalit so‘zlar: badiiy asar tili, nasriy asarlar tilining musiqiyligi, til haqida bahs-munozara, sarlavha tanlash san’ati, til qisqalikka intilmaydi. O‘zbekiston Qahramoni, Xalq yozuvchisi Said Ahmad (1920-2007) o‘z ijodi davomida badiiy asar tili, uning o‘ziga xos xususiyatlari, yozuvchilarning o‘z asarlari tili ustida ishlash mahorati, nutq madaniyati, ommavviy axborot vositalari (OAV) tili haqida ham muhim fikr-mulohazalarni bildirgan edi. O‘tgan asrning 80-yillariga kelib badiiy asar tili masalalariga bag‘ishlangan bahs-munozaralar gazeta va jurnallar sahifalarida chop etiladigan bo‘ldi. Masalan, ana shunday bahs–munozaralardan biri 1985-yilda «Sharq yulduzi» jurnalida e’lon qilingan bo‘lib, «Badiiy til muammolari (zargarlikmi yoki kosiblik?)» deb nomlangan edi [1]. Mazkur «Davra suhbati»da atoqli adiblarimizdan Hamid G‘ulomning «Davr ko‘zgusi», Mirmuhsinning «Til - javohir» nomli maqolalari, xususan, Said Ahmadning “Boqimonda” jumlalar” deb atalgan maqolasi e’lon qilindiki, bular kitobxonlarda katta e’tibor va qiziqish uyg‘otdi. Haqiqatan ham, adabiy til masalasiga, jumdadan, badiiy til masalasiga keyingi vaqtlarda e’tibor ancha susayib qolgan edi. Shu jihatdan qaraganda «Sharq yulduzi» jurnali tahririyatining bu masalani ko‘tarib chiqishi hammaga ham manzur bo‘lgan edi. «Davra suhbati»da berilgan materiallar ichida, hech shubhasiz, taniqli adib Said Ahmadning maqolasi masalaning ko‘lami bilan ham, keskin va ochiqchasiga qo‘yilishi bilan ham alohida o‘rin egallaydi. Adib o‘z maqolasida adabiy til va badiiy stilga taalluqli bo‘lgan ko‘pgina masalalar haqida kuyinib, ro‘yi rost, asosan bilib gapirgan. Maqolada juda muhim masalalar ko‘tarib chiqilgan. Shuning uchun ham bu maqola ko‘pchilikning alohida e’tiborini qozondi va hozirgi kunga qadar qo‘shimcha munozaralarga sabab bo‘lib kelmoqda. Said Ahmad “Boqimonda” jumlalar” nomli maqolasida «Men butun umrim davomida biron o‘zbek olimining adabiy til yoki biron asarning tili to‘g‘risida yozgan maqola yoxud biron kichkinagina kitobchasiga ko‘zim tushmadi»[1, 173-bet], - deb yozgan edi.Haqiqatan ham, Said Ahmad biror o‘zbek olimi yoki adibining adabiy til haqidagi maqola yoki kitobini o‘qimagan bo‘lishi mumkin. Lekin shunday deb oshkora yozishi unchalik chiroyli chiqmagan, deb o‘ylaymiz. Darhaqiqat, hech bo‘lmaganda Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug‘atayn» asarida adabiy til, unda sinonimlarning roli haqidagi fikrlarni esga olish o‘rinlidir. Shuningdek, A.Qodiriy, Oybek, A. Qahhor, P.Qodirov kabi ulkan so‘z ustalari ham badiiy til masalalari bilan maxsus shug‘ullanib kelganlar. Masalan, A.Qodiriy badiiy asar tiliga oid «Yozishg‘uvchilarimizga» (1926), «O‘qish - o‘rganish (mayda hikoyalar yozganda so‘zni qanday tejash kerak)» (1936), Oybek esa “O‘zbek poeziyasida til” (1935) singari maqolalar yozgan, P.Qodirov “Til va dil” (1972), “Xalq tili va realistik proza” (1973) nomli ilmiy risolalar, M.Hakimov“Yozuvchi va xalq tili” (1971) nomli monografiya yaratgan va hokazo. Masalaga shu nuqtai nazardan qaraganda yuqorida eslatilgan «Davra suhbati»da Said Ahmadning: «Talantli yozuvchi bu holatlarni daftarga yozib yurmaydi...» [1, 173-bet], degan fikri ham bir oz munozaralidir. Chunki, birinchidan, yosh va boshlovchi yozuvchilar uchun yon daftar tutish, lug‘at va boshqa xil manbalarni ko‘rishning, xususan, til manbalarini o‘rganishning ahamiyati juda katta. Ikkinchidan, talantli yozuvchilardan L.Tolstoy, M.Sholoxov, Oybek, A.Qahhorlar ham doim lug‘atdan yoki yon daftardan foydalangan va xalq orasida yurib, xalq tilini sinchiklab o‘rgangan. Demak, Said Ahmad to‘g‘ri aytganidek, talantli yozuvchi tilni amaliy jihatdan mukammal bilishi va uni amalda, shu jumladan, badiiy adabiyotda ham o‘rinli qo‘llay olishi lozim va shart. Said Ahmadga o‘xshagan so‘z ustalari bu muhim vazifani o‘z ijodlari davomida deyarli bekamu ko‘st 108 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling