Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2021-yil, 2-son


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana17.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1519894
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
САМАРКАНД ИЛМИЙ АХБОРОТНОМАСИ

ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2021-yil, 2-son 
192 
holatlarga qarama-qarshidir deb xulosa beradi. Boshqacha qilib aytganda, kreativlik va umumiy aql 
muammoni hal qilish jarayonida ishtirok etadi, ammo ular jarayonning turli bosqichlarida har xil rol 
o‘ynaydi[6]. 
Kreativlik bo‘yicha tadqiqotlar bir necha o‘n yillar davomida faol ravishda olib borilgan bulib, 
to‘plangan tajribalarda kreativlikning 60 dan ortiq ta’riflari tavsiflangan. Shu sababli ba’zi tadqiqotchilar 
"kreativlik nima ekanligini anglash jarayonining o‘zi kreativ harakatni talab qiladi" deb ta’kidlashadi. 
Ushbu sohadagi tadqiqotlar natijalarini va kreativlik to‘g‘risidagi asosiy yondashuvlarni 
quyidagicha umumlashtirish mumkin: 
•Kreativlik bu yangi yondashuvlar va yangi mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojga javob berish 
qobiliyatidir.
•Yangi mahsulotni yaratish ko‘p jihatdan insonning shaxsiyatiga va uning ichki motivatsiyasi 
kuchiga bog‘liq. 
•Kreativlik bu jarayon, mahsulot va shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari ularning izchilligi
asosliligi, topshiriqqa muvofiqligi bilan belgilanadi.
•Kreativ mahsulotlar tabiatan juda xilma-xil bo‘lishi mumkin: matematikadagi yangi yechim, 
kimyoviy jarayonni kashf etish, musiqa, rasm yoki she’r yaratish, yangi falsafiy yoki diniy tizim, 
huquqshunoslik uchun yangilik, yangi ijtimoiy muammolarni hal qilish va boshqalar. 
• kreativlik hayot davomida o‘rganilgan bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar, aqliy harakatlar va 
strategiyalarning ma’lum bir to‘plami sifatida tavsiflanadi.
So‘nggi yillardagi pedagogik tadqiqotlarni o‘rganish asosida biz kreativlik o‘qituvchi kasbiy 
faoliyatini asosiy mezoni degan xulosaga kelishimiz kerak. O’qituvchining kasbiy kreativligi muammosini 
tahlil qilish orqali quyidagi xulosalarga kelish mumkin 
- o‘qituvchi o‘z-o‘zini tarbiyalashi, o‘z-o‘zini rivojlantirishi, o‘zini takomillashtirishi asosida 
o‘zining kreativ qobiliyatlarini rivojlantiradi; 
- ijodiy rivojlanayotgan ta’lim makonini yaratish o‘qituvchining kreativ kompetensiyasini 
shakllantirish va rivojlantirish konsepsiyasining asosiy g‘oyasi hisoblanadi; 
-pedagogik ta’lim tizimida o‘qituvchining kreativligini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha 
alohida metodikalar ishlab chiqilishi, bu metodikalarda mintaqaviy-milliy komponentni, shu jumladan 
pedagogik jarayon bosqichlari mazmunini, o‘quv-ijodiy faoliyatning yangi usullari va shakllarini hisobga 
olish lozim. 
O’qituvchining kreativ qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish uchun umumiy pedagogik 
sharoitlar (tizimli yondashuv, kadrlarni tayyorlash jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, ijodiy 
rivojlanayotgan ta’lim makonini yaratish), metodik shart-sharoitlar (kompetensiyaga asoslangan 
yondashuv, qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonida o‘qituvchilarni innovatsion o‘qitish va 
tarbiyalash, ijodiy rivojlanish va o‘zini rivojlantirish texnologiyalari bilan qurollantirish, o‘qituvchining o‘z 
ijodiy laboratoriyasini yaratishi, ilmiy-tadqiqot sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish) va o‘ziga xos 
sharoitlar (shaxsiy rivojlanish yondashuvi, intellektual va ma’naviy, ijtimoiy va individual, me’yoriy va 
ijodiy rivojlanish) yaratilishi lozim. 
Har bir o‘qituvchi pedagogik faoliyati davomida o‘rta hisobda 3-5 marta malaka oshirish kursidan 
o‘tadi. Shuni hisobga olib, kasbiy kreativlikni rivojlantirish metodikalari va dasturlari aynan malaka 
oshirish va qayta tayyorlash tizimida yaratilishi va o‘quv jarayonida ta’lim mazmuniga kiritilishi lozim. 
O’qituvchining kasbiy kreativligi hashamat emas, balki zamonaviy ta’limning talabidir, usiz o‘qituvchi 
maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha bo‘lgan har qanday ta’lim bosqichining raqobatbardosh
muvaffaqiyatli bitiruvchisini shakllantirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlay olmaydi. 

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling