Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
Keywords: myths, Beecher Stowe's novel “Uncle Tom’s Hut”, religious contemplation, prophets, divine religions, human religions, vasan
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
- Bu sahifa navigatsiya:
- ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
Keywords: myths, Beecher Stowe's novel “Uncle Tom’s Hut”, religious
contemplation, prophets, divine religions, human religions, vasan. Har bir vatandoshimiz, ayniqsa yoshlar faqat islom dini to‘g‘risida emas, umuman dunyodagi mavjud barcha dinlar, ularning tarixi, mohiyati to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lsin. I.A.Karimov inson tabiati haqida gap ketganda, albatta, uning tafakkurga ega, aqlli va ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son 28 ijtimoiy mavjudot ekanligi takidlanadi. Ayni paytda insonning ijtimoiyligi va aqli, tafakkuri uzviy bog‘liq, bir-birini taqozo etadi. Inson har doim bilishga, dunyoni o‘rganishga moyil bo‘lib kelgan. Bu esa yaratuvchi tomonidan hadya etilgan buyuk ne’matdir- deya takidlagan edi. Avvalo tafakkur o‘zi nima? Uning kishilar ijtimoiy hayotida tutgan o‘rni xususida fikr yuritsak. Tafakkurning shakllanishi masalasi o‘zining ilmiy-falsafiy jihatidan tashqari, aniq amaliy yo‘nalishiga ham ega. Chunki O‘zbekistonda yangi jamiyat barpo etish ijtimoiy ongni, odamlarning olamga, insonga va jamiyatga munosabatini o‘zgartirishni taqozo etadi. Birinchi Prezidentimiz o‘z kitobida yozib qoldirganidek: “Tafakkur ozod bo‘lmasa, ong va shuur tazyiqdan, qullikdan qutulmasa, inson to‘la ozod bo‘lolmaydi. Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi”[3, 34]. Tafakkurning ilk tarixiy shakli asotiriy tafakkurdir. Ibtidoiy jamiyat kishisi olamni bilishda, turli hodisalar, jarayonlar o‘rtasidagi haqiqiy yoki xayoliy bog‘liqlikni, ularning bir- biriga va yerdagi hayotga, odamlar taqdiriga ta’sirlarini aniqlashda va ifodalashda asotirlardan (mifologiyadan) foydalangan. Asotir olamni keng qamrovli, umumlashgan, sistemali va ayni paytda konkret-obrazli idrok qilishning ibtidoiy universal, sinergetik shaklidir. Asotirlar tizimini olamning ibtidoiy ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilk modeli deyishimiz mumkin[9, 54]. Keyingi izlanishlar natijasida ma’lumki, aynan mifologik dunyoqarashning yuzaga kelishi kishilarda diniy dunyoqarashning shakllanishi uchun zamin yaratdi. Xususan, hozirda qadimgi dinlarning vujudga kelishi va ularning paydo bo‘lish asoslari mifologik xususiyatlariga egadir. Masalan, Avestoda devlar – salbiy obraz yovuzlik timsollaridir. Axuralar esa xudolar va ma’budlardir. Hindlarda esa devlar – xudolar, asuralar esa - demonlardir (iblislar). Bundan faraz qilish mumkinki, qadimgi xalqlarning diniy va mifologik dunyoqarashlari o‘xshash, ammo Avesto va Vedalardagi asotirlar tizimi mazmunan va shaklan bir-biridan farq qiladi. Bir-biridan ajralib ketgan hind va ariy xalqlari sobiq birodarlarining xudolarini yovuz kuchlarga tenglashtirib, ularning baholarini qarama-qarshi tomonga o‘zgartirib yuboradi. Bu esa ularning aslida bir xalqlardan kelib chiqqanligi hamda ularning diniy tafakkuri ham o‘zaro yaqin ekanligidan dalolat beradi. Diniy tafakkurni shakllantirish uchun bu soha tarmog‘ini professional tarzda, ilmiy va tarixiy metodologik nazariyalar asosida o‘rganib chiqamiz. Diniy tafakkur genezisini o‘rganishni yakka xudolik dinlarining paydo bo‘lishi bilan boshlashni lozim topdik. Chunki dinning asl ma’nosi qo‘rquv emas balki ideallikni qidirish va unga muhabbat qo‘yish, har bir ta’limoti gumanistik, tolerantlik va ruhiy ozuqa kabi insonni yuksaltiruvchi tushunchalar bilan boyitilgan bo‘lishi zarurdir. Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda tadqiqot ishimizning asosiy ob’yekti yuqoridagi kategoriyalarga to‘la mos keluvchi dinlarni o‘rganishda yuzaga keluvchi diniy madaniyat va tafakkur hamda uning genezisi bo‘ladi. Dunyoviy ilmlar orqali ma’lumki insoniyat yer yuzida paydo bo‘lgandan boshlab tabiat kuchlariga, unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga ilohiy nazar bilan qaray boshladi. Bunga esa ulardagi qo‘rquv hissi turki bo‘ldi. Ammo ana shu davrdan boshlab insonlarda ishonch- etiqod paydo bo‘lishi ularning ijtimoiy hayotiga o‘zgacha kuch bag‘ishlay boshladi. Insonlarning tug‘ilishi haqida G‘arb va Sharq olimlari o‘rtasida fikrlar, qarashlar xilma-xildir. Ammo, hozirda inson zotining bir asosdan, bir nasldan, bir ota va onadan tarqalganligi ilmiy haqiqat holini olganligi hech kimga sir emas. Islomiy kitoblarda esa, Alloh taoloning yerdagi xalifasi deb ta’rif berilgan insoniyatning ilk vakili Odam alayhissalomning yaratilishi insoniyat tarixining boshlanishini anglatadi. Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday marhamat qiladi: “Ey insonlar, darhaqiqat, biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-biringiz bilan tanishishingiz (do‘st-birodar bo‘lishingiz) uchun sizlarni turli-tuman xalqlar va qabila-elatlar qilib qo‘ydik. Albatta, Alloh bilguvchi va ogohdir”[7, 354]. Diniy e’tiqodlar va ta’limotlar insonlarga ular orasidan Alloh taolo tomonidan tanlab olingan payg‘ambarlar tomonidan yuzaga kelgan. Payg‘ambarlarning ba’zilariga u dunyoda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling