Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2021-yil, 2-son
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
САМАРКАНД ИЛМИЙ АХБОРОТНОМАСИ
ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2021-yil, 2-son
191 • xotiraning tayyorligi (pedagogik faoliyat natijasini oldindan bilish qobiliyati, assotsiativ bog‘lanish qobiliyati, shu asosda pedagogik muammolarni intuitiv yechish imkoniyati namoyon bo‘ladi) [13]. Kreativlik (ijodkorlik) –insonning ijodiy qobiliyati darajasi. Dastlab kreativlik aqlning vazifasi sifatida qaraldi va intellektning rivojlanish darajasi bilan aniqlandi. Keyinchalik esa kreativlik juda yuqori intellektga bog‘liqligi asoslab berildi. Hozirgi vaqtda kreativlikni o‘rganishda markaziy yo‘nalish u bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy fazilatlarni aniqlashga qaratilgan. Kreativlikni o‘rganishning muhim bosqichi J. Gildford (1967) ning ishi bo‘lib, u konvergent (mantiqiy, bir tomonlama) va divergent (bir vaqtning o‘zida turli yo‘nalishlarda fikrlash, mantiqdan chetga chiqish) tafakkurini ajratgan. Kreativlikni aniqlash uchun ishlab chiqilgan testlardagi vazifalarning aksariyati turli xil qobiliyatlarni aniqlashga qaratilgan: ular ma’lum miqdordagi javoblarni o‘z ichiga olmaydi; javoblarning to‘g‘riligi emas, balki topshiriqqa muvofiqligi baholanadi; ahamiyatsiz va kutilmagan yechimlarni izlash rag‘batlantiriladi [4]. J. Gildford ijodkorlikni tavsiflovchi intellektual qobiliyatlar orasida ravonlik (ma’lum bir vaqt birligida paydo bo‘ladigan g‘oyalar soni), egiluvchanlik (bir fikrdan ikkinchisiga o‘tish qobiliyati), fikrlashning o‘ziga xosligi (umumiy qabul qilinganlardan farq qiladigan g‘oyalarni ishlab chiqarish qobiliyati), qiziqish (boshqalarni qiziqtirmaydigan muammolarga nisbatan sezgirlikni oshirish), ahamiyatsizlik (stimullardan reaksiyalarning mantiqiy mustaqilligi) asosiy qabiliyatlar sifatida ajratib ko‘rsatiladi. Keyinchalik J.Gildford kreativlikning oltita o‘lchovini eslatib o‘tadi: 1) muammolarni aniqlash va qo‘yish qobiliyati; 2) ko‘p sonli g‘oyalarni yaratish qobiliyati; 3) moslashuvchanlik - har xil g‘oyalarni ishlab chiqarish qobiliyati; 4) o‘ziga xoslik; 5) tafsilotlarni qo‘shish orqali ob’ektni takomillashtirish qobiliyati; 6) muammolarni hal qilish qobiliyati, ya’ni tahlil qilish va sintez qilish qobiliyati [4]. Dastlab, J. Gildford kreativlik tarkibiga divergent fikrlashdan tashqari, konvertatsiya qilish qobiliyati, yechimning aniqligi va boshqa intellektual parametrlarni kiritgan. U aql va kreativlik o‘rtasidagi ijobiy munosabatni e’lon qiladi. Ko‘plab tajribalar davomida yuqori intellektual sub’ektlar muammolarni hal qilishda ijodiy xulq-atvorni namoyon etmasligi mumkin, ammo intellekti past ijodkorlar yo‘q, degan xulosaga keladi. Shaxsning kreativligi g‘ayrioddiy g‘oyalarni shakllantirish, an’anaviy tafakkur usullaridan chetga chiqish, muammoli vaziyatlarni tezda yechish qobiliyati bilan ajralib turadi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilik tarkibiga kiradi. Intellektual qobiliyatlar orasida u alohida tur sifatida ajratib ko‘rsatiladi. A. Maslouning fikriga ko‘ra, bu har kimga xos bo‘lgan, ammo atrof-muhit ta’siri ostida shaxs faoliyatida pasayib boradigan alohida yo‘nalishdir[10]. Kreativlikni jarayon deb hisoblash uning tuzilishini (qobiliyat sifatida) aniqlashga, bu jarayonni rag‘batlantiradigan sharoitlarni belgilashga, shuningdek ijodiy yutuqlarni baholashga imkon beradi. E.P. Torrens kreativlikni muammolarga, mavjud bilimlarning yetishmovchiligiga yoki mos kelmasligiga nisbatan sezgirlikning paydo bo‘lish jarayoni deb ta’riflagan. Muammolarni aniqlash, ularning yechimlarini izlash, farazlarni taklif qilish, gipotezalarning sinovlari, o‘zgarishlari va qayta sinovlari, qaror natijalarini shakllantirish kreativlikning mohiyatini tashkil etishini belgilab bergan. Muallif kreativlikni baholash uchun fikrlashning turli xil testlari, so‘rovnomalar va ish faoliyatini tahlil qilish usullaridan foydalaniladi. Shaxs kreativligini o‘rganish uchun kreativ shaxsning hayotiy tajribasi va individual xususiyatlarini tahlil qilib, kreativlik omillari: ravonlik, ravshanlik, fikrlashning moslashuvchanligi, muammolarga sezgirlik, o‘ziga xoslik, topqirlik, ularni yechishda konstruktivlik va boshqalarni o‘rganib chiqqan. E.P.Torrenc tomonidan ishlab chiqilgan kreativlikni aniqlash testlarida turli xil faoliyat sohalari: og‘zaki, vizual, ovozli, vosita murakkabligini aks ettiruvchi ijodiy jarayonlarning modellari ishlatilgan. Sinovlar kreativlikni ravonligi, egiluvchanligi, o‘ziga xosligi va g‘oyalarni takomillashtirish jihatidan o‘lchanadi[14]. Kreativlik va aql-zakovat nisbati haqida qiziqarli tadqiqotni Ye.L.Grigorenko olib boradi. U murakkab psixik muammoni yechishda shaxs tomonidan ishlab chiqiladigan gipotezalar soni E.P.Torrenc usuli bo‘yicha kreativlik bilan o‘zaro bog‘liqligini va hal qilishning to‘g‘riligi Veksler shkalasida umumiy aql darajasi bilan ijobiy bog‘liqligini aniqlay oldi[5]. Ushbu ma’lumotlarga asoslanib, V.N.Drujinin kreativlik va aql-idrok ortogonal omillar, ya’ni bir- biridan mustaqil degan xulosaga keladi. Ayni paytda, ular operatsion jihatdan qarama-qarshi: aql-idrok namoyon bo‘lishini ma’qullaydigan holatlar o‘z xususiyatlariga ko‘ra kreativlik namoyon bo‘ladigan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling