Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son 
40 
tushuntiriladi. Oqibatda, oʼyin kategoriyasi tashqi belgilariga tayangan holda tahlil 
qilinadi, uni talqin qilishda bir yoqlamalik hosil boʼladi. 
Аlbatta, «oʼyin»ni tashqi alomatlariga koʼra mustaqil falsafiy tushuncha sifatida 
asoslash mumkin. Bizningcha, «oʼyin» ijtimoiy turmushimizda mustaqil faoliyat 
maqomiga ega boʼlib, u zaruriyat qobigʼidan uzoqlashmagan, ehtiyojlar faolligi bilan 
sugʼorilgan holatda boʼladi. [4.1] 
Oʼyin oʼz subʼekti va obʼektidagi holatiga koʼra manfaatsizlik, foydasizlik 
jihatini kasb etadigan xususiyatlarga ham ega. U oʼz zamon va makonida 
oʼyinqaroqlar dunyosiga xos tashvish, aloqalardan xolisdir. Uning oʼziga tegishli 
qoidalari, tartiblari shakllangan. Oʼyinning oʼz turkumlari boʼlib, tizimlangan xislatga 
ega, unga barcha oʼyin unsurlari boʼysunadi, agar bu tizimda uning qoidalariga zid 
harakat uchrab qolsa, ushbu unsur oʼyin tizimidan chiqarilib tashlanadi. 
Demak, oʼyin oʼz tizimi, qoidalari va unsurlariga ega boʼlgan faoliyatdir. Xoʼsh 
oʼyin faoliyatini har qanday erkin shakliga oʼyin deb atay olamizmi? Har qanday oʼyin 
turida manfaatsizlik omillari uchraydimi? Oʼyin bu ortiqcha, keraksiz faoliyatmi? 
Jamiyat turmushida uning qanday oʼrni bor? Zarur boʼlsa insongami? Qanday 
insonga? Balkim insonda jismoniy tan mavjud boʼlgani uchun «oʼyin» kerak emasdir, 
bashariyat farzandi boʼlganligi uchun zarurdir. Bunday falsafiy refleksiyaga muhtoj 
savollarni koʼplab keltirish mumkin. 
Shu oʼrinda aytish lozimki, oʼyindagi har bir faoliyat shunchaki ovunchoq va 
ayni vaqtda, jiddiy amaliyotni ham oʼzida aks ettirishi mumkin. Harbiy oʼyinlar 
(masalan, tank biataloni) jiddiy amaliyotni bildiradigan faoliyat. 
Oʼyinda jiddiy faoliyat turi yoki nojiddiy faoliyat turi xususida bahs yuritish bir 
yoqlamalikka asoslangan talqinlarni keltirib chiqarishi mumkin, xolos. Metafalsafiy 
refleksiya yondashuviga tayangan holda oʼyinning ekzistentsial mazmun-mohiyatini 
aks ettiradigan oʼyinlar ontologiyasini tuzish mumkin. Bunday yondashuvning 
dastlabki taʼkidiga koʼra, jamiyatda insonning turmush va fikrlash tarzi, 
antropologiyasi qanday boʼlsa, oʼyinning ham xuddi shunday oʼz tarzi, tuzilishi
ijtimoiy va individual mezon-meʼyorlari mavjud. Darhaqiqat, oʼyinning oʼz zamon va 
makoni, oʼz qurilmasi, oʼz arxitekturasi, oʼz dunyosi mavjud boʼlib, bu mavjudlik 
falsafa fanida oʼz ontologik tahliliga ehtiyoj sezadi. 
Adabiyotlar 
1. Хейзинга Й. Homo ludens. В тени завтрашнего дня / Пер. с англ. -М.: 
«Прогресс», «Прогресс-Академия», 1992.-464 с. 
2. Хейзинга Й. Человек играющий /Й. Хейзинга.-М.: Наука, 1992.; Хейзинга 
И. Homo Ludens. -М.: Прогресс Традиция, 1997. -416 с. 
3. Kubaeva Sh.T. Oʼyin va innovatsion tafakkur (ontologik va gnoseologik tahlil). // 
Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. Samarqand 2019. B 
-144. 
4. Kubaeva Sh.T. Falsafada oʼyin kontseptsiyasi va innovatsion tafakkur sintezi 
muammolari. – Actual aspects of pedagogy and psychology of elementary 
education: materials of the III international scientific conference on April 18–
19, 2018– Prague : Vědecko vydavatelské centrum «Sociosféra-CZ», 2018. – P. 
37-40. 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling