Navoiy davlat pedagogika instituti tab iiy fanlar fakulteti
Download 282 Kb.
|
Nilufar Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oltingugurt oksidlari va xossalari Tayyorladi: Tog’ayeva N.T. Qabul qildi: k.f.n. Hotamova M.S. Navoiy -2015 MUNDARIJA I. KIRISH
- II.ASOSIY QISM
- XULОSА
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TAB IIY FANLAR FAKULTETI KIMYO O’QITISH METODIKASI KAFEDRASI 5110300- KIMYO O’QITISH METODIKASI TA’LIM YO’NALISHI NOORGANIK KIMYO FANIDAN KURS ISHI Oltingugurt oksidlari va xossalari Tayyorladi: Tog’ayeva N.T. Qabul qildi: k.f.n. Hotamova M.S. Navoiy -2015 MUNDARIJA I. KIRISH...............................................................................................................3 II.ASOSIY QISM………………………………….……………………….……6 2.1. VI guruhining asosiy guruhcha elementlarining umumiy tavsifi ……………..6 2.2.Oltingugurt oksidlari va ularning xossalari ….…………………...…………..10 2.3. Sulfat angidrid uning olinish, fizik kimyoviy xossalari …………………….16 XULОSА….……………………………………….……….……....…………….22 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI K I R I S H Insoniyatni`ng ko’p asrlik tarixi shundan dalolat beradiki, bu dunyoda o’zining milliy davlatini kurashga azmu qaror qilgan har qaysi xalq yuksak vazifalarni amalga oshirish, shu yo’lda odamlarni birlashtirsh va safarbar qilish, ularning qalbida ishonch uyd’otish, eski ijtimoiy tuzumdan mutlaqo yangi tuzimga o’tishda o’ziga qo’shimcha kuch –quvvat va madad topishda umumiy, yagona maqsad va orzu-intilish ifodasi bo’lgan milliy tayanch va suyanch deb biladi. Uzluksiz ta’lim jarayonida o’quvchilarni amaliy tajribalar bilan ta’minlash tizimi-bilim, ko’nikma, malakalarni shaxslarning ma’lum maqsad yo’nalishida o’rganishini nazarda tutadigan, aniq bir tugallangan ko’nikma va malakani egallaydigan, yuqori malakali mutaxassisning ma’lum sohaga qadar sifatida tayyorlanishini ta’minlaydigan jarayon hisoblanadi. Aynan mazkur maqsadning bajarilishini ta’minlab beradigan holat bu-uzluksiz ta’lim jarayonining amaliy va nazariy jihatdan mukammal tarkib topganligi hisoblanadi. Bizningcha, bugungi kunda o’quvchi-yoshlarni uzluksiz ta’lim jarayonida aniq bir soha uchun mutaxassis, zamonaviy malakalarnng mohir egasi bo’lgan mutaxassis kadr bo’lish g’oyasi bilan kamol toptirish ishlarining izchilligi bilan amaliyotga tadbiq etilishi o’ta puxta o’ylangan islohat hisoblanadi. Qolaversa, shunday mazmunda o’quvchi yoshlarni zamonaviy kasb hunarlarga yo’nalish ishlari davlatimiz mustaqilligining ilk kunlaridan e’tiborga olinadi hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limni turini tubdan yangi yo’nalishdagi mazmunda shaklllantirish lozimligi belgilanadi. Mazkur yo’nalishning belgilanishi hamda mazmunda ifodalanishini keltirib chiqaradi. Umumta`lim maktablaridagi kimyo ta`limi pedagogik jarayonining ajralmas tarkibiy qismi bo`lib, ta`limning umumiy maqsadlariga muvofiq o`quvchi shaxsini tarbiyalashga xizmat qiladi. Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillarida ta`lim-tarbiya sohasini isloh qilish natijasida to`plangan tajribalar, chiqarilgan bir qator xulosalar asosida amaldagi ta`lim – tarbiya tizimini hozirgi taraqqiyot va kelgusidagi talablar darajasiga ko`tarishga, uni takomillashtirishga jiddiy e`tibor berish zarurligi ta`lim- tarbiyaning uzluksizligini ta`minlashdan kelib chiqadi. Umumta`lim maktablarini kimyo ta`limi standarti, kimyo ta`limi tizimidagi barcha komponentlarni: ta`limning uzluksizligi, tashkiliy shakllari, usullari, vositalari va boshqalarni qayta ko`rib chiqish mezoni hisoblandi. Kimyo ta`limi konsepsiyasiga muvofiq kimyo ta`limining yo`nalishi va maqsadi yosh avlodning kimyo fani asoslarini chuqur egallashi, o`quvchilarning siyosiy- g`oyaviy, estetik, ekologik tarbiyasi, tabiatga va jamiyatga bo`lgan ijobiy munosabat, qadimgi yashab ijod etib o`tgan buyuk mutafakkirlar, keyingi yillarda olimlarimizning kimyo sohasidagi erishgan yutuqlariga oid o`quv materiallari bilan tanishtirib borish orqali Vatanga bo`lgan e`tiqodini shakllantirish, kasbga yo’naltirish kuzda tutiladi. Kimyo ta`lim standarti – umumiy o`rta ta`lim maktablari uchun tuziladigan kimyo ta`lim dasturi va o`quv materiallarining hajmini belgilab beruvchi me`zon bo`lib xizmat qiladi. Kimyo ta`lim standarti- kimyo ta`limida o`quvchilarning davlat va jamiyat oldidagi vazifalari, burchi va javobgarligini qay darajada his qilishlarini me`zoni bo`lib ham hisoblanadi. Umumta`lim maktablarining kimyo ta`lim standarti- kimyo o`quv predmetidan o`quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, o`quvchilar egallaydigan bilim, hosil qiladigan amaliy ko`nikma va malakalar hajmini ko`rsatuvchi me`yor bo`lib, umumta`lim maktabdagi kimyo ta`limi negizini belgilovchi ko`rsatkichlar o`quvchilarning kimyo ta`limidan tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan talablar majmuasidan iborat bo`lgan hujjat tariqasida tasdiqlanadi va xizmat qiladi. Umumta`lim o`quvchilar oladigan bilimlarining zarur hajmiga asos soladi, o`quvchilardagi tashkilotchilik qobilyat, malakalari va amaliy tajribasini rivojlantiradi. Davlat ta`lim standartlarida kimyo ta`limi sohasida qo`yidagicha standartlar belgilangan: Kimyo ta`lim sohasiga o`quv rejasida VII-IX sinflar uchun 204 o`quv soati ajratilgan. Kimyo ta`limi standartining tuzilishi uzluksizligini ta`minlash asosida, kimyo ta`lim sohasi mazmunining asosiy yo`nalishlari: kimyoviy tushunchalar va qonunlar, nazariyalar, kimyoviy ishlab chiqarishning texnologiyasi, Respublikamizda kimyo sanoatining erishgan yutuqlari, oltingugurt oksidlari va ular asosida olinadigan moddalar, ularning sintez usullari haqidagi bilimlarni berishga va amaliy malakalar hosil qilishga qaratiladi. Bunda, o`quvchilarning bilishi, anglashi, amaliy ishlarni bajara oladigan ko`nikma va malakalariga ega bo`lishlarini ta`minlash va uning sifatini anglashga imkon beradi. Kimyo ta`lim standarti quyidagi uchta bo`limdan iborat. Kimyo ta`lim mazmuni negizini belgilovchi ko`rsatkichlar. Kimyo ta`limida o`quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan standartning minimal talablari. Kimyo ta`limida o`quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo`yilgan standartning maksimal talablari. Kimyo ta`limi mazmuni negizini belgilovchi ko`rsatkichlar bo`limi o`quvchilarga kimyodan beriladigan bilimlar, ekologik ta`lim tarbiya va o`quvchilarda hosil qilinadigan amaliy ko`nikma va malakalarni o`zida mujassamlashtiradi. Ikkinchi va uchinchi bo`limida esa o`quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo`yilgan talablar yoritiladi. O`quvchilarga maksimal ball yoki baho qo`yishda har ikkila, ya`ni minimal va maksimal tayyorgarlik darajasiga bo`lgan talablar hisobga olinishi zarur. Bu esa, kimyo ta`limi standarti o`quvchilar tomonidan o`zlashtirish ko`rsatkichlarni ifodalashga kimyo ta`lim sifatini baholashda o`lchov mezoni bo`lib xizmat qilishiga imkon beradi. Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ishlar mazmunining nazariy va amaliy jihatdan ilmiy asosda bo’lishiga bevosita bog’liq jarayon. Zero, uzluksiz ta’lm jarayonida amalga oshiriladigan ijobiy ishlarning o’rni beqiyos darajada keng imkoniyatlarga ega. Download 282 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling