ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
34
Ahmad Donish Al-Forobiyning hikmatlaridan ilhom olib yurt manfaatini o‘zi taxmin
qilgan bir necha omillarda tasavvur etgani holda quyidagi takliflarni ilgari suradi:
Birinchidan, adolatli, kuchli podsho – ya’ni, podshoh takabbur zolim, yoki kuchsiz,
zaif bo‘lmasligi, insofli, muruvvatli, hamisha hojatmand, nochor ahvoldagi kishilarni qo‘llab-
quvvatlashi, oddiy fuqarolardek kun kechirishi lozimligini uqtiradi. Chunki, sabr-qanoatli
bo‘lmagan podshoh adolatli bo‘lishi mumkin emas deydi mutafakkir. Shuningdek, podshoh
hukm chiqarishda doimo shariat qoidalariga rioya qilgan holda hukm chiqarishi, ilm ahli, oqil
insonlar bilan hamsuhbat bo‘lishi, ularga yaxshi sharoit yaratib berishi, o‘ziga sadoqatli, aqlli
vazirlar tanlashi lozimligini ta’kidlaydi. Podshohlar doimo o‘z xalqi va o‘z yurti obodligi va
farovonligini o‘ylab siyosat yurgizishlari lozimligini tushuntiradi.
Ikkinchidan, amaldorlarning adolatli, vijdonli va insofli bo‘lishi shartligini takitlaydi.
Ahmad Donishning fikricha, podshoh qanchalik adolatli bo‘lmasin agar davlat lavozimidagi
shaxslar zolim, adolatsiz bo‘lsa bu mamlakatning tanazzuli yaqindir. Bunday vaziyatda xalq
hukumat va podshohning siyosatidan norozi bo‘ladi. Podshoh albatta ularga qarshi chora
ko‘rishi kerak, aks holda qancha odil bo‘lmasin o‘zi ham shular qatoriga tushib qoladi.
Uchinchidan, mamlakatning har bir hududi tibbiyot va shifokorlar bilan ta’minlanishi
lozim. Bundan xalq nafaqat mamnun, balki jismonan ham sog‘lom bo‘lishi, sog‘lom avlodni
dunyoga keltirishi ko‘zda tutilgan. Chunki, inson jismonan sog‘lom bo‘lsagina, komillik
darajasiga erisha oladi. Shuningdek, Donish “Agar shahar yaxshi tabiblardan xoli bo‘lsa,
ko‘p odamlar ichki va tashqi sabablarga ko‘ra, betob bo‘lib, halok bo‘ladilar va jamiyat tez
orda buziladi” deb ta’kidlaydi [1. B. 47].
Do'stlaringiz bilan baham: |