Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2021-yil, 2-son


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana17.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1519894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
САМАРКАНД ИЛМИЙ АХБОРОТНОМАСИ

ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2021-yil, 2-son 
189 
kasbiy ijodiy faoliyatini rivojlantirish masalalari (V.I.Andreyev, V.V.Afanasev, Ye.N.Glubokova, 
V.M.Danilchenko, N.V.Kuzmina, V.A.Levin, N.Yu.Postalyuk, E.D.Telegina va b,), o‘qituvchining 
individul ijodkorligini o‘rganish masalalari (N.F.Vishnyakova, N.Ye.Majar, V.A.Slastenin, V.L. Xudyakov 
va b.), ijodkorlikka o‘rgatish, ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish masalalari (Dj. Gilford, Dj. Gilmer, K. 
Rodjers, E.Torrens va b) ilmiy asosda o‘rganib chiqilgan va tahlil qilib berilgan. 
Pedagogik, psixologik manbalarning tahliliga ko‘ra, kreativlik- bu keng ma’nodagi tushuncha 
bo‘lib, fanning faqat bitta sohasiga tegishli emas. Jumladan, falsafiy talqinda “insonning yangi moddiy va 
ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyati. Unda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok 
etadi, butun bilimi, tajribasi, iste’dodi namoyon bo‘ladi. Ijod dastlab inson tasavvurida tug‘iladi, keyin 
ijodga taallukli masalalar yuzasidan izlanishlar olib boriladi, boshqalar bajargan ishlar tanqidiy ko‘rib 
chiqiladi, taxlil etiladi, kuzatishlar, tajribalar o‘tkaziladi, mantiqiy xulosalar chiqariladi, gipotezalar 
qilinadi, bular tajribada sinab ko‘riladi, noto‘g‘ri bo‘lsa yangilanadi va h.k. Izlanishlar natijasi turli 
shakllarda (badiiy asar, matematik formula va b.) yuzaga chiqadi” deb izohlanadi. 
Psixologiyada ijodkorlik asosan ikki jihatdan: yangi narsalarni yaratishning psixologik jarayoni va 
ushbu jarayonda shaxsni ishtirok etishini ta’minlaydigan shaxsiy xususiyatlar to‘plami sifatida o‘rganiladi. 
Binobarin, agar ijodiy jarayonning borishini baholash qiyin bo‘lsa, unda bu xususiyatga ega bo‘lishni 
ta’minlaydigan shaxsiy xususiyatlar (qobiliyatlar, motivlar, bilimlar, ko‘nikmalar) mavjudligiga e’tibor 
qaratiladi. 
Pedagogik tadqiqotlarda esa o‘qituvchi va ta’lim oluvchining ijodkorligi asosiy masala sifatida 
ko‘rib chiqiladi. 
Ma’lumki o‘qituvchining kasbiy pedagogik faoliyati murakkab va ko‘pqirrali jarayon hisoblanadi. 
O’quv jarayonini tashkil etish va boshqarish o‘qituvchidan ijodkorlikni talab etadi. Buning asosida esa 
o‘qituvchining kasbiy kreativligi yotadi. Bir guruh pedagog olimlarning ta’kidlashicha intellektual 
qobiliyatlar, bilim, shaxsiy fazilatlar, motivatsiya, atrof-muhit, fikrlash turlari o‘qituvchi kasbiy 
kreativligining asosini tashkil etadi. Kreativlik uchun uchta intellektual qobiliyat mavjud bo‘lishi kerak: 
1) muammolarni yangi nigoh (rakurs)da ko‘rish va odatdagi fikrlash tarzidan qochish uchun 
sintetik qobiliyat; 
2) g‘oyalar samaradorligini baholashning analitik qobiliyati; 
3) g‘oyaning qadr-qimmatiga boshqalarni ishontirishning amaliy-kontekstli qobiliyati. 
D.B.Bogoyavlenskaya, V.A.Kan-Kalik, N.V.Kuzmina va boshqalarning tadqiqotlarida shaxsiy 
fazilatlarning ijodiy jarayon uchun muhimligi ilmiy asoslab berilgan. Bunday fazilatlarga kasbiy faoliyatni 
rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni yengib o‘tishda ichki motivatsiya, oqilona tavakkal qilish, noaniqlikka 
toqat qilish va o‘ziga bo‘lgan ishonchni saqlashga tayyorlik kiradi. Ichki motivatsiya yechilayotgan 
muammoga yo‘naltirilgan kreativlik uchun juda muhimdir. Kreativlik ijodiy g‘oyalarni rag‘batlantiradigan 
muhitni talab qiladi. O’qituvchi ijodkorlik uchun barcha kerakli ichki manbalarga ega bo‘lsa ham qo‘llab-
quvvatlovchi muhit bo‘lmasa kasbiy kreativlik namoyon bo‘lmasligi mumkin. 
Kasbiy kreativlikni rivojlantirish uchun o‘qituvchi o‘zida mavjud fikrlash turlarini (usullarini) 
bilishi va rivojlantirishi kerak. Hozirgi vaqtda fikrlashning quyidagi turlari farqlanadi: 
1) mantiqiy (oqilona, umumlashtiruvchi, inson ongiga tayanish); 
2) lateral ( nostandart); 
3) evristik (noaniq, muammoli vaziyatlarni hal qilishga imkon beradigan, to‘satdan tushunish bilan 
belgilanadigan fikrlar); 
4) konvergent (mantiqiy, ketma-ket, bir tomonlama) va divergent (bir vaqtning o‘zida turli 
yo‘nalishlarda yondashuv, muammoni hal qilishning turli xil usullari); 
5) axborot (ma’lumot tafakkurning asosidir)li. 
A.V.Brushlinskiy tafakkur va ijodkorlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni quyidagicha aniqlagan: «Tafakkur 
va ijod bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Ularning orasidagi o‘zaro bog‘liqliklar tabiiydir, chunki har qanday 
odamning tafakkuri doimo (hech bo‘lmaganda minimal) ijodiy, samarali, mustaqil bo‘ladi» [3]. Shunday 
qilib, har bir shaxsning tafakkuri individualdir. Muayyan darajada ijodkor bo‘lish, bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijod 
bilan bog‘liq. 
Ushbu muammo bo‘yicha ko‘plab yondashuvlar, qoidalar va xulosalar mavjud. Jumladan: V.I. 
Andreyev kreativlikni inson faoliyatining turi deb belgilaydi va uning bir qator xususiyatlarni qayd etadi: 
- qarama-qarshilik, muammoli vaziyat yoki ijodiy vazifaning mavjudligi; 
- ijtimoiy, shaxsiy ahamiyatlilik, progressivlik; 
-kreativ faoliyat uchun ob’ektiv (ijtimoiy, moddiy) shart-sharoitlarning mavjudligi; 
-kreativ fikrlash uchun sub’ektiv zaruratlarning mavjudligi (shaxsiy fazilatlar, bilim, ko‘nikmalar, 
ayniqsa ijobiy motivatsiya); 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling