Navoiy davlat pedagogika instituti tab iiy fanlar fakulteti


Download 282 Kb.
bet4/8
Sana11.01.2023
Hajmi282 Kb.
#1088457
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nilufar Kurs ishi

Dixlorpolisulfanlar

(O < n 100) :



Politionatlar

(1 n 22): i t.d.



Siklik polikationlar




.

Allatropiya va polimorfizm katenasiy bilan bog’langan. Allatropiyaga misol O2 va O3, S2 va S8. Polimorfizm monoklinnik va rombik oltingugurt tarkibi bir hil halqa - S8
2.2.OLTINGUGURT OKSIDLARI VA ULARNING
XOSSALARI
Oltingugurt kislorod bilan bir qancha oksidlar hosil qiladi. Oltingugurtning uchta kislorodli birikmasi olingan bo’lib, bular S2O, SO2 va SO3. Ulardan eng ahamiyatlisi oltingugurt dioksidi ( ) va olingugurt uch ( ) oksidlaridir.
Oltingugurtni havoda qizdirilganda yonadi va SO2 sulfit gazini hosil qiladi, u o’tkir hidli. U juda zaharli, elektr o’tkazmaydigan suyuqlikka aylanadi. 1 litr suvda 0 °С da 80 litr SO2 eriydi. Uning kritik tеmpеraturasi juda yuqori (157°C) bo’lgani uchun uni bosim ostida suyuqlikka aylantirish mumkin. Suyuq SO2 100 kPa bosimda —10°C da qaynaydi va —72,50C da qotadi. Sanoatda SO2, metall sulfidlarini va oltingugurtni oksidlab kuydirib olinadi.

2ZnS + 3O2 2ZnO + 2SO2
Laboratoriyada misga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirilib olinadi:

SO2 molekulyasining kimyoviy tuzulishi ozon molekulasi tuzulishiga o’xshaydi. Oltingugurt atomi sp2 –gibridlanish holatida bo’ladi. Oltingugurt atomining o’lchami katta bo’lgani uchun S-O orasidagi bog’lanish uzunligi (0,143n) O-O bog’lanish energiyasi (114,2 kj/mol) ga nisbatan bir necha marta katta. Bu hol SO2 molekulasida elektron bulutlar kuchli qoplanishi va bog’ning ionlilik hossasi katta ekanligi bilan asoslanadi.
Oltingugurt (IV) oksid kuchli qaytaruvchidir, u hatto nitrat kislotani ham qaytaradi:
2HNO3 + SO2 → H2SO4 + 2NO2
Suyuq SO2 bug’langanda issiqlik yutiladi (muhit —500C gacha soviydi). Shuning uchun suyuq SO2 sovitgich moslamalarda qo’llaniladi. Suyuq SO2 ning dielеktrik konstantasi ε= 20 ga tеng. U ba'zi moddalar uchun erituvchi sifatida ishlatiladi. Bu holni quyidagi tarzda yozish mumkin.

Lеkin bu molеkuladagi ikkala kislorod atomining oltingugurt bilan bog’lanish enеrgiyasi, bog’lar orasidagi masofalari ham bir xil bo’lishi (kislorod atomlari bir- biridan farq qilmaydi) bu molеkuladagi holatni delokallashgan bog’lanish vositasida aks ettirish to’g’ri bo’ladi


Sulfit angidrid suvda yaxshi eriydi, uning eritmasini ko’pincha sulfit kislota H2SO3 dеb yuritiladi, lеkin bu kislota eritmada dеyarlik juda oz miqdorda bo’la­di, uni S02 ning gidrati S02׳ H2O dеb qarash to’g’ri bo’la­di. Suvli eritmasida quyidagi muvozanat holatlar mavjud:


SO2 +nН2O SO2 ׳2O (gidratlangan SO2)


yoki uning umumiy formulasini quyidagicha yozish mumkin

Muvozanat kuchli darajada chapga siljigan. Sulfit kislotasi erkin holda olinmagan, faqat suvdagi eritmada mavjud bo’ladi, u o’rtacha kuchdagi kislota. Sulfit SO2-3 ionidagi hamma bog’lar (S-O) teng kuchli va ularda bog’ uzunligi SO2 dagiga nisbatan katta. SO2-3 ioni strukturasi piramidal, oltingugurt atomlari sp3- gibridlanish holatida. Sulfit kislota tuzlari sulfitlar va gidrosulfitlar SO2 ni ishqorlarga yoki eruvchan metall karbonatlari eritmalariga ta’sir ettirilib olinadi:

SO2 va H2SO3 hamda sulfitlarda +4 oksidlanish darajasining beqarorligi uchun ular qaytaruvchi bo’ladi.
Hatto qattiq sulfitlar saqlanish jarayonida sulfitlargacha oksidlanadi:

Ammo kuchli qaytaruvchilar bilan oltingugurt +4 hosilalari oksidlovchi xossasini namoyon qiladi:

Gidrosulfitlar qizdirilganda erkin holda noma’lum bo’lgan disulfit (pirosulfit) kislota H2S2O5 ning tuzlari pirsulfitlarga aylanadilar:

Disulfit (pirosulfit yoki metasulfit) anioni nosimmetrik (simmetrik bo’lmagan) strukturaga ega.


О


Sulfitlarni rux kukuni bilan qaytarilganda ditionatlar hosil bo’ladi:

Ionning tuzilishi:

Bu ion juda kuchli qaytaruvchi. Sulfitlarga xos jarayonlarni quyidagi sxema tarzida ifodalash mumkin.







SO2 ning suvdagi suyultirilgan eritmasidan H2S o’tkazilganda Vakenroder suyuqligi hosil bo’ladi. Uning tarkibida kolloid oltingugurt va uning nomi politionat kislotalari H2SxO6 (x=3 da 20 gacha va undan ham ortiq) bo’ladi. Politionat kislotalarda s-zanjirlari orqali birikkan bo’ladi va ular sp3 gibridlanish holatida bo’ladi. Faqat boshdagi va oxirgi oltingugurt atomlari 3 tadan kislorod atomlari bilan birikkan bo’ladi.


Politionat kislotalari erkin holda olinmagan biroq ular ancha kuchli kislotalardir.
Sulfitlarning kuchli eritmalari kukun holidagi oltingugurt bilan qizdirilganda –tiosulfatlar hosil bo’ladi.

Tiosulfat kislota kuchi bo’yicha sulfat kislotaga yaqinlashadi. Tiosulfat ioni ozgina buzilgan tetraedr, chunki S-S bog’I S-O bog’iga nisbatan uzunroq. Tiosulfatlar hato kuchsiz oksidlovchilar bilan ham oksidlanadilar:

Sulfit angidrid oqartiruvchi va dеzinfеksiyalovchi vosita sifatida, konsеrva sanoatida, asosan, sulfat kislota ishlab chiqarishda ishlatiladi. SO2 o’simliklar o’sishiga zarar ko’rsatadi, chunki u o’simlikdagi xlorofill moddasini parchalaydi.
Oltingugurt (I)- oksid S2O ning fazoviy tuzilishi quyidagicha:

Uning uchun d da zarg’aldoq rangli kristall moddaga aylanadi. Koordinatsion birikmalarda, masalan {JrS2O[(Ph2P —
—CH2—)2]2}JO3 da bidеntant ligand (-S — S—) sifatida qatnashadi.
S2O sasriq rangli, suv bilan yaxshi aralashadigan gaz, uning suv bilan reaksiya tenglamasini quyidagicha yozish mumkin.

-— tiosulfit kislota. Uni bir kislorod atomi oltingugurt atomiga almashingan sulfit kislota dеb qarash mumkin, lеkin bu kislotaning o’zi ham, tuzlari ham erkin holatda ajratib olingan emas. U nihoyatda kuchsiz kislota bo’lib, osongina parchalanadi




Download 282 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling