Navoiy davlat pedagogika instituti tab iiy fanlar fakulteti


Download 282 Kb.
bet7/8
Sana11.01.2023
Hajmi282 Kb.
#1088457
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nilufar Kurs ishi

3-masala. Pirit bilan rux sulfitning 251,2 g aralashmasi yondirilganda 71,68 l (normal sharoitda) oltingugurt dioksid hosil bo’lgan. Pirit bilan rux sulfid aralashmasining tarkibini aniqlang.
Yechish: Pirit va rux sulfid quyidagi tenglamalar bo’yicha yonadi:

Agar rux sulfid miqdorini x g bilan rux sulfide yondirilganda hosil bo’ladigan oltingugurt dioksid hajmini esa y l bilan belgilasak, piritning miqdori esa (251,2-x) g ga teng bo’ladi pirit yondirilganda hosil bo’ladigan oltingugurt dioksidning hajmi (71,68-y) l ni tashkil etadi. (1) va (2) reaksiyaning tenglamalaridan foydalanib ikkita proporsiya tuzish mumkin, bular ikki noma’lum ikkita tenglama sistemasini hosil qiladi:
194 g ZnS dan 44,8 l SO2 hosil bo’ladi,
x g ZnS dan y l SO2 hosil bo’ladi.
194y=44,8x;
480 g FeS2 dan 179,2 l SO2 hosil bo’ladi,
(251,2-x) g FeS2 dan (71,68-y) l SO2 hosil bo’ladi,
480(71,68-y)=179,2 (251,2-x);


120(310,4-x)=19(251,2-x)
37248-120x=48732,8-194x
74x=11484,8
x=155,2
4-masala. 0,715 g sulfit angidrid normal sharoitda 250 ml hajmini egallaydi. Sulfit angidridning molekulyar massasini toping.
Yechish. Har qanday gazning bir moli n.sh.da 22,4 l hajmni egallashini nazarda tutib, 1 mol sulfit angidridning massasini topamiz:
0,25 l gaz-0,715 g bo’lsa,
22,4 l gaz –x g keladi. Bundan:

Har qanday gazning bir moli son jihatdan uning molekulyar massasiga teng bo’lgani uchun, sulfit angidridning molekulyar massasi ham 64 u.b. ga teng bo’ladi.
5-masala. Sulfat angidridni oksidlash uchun ishlatiladigan kontakt apparatiga 10% sulfit angidrid aralashgan havo beriladi. Sulfit angidridni batamom oksidlangan deb hisoblab, kontakt apparatidan chiqayotgan gazning foiz bilan ifodalangan tarkibini aniqlang.
Yechish. Sulfit angidridning oksidlanish reaksiyasi quyidagi tenglamaga muvofiq boradi:
2SO2+O2=2SO2
Bu masalani yechish uchun ma’lum hajmdagi gazlar aralashmasini olamiz. Agar kontakt apparatiga kiruvchi gazlar aralashmasini 100 hajm deb olsak, bunday holda uning tarkibida 0 hajm sulfat angidrid va 90 hajm havo bo’ladi. Havoning tarkibida esa 18 hajm kislorod va 72 hajm azot (80%) bor. Sulfit angidridning kislorod bilan oksidlanish reaksiyasi tenglamasidan ko’rinib turibdiki, 2 hajm sulfat angidrid 1 hajm kislorod bilan reaksiyaga kirishib, 2 hajm sulfat angidrid hosil qiladi. 10 hajm sulfid angidrid 1 hajm kislorod bilan reaksiyaga kirishib, 10 hajm sulfat angidrid hosil qiladi. Kontakt apparatiga kiruvchi 100 hajm gazlar aralashmasidan tarkibida 10 hajm sulfit angidrid 13 hajm (18-5=13) kislorod va 72 hajm azot bo’ladigan 95 hajm (10+13+72=95) gazlar aralashmasi hosil bo’ladi.
Kontakt apparatidan chiqadigan gazlar aralashmasining foiz bilan ifodalanadigan tarkibi bunday bo’ladi: sulfat angidrid, azot.


XULOSA

Barkamol avlod tarbiyasiga ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratilib kelayotgan Prezidentimiz bu maqsadni millatimisga xos yuksak insoniy fazilat deb e’tirof etgan holda “Barchangiz yaxshi bilasizki, kelajak avlod haqida qayg’urish, sog’lom, barkamol naslni tarbiyalab, yetishtirishga intilish bizning milliy xusisiyatimizdir”, degan edilar.


Mustaqil taraqqiyot yo`lini bosib o`tayotgan mamalakatimizning kelajak vorislari yosh avlodning bilim darajasini oshirishda umumta`lim maktablari, kasb- hunar kollejlari va akademik litseylarda o`tiladigan fanlar qatorida kimyo fanining ham munosib o`rni bor. O’quvchilar hozirgi zamon fan asoslari to`g`risida bilimlar bilan qurollantirish bizning kasb-hunar kollej va akademik litseylarimizning eng muhim vazifasidir
Shuning uchun ham hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri barkamol avlodni tarbiyalashda hozirgi zamon fan asoslarining mazmuni butun kasb- hunar kollej va akademik litseylarimizni g`oyaviy siyosiy yo`li bilan belgilanadi. Kasb- hunar kollej va akademik litsey talabalariga amaliy hayot bilan chambarchas bog`langan nazariy bilimlar beradi. O’quvchilarda har tomonlama barkamol insonga xos xislatlar hosil qilish kimyo o`qituvchisining eng muhim vazifasidir.
Xulosa qilib aytganda, ushbu kurs ishida oltingugurt va uning birikmalari mavzusini axborot va pedagogik texnologiyalar asosida o’qitilishida mashq, masalalarning o’rni va ahamiyati o’quvchilarga qanday qilib bayon etilishi va yetarli fikr shakllantirish umumiy holda ko’rib chiqildi. Bunda darsni bayon qilishda dastlab ularning elementlar haqidagi dastlabki fikrlarini so’rash, keyin esa darsni bayon qilish lozim bo’ladi.
Mavzu ularning ochilishi, tabiatda uchrashi, olinishi, fizikaviy xossalari, kimyoviy xossalari va ishlatilishi ketma-ketligida tushuntirilib, bu tartibda o’quvchiga yetkazish yaxshi samara berishi kuzatildi.


Download 282 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling