Issn 2181-0737 Doi Journal 10. 26739/2181-0737


Abduxakimova Durdona Mamadjanovna


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/31
Sana02.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1421717
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
Bog'liq
Madaniyat-2023-1

Abduxakimova Durdona Mamadjanovna 
О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi kafedra mudiri 
 
SIFATLI TA’LIMDA SAMARA VA NATIJADORLIK 
 
 
http://dx.doi.org/10.5281/zenodo.0000000 
 
 
ANNOTATSIYA 
Ushbu maqolada xoreografiya sohasi mutaxassisligiga oid kasbiy kompetensiyalarni 
shakllantirishga ta’sir qiluvchi informatsion texnologiyalarning о‘rni va tizimli bilimlarning 
samaradorligini oshirish uslublari, sifatli ta’limni tashkil etuvchi kasbiy omillar yoritilgan. 
Tayanch sо‘zlar: zamonaviy texnologiyalar, ta’lim, ma’lumot, salohiyat, san’at, 
xoreografiya, baletmeyster, syujet, obraz. 
Абдухакимова Дурдона Мамаджановна 
Заведующая кафедрой Государственной академии
хореографии Узбекистана
 
ЭФФЕКТИВНОСТЬ И РЕЗУЛЬТАТИВНОСТЬ В КАЧЕСТВЕННОМ ОБРАЗОВАНИИ 
 
АННОТАЦИЯ 
В данной статье выделена роль информационных технологий, влияющая на 
формирование профессиональных компетенций в области хореографии, методы повышения 
эффективности систематизации знаний, а также профессиональные факторы, составляющие 
качественное образование. 
Ключевые слова: современные технологии, образование, информация, потенциал, 
искусство, хореография, балетмейстер, сюжет, образ. 
Abdukhakimova Durdona 
Head of the Department of of the State
Academy of Choreography of Uzbekistan 
 
EFFICIENCY AND PERFORMANCE IN QUALITY EDUCATION 
 
ANNOTATION 
This article highlights the role of information technology influencing the formation of 
professional competencies in the field of choreography, methods for improving the efficiency of 
knowledge systematization, as well as professional factors that make up quality education. 
Key words: modern technologies, education, information, potential, art, choreography, 
choreographer, plot, image. 
 


№1 | 2023
20 
Nafaqat yoshlarning, balki butun jamiyatimizning intellektual xamda ma’naviy salohiyatini 
oshirishda ilm va ma’rifat birlamchi ahamiyatga egadir. Ilm-fan rivojlanmayotgan makonda regress, 
jamiyatning barcha sohalarda qaloqlik kuzatiladi. Sharqning buyuk mutafakkirlari “Eng katta boylik 
– ilm va aql, eng buyuk meros – chiroyli tarbiya, eng katta faqirlik – ilmsizlikdir” deb aytishgan. 
Zamonaviy ilmga erishishga, ma’rifatli bо‘lishga va yuksak ma’naviyatga ega bо‘lishga intilish har 
bir insonning hayetiy ehtiyoji bо‘lish kerak [2].
Oxirgi yillarda mamalakatimizda qadimiy va boy merosimizni, milliy о‘zligimizni anglash, 
о‘ziga xos qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni, madaniyatimiz va san’atimizni qо‘llab quvatlash, 
hamda rivojlantirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Xalqimiz ma’naviyati va estetik 
tarbiyasini yuksaltirish, yosh avlod orasida milliy va jahon raqs san’ati namunalarini keng targ‘ib 
etishda muhim ahamiyatga ega bо‘lgan raqs san’atini har tomonlama rivojlantirish davrning о‘zi 
taqozo etmoqda [1]. 
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida zamonaviy telekommunikatsiya tizimlari о‘quv 
texnik vositalari funksiyalarini samarali bajara boshlaganida, ilmiy-texnikaviy jarayon ilmiy-
texnikaviy axborotning jadal о‘sishi va yangilanishiga olib keldi. 
Shu bilan birga, ilmiy-texnikaviy jarayonning hozirgi bosqichi malaka oshirish va tayyorlash 
tizimining tezkor va jadal tashkil etilganligiga olib keldi. Sifatli ta’lim olish mamlakatimizda asosiy 
ustuvor yо‘nalish va qadriyatlarimizdandan biri hisoblanib hozirda bu oliy ma’lumotli mutaxassislar 
faoliyatining asosiy funksiyasidir. Bu borada О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-
fevraldagi “Raqs san’ati sohasidagi yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan 
takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-4585-
sonli qarori huquqiy asos bо‘lib, sohadagi dolzarb muammolarni hal yetishga turtki bо‘ldi. 
Mazkur qarorda kadrlarning ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-ijodiy faoliyatni yanada 
rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish, iqtidorli talabalarni ushbu sohaga keng jalb yetish 
zarurligi ta’kidlangani dunyo va milliy darajadagi milliy raqs san’atining nazariy jihatdan keng 
о‘rganish zarurligi belgilangan [1].
Ta’lim tizimi kelajakdagi jamiyat va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish bilan bog‘liq 
bо‘lgan ijtimoiy-madaniy salohiyatni shakllantiradi. Ushbu vaziyat va zamonaviy hayot 
sharoitlaridan kelib chiqqan holda, madaniyatlararo kompetensiyani tarbiyalash va shaklantirish, 
uning asosiy tarkibiy qismlarini rivojlantirish, shubhasiz, zamonaviy ta’limning maqsadlaridan biriga 
aylanishi kerak.
Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy barqarorlikka erishish yо‘lida xalq madaniyatini asrab-avaylash 
va takomillashtirish birlamchi bо‘lmasa ham, lekin muxim yо‘nalishlardan biridir. Shu sababdan 
ta’lim tizimi ma’lum talablarga javob berishi kerak. Jumladan, kasbiy hamda xalq xoreografiya 
san’atining о‘zaro bog‘liqligini va ularni о‘zaro boyitish zarurligini belgilashi kerak. Zamonaviy 
ma’lumotlar oqimini о‘zlashtirishi, ilmiy va tadqiqot faoliyatiga oid, individual va mustaqil ishlash 
kо‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatini ta’minlashi lozim. О‘quvchilarning iqtidorini har 
tomonlama rivojlantirish uchun о‘qitishning zamonaviy va ilg‘or uslublarini keng qо‘llash lozim. 
Har bir kasb ma’lum bir bilim, kо‘nikma va malakalar bazasini о‘z ichiga olib mazkur bazasiz 
kadrni mutaxassis deb hisoblab bо‘lmaydi. Ijodiy kasb egalari ham bu ma’noda istisno emas.
Raqs – jamiyatning jismoniy va ma’naviy tarbiya vositasi, raqs tasviri voqelikni aks ettiruvchi 
shakllaridan biri bо‘lib, obyektiv kognitiv va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ijodiy jarayon bilan 
shug‘ullanib, raqs sahnalarini yaratib, baletmeyster xoreografiya san’ati orqali butun jamiyatning 
hissiy madaniyati va estetik tarbiyasiga ta’sir qiladi. Biroq, texnika jihozlarining rivojlanib 
ketayotganligi, raqs spektaklining “kо‘ngil ocharligi” birlamchi ahamiyatga ega bо‘lmoqda, bu esa 
о‘z navbatida xoreografdan kompyuter texnologiyalari sohasida ma’lum bilimlarni talab qiladi. 
Xoreografik san’atda axborot texnologiyalaridan foydalanish barcha faoliyat turlarida, xususan: 
mashg‘ulotlar, boshqaruv, ijodiy ishlarda foydalanishni kо‘zda tutadi.
Baletmeyster – shunchaki ijodiy kasb emas. Ushbu kasb egalari bilim va keng kо‘lamli 
masalalarni hal qilish, kasbiy kompetensiya, ijodiy fikrlash va albatta, о‘z kasbining ustasi 
bо‘lishlarini taqazo etadi. Haqiqiy san’at iste’dodning mahorat bilan uyg‘unligida tug‘iladi. Mahorat 
esa kо‘plab avlodlarning eng sara an’analarini va tajribasini saralab tо‘plagan maktabda singdiriladi. 


№1 | 2023
21 
О‘quvchining iste’dodini rivojlantirish, unga zarur bilim va kо‘nikmalarni berish xoreografiya 
jamoalari mutaxassislarini tayyorlashning asosiy belgilaridan biridir. Biroq xoreografiya sohasiga oid 
tamoyillarni bilishdan, ushbu tamoyillarni ijodda gavdalantira olishdan farq qiladi.
G‘oya hamma ishning negizi bо‘lib – xoreografik jihatdan yaratilmagan sahna kо‘rinishining 
dastlabki xayoliy tasavvurdir. Ushbu vazifadan ijodiy va tadqiqot izlanishlar jarayonida tо‘g‘ri tanlov 
qilishdan boshlanadi. Ammo bunday global vazifani bajarishdan oldin zamonaviy xoreograf о‘quv 
jarayoni doirasida nafaqat raqs kompozitsiyasi asoslari va sirlarini anglashi, balki axborot 
texnologiyalaridan tо‘g‘ri foydalanish kо‘nikmalariga ham ega bо‘lishi kerak. О‘z sohasida ushbu 
bilim va kо‘nikmalarni mohirona kо‘la oladigan mutaxassis bо‘lishi kerak.
Axborot texnologiyalari tez о‘zgaruvchan muhitga ega bо‘lib, ushbu sohada yangiliklar 
almashinuvi shiddatli kechmoqda. Bu yerda deyarli har kuni turli xil loyihalar va ishlanmalar paydo 
bо‘ladi. Bugungi kunda jamiyat hayotining barcha jabhalariga yangi texnologiyalar keng joriy 
etilmoqda. Qaysi sohani misol qilib olmaylik, axborot uzatishning qulayligi, ochiqligi va tezkorligi 
bois zamonaviy texnologiyalar yangilanishning muhim omiliga aylanmoqda. 
Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanayotganligi о‘qitish sohasida kommunikativ, ijodiy va 
kasbiy bilimlarni, mustaqil bilim ortirish ehtiyojlarini rivojlantirishni ta’minlaydigan yangi 
yondashuvlarni joriy etishni talab qiladi.
Bugungi kunda kо‘plab yosh xoreograflar tо‘qnashadigan muammo – bu nazariy jihatdan 
vizual ma’lumotlarning keng oqimini anglash va ular orasida tо‘g‘ri tanlov qila olishdir, chunki 
qadim zamonlardan beri barcha bilim va kо‘nikmalar amaliy usul orqali ustozdan shogirdga о‘rgatilib 
kelinadi. Amaliyot nazariya bilan qо‘llab-quvvatlanishi kerak. Binobarin, xoreograflar, ayniqsa, yosh 
mutaxassislar ijodiy, individual qobiliyatlarni yuzaga chiqarishga yordam beradigan, о‘z ustida 
tizimli mashaqqatli mehnat qilish kо‘nikmalarini shakllantiruvchi ilmiy-ijodiy ishlarni izlanishlar 
bilan uyg‘unlashtirishlari kerak. 
Innovatsion texnologiyalar tanlovli xarakterga ega bо‘lib, uning ta’lim tizimining axborot 
makonida о‘rni asosan о‘quv jarayonining kognitiv funksiyalari bilan bog‘liqdir. Muloqot jarayonida 
“oddiydan murakkabgacha” tamoyili bо‘yicha inson tanasining barcha imkoniyatlaridan foydalanish 
usullaridan biri vizual-modulli о‘rganishdir.
Bu ma’lumot qanchalik foydali: Axborot almashinuvining maqsadli yо‘nalishi zarur 
ma’lumotlarni topish, tо‘plash, almashish va ulardan foydalanishga qaratilgan harakatlar majmuasi 
yordamida amalga oshiriladi. Ushbu kasb egalari xoreografik obrazlarni tasavvur qila olishi, о‘z 
fikrini raqsning ifodali va tasviriy tili bilan tomoshabinga yetkaza olishi ahamiyatlidir. 
Yangi xoreografik asar yaratish jarayonida xoreografning ijodiy tasavvuri katta ahamiyatga 
yega. Bu nafaqat raqs sahnalarini yaratishda, balki syujet tuzish, kompozitsion rejani ishlab chiqish, 
obrazlarni yaratishda va zarur sahna vaziyatlarida ushbu obrazlarning xarakterlarini, asarning asosiy 
g‘oyasini tasvirlay olish qobiliyatida namoyon bо‘ladi.
О‘quv jarayonining noyobligi – bu talabani о‘zini namoyon qilishning tо‘g‘ri usullarini 
topishga va xoreografik tili yordamida о‘z g‘oyalarini ruyobga chiqarish, hayotga tadbiq qila olishni 
о‘rgatishdir. G‘oyani aniq bayon qilish, natijani kо‘rsatish, g‘oya va mavzuni taklif qilish va 
tinglovchilarga tushuntirish – bularning barchasi qо‘yilgan masalani yechish va g‘oyani rо‘yobga 
chiqarishning bir qismi bо‘ladigan innovatsion usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bu 
raqsning strukturasini qurish, ma’noviy urg‘ularni taqsimlash, kulminatsiya, yangi xoreografik asarni 
butun va uning alohida qismlarida kо‘rish uchun juda muhimdir. 
Talabaning mustaqil ijodiy izlanishi va tashabbuskorligi о‘quv uslublari orqali yuksalib 
bevosita ilmiy-tadqiqot ishlarga aylanib boradi. Bu kelajakdagi xoreografning fantaziyasini 
faollashtirishga yordam berib, yashirin ijodiy salohiyatni, о‘quv jarayonining ilmiy izlanish 
yondashuvini ochishga yordam beradi. Loyiha faoliyatining vositasi sifatida axborot 
texnologiyalaridan foydalanilganda, о‘quv jarayonida katta ijodiy natijalarga erishish mumkin. 
Shuni yodda tutish kerakki, kompyuter texnologiyalaridan foydalanganda vizual namoyish 
mavzuni yoritish vositalaridan biri sifatida foydalaniladi, shuning uchun alohida urg‘u asosiy 
lahzalarga vaqtida e’tibor qaratish uchun ehtirosli matnlar, tasvirlar, rasmlar puxta saralanishi kerak. 


№1 | 2023
22 
Asosiysi, fikr yoki g‘oyani qanday uslub yoki metod yordamida yoritish mumkinligini yetkazib 
berish, talabani tahlil va sintez qilishga о‘rgatish, tafakkurini mustahkamlash kerak.
Talabalar mustaqil ravishda yangi badiy texnologiyalarni о‘zlashtirish metodlarni 
о‘zlashtirishga harakat qilib, ularni о‘zlarining ijodiy ishlarida namoyish etadilar.
Innovatsion va axborot texnologiyalar nafaqat о‘quv jarayoni samaradorligiga, balki 
mutaxassislik bо‘yicha tizimli bilim va umumlashtirilgan kо‘nikmalarni shakllantirishga real ta’sir 
kо‘rsatish imkoniyatiga yega.
Shunday qilib, yangi texnologiyalarni ilgari surish uchun zarur bо‘lgan ta’lim va ilmiy 
tadqiqotlarning butun tizimi shakllantirilmoqda. О‘qituvchilar о‘z ijodiy tajribasi bilan 
bо‘lishishi va о‘quv jarayonining tashkil etilishi zamon talablariga javob beradigan bо‘lajak 
xoreograflarni yetishtirishda о‘quv jarayonining sifatini va jadal ilmiy-texnikaviy jarayonni 
ta’minlaydi.
Talaba ijod jarayonida rivojlanishi, yangi qirralarni ochishi va yaratishni о‘rganishi 
kerak, shundagina u о‘zining ijodiy ishlari va xoreografiya sohasida yangi yondoshuvlar bilan 
boshqalarni lol qoldirishi mumkin bо‘ladi.
Xulosa qilib aytish kerakki, bugungi kunda xoreografiya о‘ziga xos vositalar va 
uslublarning butun bir tizimini, uning badiiy ifodali tilini shakllantirib musiqa bilan alohida 
aloqani о‘rnatdi. Raqqosaning jozibador egiluvchan harakatlari musiqa bilan uyg‘unligi 
tomoshabinga beqiyos zavq bag‘ishlaydi. Bularning barchasi yangi innovatsion texnologiyalar 
bilan hamohang bо‘lib, tomoshabinga asar syujetiga tо‘liq shо‘ng‘ib va tomoshadan kо‘plab 
ijobiy hissiyotlarni his etish imkoniyatini beradi. 

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling