Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son 
39 
Oʼyinning nafosati: Oʼyin, oʼz qoidalarini yaratar ekan, undagi jarayon va 
unsurlar oʼrtasida oʼzaro taʼsirlar, mutanosibliklar vujudga kelishi bois, unda 
goʼzallikka moyillik paydo boʼladi, nafosat namoyon boʼladi. 
Jalb etuvchanlik va oʼziga tortish: Oʼyin oʼziga jalb etish va tortish xususiyatiga 
ega. Unda qisman manfaat degan narsa yoʼq, balki insonning barcha sifatlari va 
qobiliyatlari bilan birga qamrab olinadi. Munosabatlar nihoyatda yaqin va mustahkam 
boʼladi. Oʼyin natijasida, uning yakuniga koʼra oʼzaro guruhiy birlashmalar vujudga 
keladi. [2.1] 
Yuqorida keltirilgan oʼyin belgilarining tasnifida uning anʼanaviy, 
kulьturologik, ritual xususiyatlari nuqtai nazardan koʼrib chiqilgani maʼlum boʼladi. 
Biroq, bizningcha, oʼyinning asosiy va muhim belgisi koʼzda tutilgan natijaga 
(maqsad, yutuq) erishish jarayoni va undan hosil boʼladigan zavq va qoniqish hissi 
ekanligini izohlash uchun bu yetarli emas. Chunki oʼyin insonning birlamchi ruhiy 
atributiv faoliyatining namunasidir. 
Lekin shunday boʼlsa-da, Y.Xeyzingani «oʼyin»ni turmushning boshqa 
voqealaridan ajralib turuvchi ontologik chegarasini tasvirlash, umumiy va xususiylik 
jihatlarining tuzilishi, ekzistentsial (hayotiy, mavjudlik) strukturasi, tabiatidagi 
mohiyatni tushuntirib berishga, shuningdek oʼyinlar falsafasi mazmun-mohiyati haqida 
munozarali tasavvurlar va gʼoyalarni ilgari surgan tarixchi, faylasuf olim ekanligini 
eʼtirof etish oʼrinli boʼladi. Y.Xeyzinganing ijodida oʼyin falsafasi xususida mulohaza 
yuritilar ekan, unda ontologik meʼyorlar - «oʼyin»ning asosiy qurilmalarini izohlab 
berishga harakat qilganligining guvohi boʼlamiz. Olim oʼyin motivatsiyasini tashqi 
xususiyatlaridan kelib chiqib hamda oʼyin amaliyotidan olingan xulosalarga tayangan 
holda oʼyin tabiatida nima yotadi, degan muammoli savolga empirik javob berishga 
intiladi. Аmmo Y.Xeyzinga «oʼyin» tushunchasini umumnazariy maʼno-mazmun 
jihatdan tuzilishini, qurilmalarini toʼligʼicha, albatta ontologik asoslardan kelib 
chiqqan holda, bir-butun nazariy tasvirini berishga muvaffaq boʼla olmagan. [3.1] 
Xeyzinga oʼyinning asosiy belgilarni koʼrsatish bilan birga, unga oid atributiv 
xususiylik belgilarini taʼkid etuvchi sifatlarni tahlil qilmagani bois, chuqur falsafiy 
tahlilga asoslanmagan juzʼiy fikrlarni bildirdi, «oʼyin»niing bir qator boshqa 
ekzistentsial belgilarini koʼrsatish diqqat-eʼtiboridan chetda qoldi. 
Oqibatda, Y.Xeyzinganing fikricha, oʼyin tushunchasida odat, marosim, 
ehtirom, bayram, niqob bayramlari, turli xil ustomonlik, sport musobaqalari va boshqa 
sifatlargina izohlanadi, shu gʼoya qayta-qayta taʼkid etiladi. 
Olimning kontseptsiyasida madaniyatning barcha shakllari «oʼyin»dan kelib 
chiqqanligi eʼtirof etiladi. Maʼlum maʼnoda Y.Xeyzinga haq, chunki urf-odat, 
bayramlarda «oʼyin» unsurlarini takrorlovchi jihatlar ham bor. Аmmo falsafiy 
yondashuv meʼyorlaridan kelib chiqib olimning «oʼyin» tushunchasiga bergan 
talqinini tahlil qiladigan boʼlsak, ayrim yetarli asoslanmagan fikrlar koʼzga tashlanadi. 
Y.Xeyzingani oʼyinga nisbatan bergan taʼriflarini shartli ravishda metanazariy 
madaniyatshunoslik printsiplari asosida tushuntirib bergan, deb eʼtirof etish mumkin. 
Lekin oʼyin tushunchasiga nisbatan berilgan izohlar uni hosil qiluvchi maʼnolarga 
bogʼliq ravishda talqin etilmaydi, manba asosida koʼrilmaydi, balkim his-tuygʼular 
tajribasi bilan payqaladigan hodisa sifatida empirik holatlar va shartlardan kelib chiqib 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling